Yangiliklar

18 yanvar 2021, 18:24

Elektr energiyasi va gaz importi bo‘yicha monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda

Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, 1-martdan gaz importi uchun belgilangan bojxona bojini bekor qilish, elektr energiyasi va gaz ulgurji bozorini shakllantirish orqali sohadagi monopoliyani bekor qilish rejalashtirilmoqda.

18 yanvar 2021, 17:26

Noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekishga majburlash taklif qilinmoqda

Daraxt kesishga joriy etilgan moratoriy muddatini 2021 yil oxirigacha uzaytirish taklif qilinmoqda. Shuningdek, noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni 3 yil parvarishlash majburiyati yuklatilishi mumkin.

18 yanvar 2021, 16:49

Yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabi bekor qilinishi mumkin

2021-yilgi davlat dasturi loyihasidan yangi avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazish talabini bekor qilish taklifi o‘rin olgan. Jamoatchilik bildirgan takliflarda YHXXning asosiy faoliyatini “fuqarolarga ko‘mak berish"ga yo‘naltirish maqsad qilingan. Muhokama 10 kun davom etadi.

18 yanvar 2021, 16:46

Ishlamaydigan fuqarolar pensiya olishlari mumkin bo‘ladi

1 iyuldan boshlab ishlamaydigan fuqarolar pensiyaga chiqishlari uchun, ularning turmush o‘rtoqlari har oyda o‘z daromadidan ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin bo‘ladi. 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida, hech qanday qo‘shimcha hujjatlar so‘ralmasdan hisoblanadi.

18 yanvar 2021, 16:38

O‘zbekistonda 318 ta maktab qo‘lbola pechlar orqali isitilmoqda

O‘zbekiston bo‘yicha mavjud jami 10 008 ta maktabning 318 tasi (162 ta maktab va 156 ta maktab filiali) qo‘lbola (burjuy) pechlar orqali isitilmoqda. Qo‘lbola pechlar orqali isitilayotgan maktablarda o‘quvchilarning is gazidan zaharlanishi ehtimoli yuqori.

18 yanvar 2021, 16:03

Buxoroda 263 mln so‘mlik texnikalarni o‘zlashtirgan shahar madaniyat bo‘limi sobiq rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyatida shahar madaniyat bo‘limi sobiq rahbari bo‘limga tegishli 24 dona «LED» ekranlarini belgilangan talablarga zid ravishda hisobdan chiqarganliklari aniqlandi. Umumiy hisobda 263,5 mln so‘mlik davlat mulki talon-toroj qilinganligi ma’lum bo‘lgan.

18 yanvar 2021, 15:51

Kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talabaga Prezident granti beriladi

OTMlarga kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy etilishi kutilmoqda. Grant sohibi bo‘lgan talaba barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi «a’lo» baho bo‘lsa, unga prezident granti stipendiyasi to‘lab boriladi.

18 yanvar 2021, 15:44

Samarqandda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisining kaltaklanishi bo‘yicha prokuratura tekshiruvi boshlandi

Samarqand viloyatidagi MTM mudirasi bolani kaltaklayotgani aks etgan videolavha bo‘yicha tergov ishlari boshlandi. Mudiraning izoh berishiga ko‘ra, u bola haqoratli so‘zlarni aytgani uchun qiziqqonlik qilgan.

18 yanvar 2021, 15:36

Hafta oxirida havo sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda

Haftaning birinchi yarmida havo bahoriy iliq havo saqlanib turadi. 22 yanvarda ob-havo keskin o‘zgaradi va respublika bo‘yicha qor yog‘ishi kutiladi.

18 yanvar 2021, 15:23

“Aravani tortmasa, ketishi kerak”. Prezident amaldorlarning ishdan olinishi haqida

Shavkat Mirziyoyev 10 kun ichida ikki nafar vazir hamda bir qancha vazir o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatilganiga to‘xtaldi. Qolaversa, davlat rahbari ikki nafar bosh vazir o‘rinbosarining “oxirgi xayfsan bilan zo‘rg‘a ishda qolganini” aytdi. “Aravani tortmasa, ketishi kerak”, — dedi prezident.

18 yanvar 2021, 14:22

2022-yildan tibbiyot tashkilotlari ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkaziladi

Tibbiyot tashkilotlarini 2022-yil 1-yanvardan ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmi joriy etiladi. Tashkilotlarga oliy, birinchi va ikkinchi toifalarga ko‘ra, akkreditatsiya guvohnomasi beriladi.

18 yanvar 2021, 13:29

O‘zbekistonga AQSH va Germaniya kompaniyasi ishlab chiqargan 100 ming dona Pfizer vaksinasi olib kelinadi

O‘zbekistonga AQSHning Pfizer va Germaniyaning BionTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 100 ming dona vaksina olib kelinadi. Mamlakatda emlash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun GAVI tashkiloti tomonidan 17 ta katta xajmdagi refrijeratorlar va 206 ta yuk tashuvchi miniven avtotransport vositalari taqdim etilgan.

18 yanvar 2021, 13:02

Toshkentda odamlarni qariyb 95 ming dollarga chuv tushirgan aviakassa rahbari qo‘lga olindi

Toshkentda pandemiya sharoitida chet elga davolanish uchun borishga asos bo‘luvchi kasallik haqidagi hujjatlarni 1200 dollardan pullagan aviakassa rahbari jinoyat ustida qo‘lga olindi.

18 yanvar 2021, 12:56

2020-yilda 1723 nafar mansabdor davlatga 500 mlrd so‘m zarar yetkazdi

2020-yilda 1723 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1148 ta jinoyat ishi ochilgan. Ular yetkazgan moddiy zarar 500 mlrd so‘mga baholanmoqda.

18 yanvar 2021, 12:29

Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlari davolanishda, ularning o‘rniga vaqtincha yoshlar tayinlandi

Qashqadaryo viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari davolanishga jo‘natildi. Ularning o‘rniga vaqtincha yoshlar hokim o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

18 yanvar 2021, 12:22

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi va 10 500 so‘mdan oshdi

Dollarning rasmiy kursi 27 so‘mga qimmatladi va jami 10 500 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham biroz ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.

18 yanvar 2021, 12:06

Termizda sud binosida jurnalistlar bilan sodir bo‘lgan holatga izoh berildi

Sudyalar oliy kengashi Termizda sud binosida jurnalistlar bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan izoh berdi. Sud majlisida qatnashishga ruxsat berishini qo‘pol tarzda so‘ragan OAV xodimlari bo‘yicha Bosh prokurorga taqdimnoma kiritilgani ma’lum qilindi.

18 yanvar 2021, 11:56

Chimboyda bolalar maktabga piyoda yoki eshak minib borishadi. Velosipedlar sotib olish uchun pul yig‘ish boshlangan

Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumani «Qizilo‘zak» qishlog‘ida yashovchi bolalar 8 km uzoqlikda joylashgan maktabga piyoda, eshakda va velosipedda qatnamoqda. Qishloqda 150 ga yaqin bola maktabga boradi va hozirda ularga velosiped sotib olish uchun pul yig‘ish boshlangan. Avvalroq

18 yanvar 2021, 11:34

Indoneziyadagi zilzila va suv toshqini qurbonlari soni 96 kishiga yetdi

Indoneziyada sodir bo‘lgan 6,2 balli zilzila va suv toshqini oqibatida 96 kishi halok bo‘ldi. 70 mingdan ortiq aholi uylarini tark etdi.

18 yanvar 2021, 11:21

Viloyat hokimlari qisqa muddatli ta’tilga chiqmoqdalar

Prezident administratsiyasi tasdiqlagan jadval asosida viloyat hokimlari bosqichma-bosqich qisqa muddatli ta’tilga chiqmoqdalar. Ular ta’tilda profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting