Belarus ichki ishlar organlari xodimlari, agar kerak bo‘lsa, ko‘chalardagi namoyishlarda maxsus vositalar va harbiy qurollardan foydalanishadi, chunki Minskdagi norozilik harakatlari radikallashmoqda, deya xabar berdi mamlakat IIV.
9 oktyabr kuni Sirdaryo tumanida qarzdorlikni undirish uchun kelgan gaz idorasi xodimi pichoqlanishi natijasida voqea joyida vafot etgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining harakatlarini populistik deb atadi. Internet foydalanuvchilari qo‘mitani qo‘llab-quvvatlashdi va o‘zlarini ham populist deb atashdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Zangiotadagi COVID-19 markazida elektr ta’minoti uzilib, ko‘plab bemorlarning vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Kasalxonada uchta dizel generatori mavjudligi ta’kidlandi.
«Intellektual mulk masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarmas ekanmiz, O‘zbekiston bundan o‘n yildan keyin ham raqobatdosh bo‘lmaydi», — deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Prezident pulli ko‘ngilochar saytlardagi kino, serial, qo‘shiq, multfilmlar mualliflariga daromad to‘lash masalasini o‘rganishni topshirdi.
Yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 2,45 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil etdi. Eng ko‘p savdo aylanmasi ulushi Xitoy, Rossiya va Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda. Bu davr mobaynida eksportning 50 foizini oltin, importning 37,8 foizini mashinalar va transport asbob-uskunalari tashkil etdi.
Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda 652 kishini majburiy ravishda paxta terimiga jalb qilish holatlarini aniqladi. 18 mansabdor shaxs 200 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi. Qonunbuzarliklar eng ko‘p Qashqadaryo va Namangan viloyatida aniqlandi.
Google kompaniyasining mashhur Chrome brauzeri sotilishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya reklama biznesining bir qismidan ham ayrilishi mumkin.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari agar Belarusda vaziyat yaxshilanmasa Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga kelishib olishdi. Kelishuv bo‘yicha YeI Belarus mamlakati bilan hamkorlikni to‘xtatadi va norozilik harakatlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi.
Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida shahar va tuman hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilariga xizmat mashinalari topshirildi. Prezident topshirig‘iga binoan barcha viloyatlarda hokim maslahatchilariga xizmat mashinalari ajratilishi kutilmoqda.
Shimoliy Koreya rahbarining xalqdan kechirim so‘ragani, Ukraina prezidenti urushni tugata olmasa, o‘z lavozimini tark etishga tayyorligi, Xitoyda butun shahar aholisi COVID-19 ga tekshirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yaqinda Italiyaning «Jenoa» futbol jamoasi safiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Sport24 muxbiriga bergan intervyusida Yevropada to‘p surish uning bolalik orzusi ekanligi, unda yana qanday variantlar bo‘lganligi va nega 61-raqamni tanlagani haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston prezidenti Tojikiston prezidentini saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi. Tomonlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar uchun yangi kun tartibini ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.
Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Avazjon Karimov jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘rta Chirchiq tumanida xo‘roz o‘yinlari tashkil qilgan 120 dan ziyod kishi karantin qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortildi.
Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan iqtisodiyot bo‘yicha yodgorlik mukofoti Pol Milgrom va Robert Uilsonga auksionlarning yangi formatlarini ixtiro qilganligi uchun topshirildi.
Belarusdagi prezident saylovlari natijalariga qarshi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi. Namoyishchilarga qarshi suv purkagichlar va tovushli granatalardan foydalanilgan.
Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi. Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kunduzi 22−25 daraja issiq bo‘ladi.
Britaniya muzeyi Samarqanddagi Shohi-Zinda majmuasiga tegishli o‘g‘irlangan oltita koshin partiyasini O‘zbekistonga qaytaradi. Ular yanvar oyida Londonning Xitrou aeroportida qo‘lga tushirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazining 30 o‘rinlik hududiy bo‘linmalari tashkil etilishi kutilmoqda. Respublika reabilitatsiya markazi uchun ajratilgan o‘rinlar soni esa 50 taga oshiriladi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting