Yangiliklar

29 aprel 2020, 16:55

3 oyda 115 nafar amaldor jinoiy javobgarlikka tortildi — Bosh prokuratura

3 oy davomida respublika bo‘yicha jami 87 ta jinoyat ishi bo‘yicha 115 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Ularning eng ko‘pi — 50 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatini sodir etgan.

29 aprel 2020, 15:51

Sirdaryoda ilk bor 4 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘aydi

Sirdaryo viloyatida ilk bor koronavirusga chalingan 4 nafar bemor butkul sog‘aydi. Qoraqalpog‘iston, Xorazm va Namanganda ham bemorlar sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 1059 nafarga yetdi.

29 aprel 2020, 15:40

Koronavirus holatlari 14 taga ko‘paydi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 14 taga oshib, jami 1969 taga yetdi.

29 aprel 2020, 14:40

Milliy identifikatsiya tizimini yaratish rejalashtirilmoqda

Yaqin vaqtlarda yaratilishi rejalashtirilayotgan Milliy identifikatsiya tizimi davlat tashkilotlari va banklarga tashrif buyurgan fuqarolar shaxsini hujjatlarni tekshirmasdan aniqlash imkonini beradi. Mobil telefon raqami orqali ham shaxsni tasdiqlash mumkin bo‘ladi.

29 aprel 2020, 13:52

Koronavirusdan tuzalgan bemorlar soni 1000 kishidan oshdi

Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 11 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1005 kishiga yetdi.

29 aprel 2020, 13:46

Toshkent bosh rejasi konsepsiyasi: uy-joy qurilishi, ijtimoiy soha, metropoliten va aeroport

Uy-joy qurilishini past qavatli turar joylarni buzish hisobiga amalga oshirish, uzluksiz harakatlanish magistrali uzunligini 353,6 km yetkazish, aeroportni shahardan janub tomonga 9 kilometr uzoqlikda joylashtirish — Toshkent shahri bosh rejasi konsepsiyasining asosiy qoidalaridan.

29 aprel 2020, 13:18

2041 yilgacha Toshkent aholisi 3,3 mln kishiga, hududi 41,5 ming gektarga oshishi kutilmoqda

Binolar o‘rtacha qavatliligini oshirish, ekologik zararli ob’ektlarni shahar tashqarisiga olib chiqish, shahar muhitini gumanizatsiyalash, shahar ob’ektlariga yetib borish vaqtini qisqartirish va boshqalar — Toshkentni 2041 yilgacha rivojlantirish bosh rejasi bo‘yicha prezident qarori loyihasidan o‘rin olgan takliflar.

29 aprel 2020, 12:48

Turkiya kompaniyasi bilan Toshkentni 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja konsepsiyasi ishlab chiqildi

Turkiyaning Kentsel Yenileme Merkezi A.S kompaniyasi bilan birgalikda Toshkentni 2041-yilgacha rivojlantirish bosh reja konsepsiyalari ishlab chiqildi. Toshkentning bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

29 aprel 2020, 12:05

Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiya O‘zbekistonda diniy erkinlik masalasi yaxshilanganini tan oldi

AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonda diniy erkinlik bo‘yicha amalga oshirilgan ijobiy qadamlarni olqishlab, 2005 yildan beri birinchi marta «diniy erkinlik sohasida alohida xavotirga molik davlatlar» qatoridan olib tashladi.

29 aprel 2020, 12:03

Barcha qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi internetga ulash belgilandi

2020−2021 yillarda barcha qishloq va mahallalarni yuqori tezlikdagi internetga ulash hamda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash belgilandi. Davlat organlari va tashkilotlaridagi barcha xat hamda yuridik hujjatlar faqat pochta orqali yetkazib beriladi.

29 aprel 2020, 11:32

Xitoy hukumati O‘zbekistonga 100 mingta test-tizimi yubordi

Xitoy hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida yuborilgan 100 mingta test-tizimi 29 aprel kuni O‘zbekistonga yetib keldi. Insonparvarlik yukining ikkinchi qismida tibbiy niqoblar, himoya kiyimlari va masofaviy termometrlar yetkaziladi.

29 aprel 2020, 11:16 1

Abituriyentlar uchun test sinovlari soddalashtiriladi

DTM yangi o‘quv yilida abituriyentlar uchun test sinovlarida qo‘llaniladigan test sinovlari soddalashtirilishini xabar berdi. Chet tillari, biologiya, ona tili va adabiyot kabi fanlar bo‘yicha rasmli va chizmali test topshiriqlari kiritilsa, fizika va kimyo fanlaridan nazariy savollar soni oshiriladi.

29 aprel 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 1955 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 1955 kishini tashkil etmoqda.

29 aprel 2020, 09:00

Partiya rahbarlari YeOOI bilan hamkorlik bo‘yicha fikrlarini bildirishdi

28 aprel kuni Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga “kuzatuvchi” bo‘lib kirishi uchun ovoz berdi. Partiya fraksiyalari rahbarlari ushbu masalaga o‘z munosabatlarini bildirdi.

28 aprel 2020, 23:30

So‘nggi 9 soatda yangi COVID-19 holati qayd etilmadi, tuzalganlar 1000 kishiga yaqinlashdi

So‘nggi 9 soat davomida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan holda, bugun 100 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi.

28 aprel 2020, 19:34

Olimlar O‘zbekistonda COVID-19 tarqalishi qachon to‘xtashini prognoz qildi

Singapur texnologiya va dizayn universiteti olimlari dunyoda koronavirus pandemiyasi 2020 yilning noyabrida butunlay to‘xtashini prognoz qilmoqda. O‘zbekistonda esa bu muddat may oyiga to‘g‘ri kelmoqda.

28 aprel 2020, 19:18

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda tabiiy ofat zararlarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev vertolyotda Buxoro viloyatining Qorako‘l va Olot tumanlaridagi kuchli shamol yetkazgan zararlarni ko‘zdan kechirib, aholi vakillari bilan suhbatlashdi.

28 aprel 2020, 17:32

Buxoroda kuchli shamol natijasida jarohatlanganlar soni 41 kishiga yetdi

Buxoro viloyatida kuchli shamol jami 5293 ta, jumladan 3 ta madaniy meros, 12 ta tibbiyot muassasasi, 62 maktab, 43 ta bolalar bog‘chasi va boshqa ob’ektlarga zarar yetkazdi. Hodisadan 41 kishi jarohatlandi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi — dastlabki ma’lumotlar.

28 aprel 2020, 15:40

Yana 25 nafar koronavirus bemori tuzaldi

Toshkentda navbatdagi 25 nafar koronavirusga chalingan bemor butunlay sog‘aydi. Ulardan 21 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan va 4 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolangan. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 934 nafar bemor to‘liq shifo topdi.

28 aprel 2020, 15:04

Prezident Buxoroga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida sodir bo‘lgan tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida Buxoroga jo‘nab ketdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting