Yangiliklar

1 may 2020, 15:48

Koronavirus holatlari soni 2075 taga yetdi

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 29 nafarga ko‘payib, jami 2075 kishiga yetdi.

1 may 2020, 15:20

Rossiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Andrey Belousov haqida nimalar ma’lum?

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus aniqlangani sababli uning vazifasini vaqtincha Andrey Belousov bajarib turadi. «Gazeta.uz» e’tiboringizga Andrey Belousovning siyosiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

1 may 2020, 14:17

Turkiya O‘zbekiston shifokorlari uchun himoya vositalarini taqdim etdi

Turkiya O‘zbekistonga shifokorlar uchun 5000 komplekt shaxsiy himoya vositalari: kombenzonlar, ko‘zoynaklar, niqob, qo‘lqop va baxillalar taqdim etdi.

1 may 2020, 13:53

Prezident Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev to‘g‘on o‘pirilishi sodir bo‘lgan Sardoba suv omborini ko‘zdan kechirish uchun Sirdaryo viloyatiga keldi.

1 may 2020, 13:42

Turkiy kengash davlatlari xalqaro transport yo‘lagida o‘zaro imtiyozlar berishga kelishib oldi

Turkiy kengash davlatlari transport vazirlari Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi orqali yuk tashishda o‘zaro imtiyozlar berishga kelishib oldi.

1 may 2020, 12:46

JB koronavirus ta’sirini yumshatish uchun O‘zbekistonga 200 mln dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun qo‘shimcha 200 mln dollar ajratadi. Mablag‘lar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga, shuningdek, iqtisodiy tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

1 may 2020, 11:40

FVV: Sardoba suv omboridan suv chiqishi oqibatida asosan suv ekin maydonlariga zarar yetkazilgan

«Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi sababli suv ekin maydonlariga zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi. 11 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Voqea joyiga xukumat rahbari yetib borgan.

1 may 2020, 10:17

FVV: Sardoba suv omboridan suv chiqishi sababli Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan

1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelishi oqibatida Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan.

1 may 2020, 10:06

Koronavirus bemorlari soni 2046 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 7 nafarga ortib, jami 2046 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 904 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.

30 aprel 2020, 23:06

Yana 22 kishida koronavirus tasdiqlandi

Yana 22 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, jami COVID-19 holatlar 2039 taga yetdi. Kun davomida 37 kishi infeksiya aniqlandi, xuddi shuncha odam kasallikdan butkul xalos bo‘ldi.

30 aprel 2020, 22:46

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1133 nafarga yetdi

O‘zbekistonda 37 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, mamlakat bo‘ylab infeksiyadan butunlay sog‘ayganlar soni 1133 nafarga yetdi.

30 aprel 2020, 21:55

Rossiya bosh vazirida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus bilan kasallandi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov uning vazifasini bajarib turadi.

30 aprel 2020, 21:22

Buxoroda yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 100 mlrd so‘m ajratiladi

Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tashkil etildi. Fuqarolarga kerakli yordamlar ko‘rsatilib, qishloq va o‘rmon xo‘jaligiga yetkazilgan zararni va yo‘qotishlar o‘rni qoplanadi. Barcha chora-tadbirlar uchun davlat byudjetidan 100 mlrd so‘m ajratiladi.

30 aprel 2020, 20:57

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi jahon inqiroziga izoh berdi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hozirda kuzatilayotgan iqtisodiy inqiroz inson sog‘ligi inqiroziga bog‘liqligini ta’kidladi. Bundan tashqari, ushbu inqiroz bir vaqtning o‘zida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanishi aytilmoqda. Kasallik tarqalishiga bog‘liq yuqori darajadagi noaniqliklar qaror qabul qilish uchun katta qiyinchiliklar keltirib chiqarayotganligi aytilmoqda.

30 aprel 2020, 17:40

JB firibgarlik qilgan o‘zbek kompaniyasiga sanksiyalar joriy qildi

Jahon banki O‘zbekistonning Mega-Mebiko kompaniyasini firibgarlik uchun o‘z loyihalarida ishtirok etishdan 30 oyga chetlashtirdi.

30 aprel 2020, 17:37

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1100 tadan oshdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar, shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 1 nafar bemor, jami 7 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 1103 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

30 aprel 2020, 17:30

Mazmunli karantin — #08

Videodarslarning ta’limni isloh qilishdagi o‘rni va noan’anaviy ta’lim uslublari — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishi.

30 aprel 2020, 17:30

Prezident pandemiya davrida imtihonlarni soddalashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident karantin vaqtida yoshlarning tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatlari cheklangani bois joriy yilda imtihonlarni soddaroq shaklda o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, OTMlarda zerikarli ma’ruzalar o‘qish, konspektlar yozdirish kabi o‘zini oqlamagan usullardan voz kechish lozimligi ta’kidlandi.

30 aprel 2020, 17:03

Tojikistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi holatlari tasdiqlandi

Tojikistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlandi. Mamlakat bosh vaziri raisligidagi COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika shtabi aholi tibbiy niqoblardan foydalanishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.

30 aprel 2020, 17:00

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Vohidjon Ahmadjonov Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting