Yangiliklar

2 may 2020, 13:43

Sardoba suv ombori sababli Qozog‘istonda ham aholi evakuatsiya qilindi

Sardoba suv omboridan suv chiqishi natijasida Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumanida aholi punktlarida suv toshdi, ularning aholisi evakuatsiya qilindi.

2 may 2020, 01:47

Sirdaryodagi suv toshqini: 70 ming kishi evakuatsiya qilingan, 56 kishi jarohatlangan

Sardoba suv ombori hududi atrofida istiqomat qiluvchi 70 ming aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan. Suv toshqinlaridan 56 kishi jarohatlangan. Suv ombori devorining qo‘porilgan joyida ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

2 may 2020, 00:54 1

Taksilarga yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berilmadi — YHXBB

Taksilarga hozircha yo‘lovchi tashishga ruxsat berilgani yo‘q, deya xabar bermoqda IIV YHXBB. Ular hozircha faqat yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanishlari mumkin xolos.

1 may 2020, 23:52

Koronavirus holatlari soni 2086 taga yetdi

Bir kunda O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 47 taga ko‘payib, 2086 taga yetdi.

1 may 2020, 21:47

Zominda opa-ukani sel oqizib ketdi

Zominda oziq-ovqat do‘koniga chiqqan opa-ukani sel oqizib ketdi. Har ikkisi ham hayotdan ko‘z yumdi.

1 may 2020, 20:05

YHQ buzilgani to‘g‘risidagi bayonnomalar elektron tarzda to‘ldiriladi

Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari qoidabuzarliklar bo‘yicha bayonnomalarni elektron tarzda rasmiylashtirishi tartibi joriy etiladi. Buning uchun ular planshetlar bilan ta’minlanadi.

1 may 2020, 19:51

Koronavirus aniqlangan homilador ayol farzandli bo‘ldi

10 aprel kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan homilador ayol 1 may kuni poytaxtdagi 3-son tug‘ruq kompleksida farzandini dunyoga keltirdi.

1 may 2020, 19:44 13

Ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi

Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari, shu jumladan bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi. Shaharlarda 2 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun dastlabki badalning 10 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

1 may 2020, 19:37

Uzcard onlayn-omonatlar uchun yana to‘lov olishni boshladi

Uzcard onlayn-omonatlar bo‘yicha banklardan 0.25 foiz miqdorida to‘lov olishni boshladi. Ushbu xizmatni ommalashtirish maqsadida 2018 yil sentyabr oyidan to‘lov olish to‘xtatilgan edi, lekin ba’zilar ushbu imtiyozdan soliq to‘lashni chetlab o‘tish maqsadida foydalanishmoqda, deya ta’kidladi Uzcard rahbari.

1 may 2020, 19:06

“Sharoit yaxshi bo‘lmaguncha, birorta rahbar, men bosh, birortamiz hech qayerga qimirlamaymiz” — Shavkat Mirziyoyev Oqoltin aholisiga

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv omboridan suv chiqishidan aziyat chekkan Oqoltin tumani aholisi bilan uchrashuvda sharoit yaxshi bo‘lmaguncha o‘zi va boshqa rahbarlarning hech qayerga ketmasligini ma’lum qildi. Davlat rahbari qurilishlar boshlanishi, sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi.

1 may 2020, 18:20

1-maydan nimalar o‘zgaradi?

Ai-80 benzini narxining erkinlashtirilishi, shifoxonalarda ochilayotgan tabobat xonalari, bolalar bog‘chasi to‘lovining yangi miqdorlari, Bo‘stonliqda dachalar uchun yangi soliq va boshqalar — 1-maydan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

1 may 2020, 18:08

Sardoba suv ombori hududida yashovchi aholi Yangiyer shahriga evakuatsiya qilindi

Sardoba suv ombori hududida yashovchi aholining bir qismi Yangiyer shahriga evakuatsiya qilindi. Ular shahardagi kollej va universitet yotoqxonaliriga joylashtirildi. Tadbirkorlar hamda Guliston tuman hokimligi tomonidan shaxsiy himoya vositalari va oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat homiylik yordami keltirilgan. Hozirda suv omboridan suv chiqish to‘xtagan.

1 may 2020, 18:00

Xorijiy huquqni o‘rganish markazlarining yuridik ta’limni rivojlantirishga ta’siri bormi?

TDYUda tashkil etiladigan Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakultetining asosiy vazifalari, huquqiy tadqiqot markazlarining yuridik sohada kadrlar tayyorlashdagi muhim o‘rni — yuridik fanlar doktori Dildora Umarxanova “Gazeta.uz” uchun ushbu masalalarga aniqlik kiritdi.

1 may 2020, 17:45

O‘zgidromet — may oyidagi ob-havo haqida

Sinoptiklar may oyidagi ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi. Oyning birinchi haftasida respublika bo‘yicha momaqaldiroqli yomg‘ir kutilmoqda. So‘ngra yog‘ingarchiliklar to‘xtab, havo isishni boshlaydi.

1 may 2020, 17:19

3 maydan Ai-80 benzinining narxi arzonlashadi

«O‘zbekneftgaz» AJdagi ishonchli manbaning «Gazeta.uz»ga xabar berishicha, 3 maydan boshlab Ai-80 benzinining narxi 4000 so‘m qilib belgilandi. Dizel narxi 1 maydan boshlab 500 so‘mga arzonladi.

1 may 2020, 16:22

Sardobadagi toshqin suvlari Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan — FVV

Sirdaryoda toshqin hududidagi aholi Sirdaryo va Jizzax viloyatidagi maktab, kollej, xususiy korxonalar hamda aholi xonadonlariga joylashtirilmoqda. Toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun suv oqimlari Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi Abay kanali orqali Arnasoy ko‘liga yo‘naltirilgan.

1 may 2020, 15:48

Koronavirus holatlari soni 2075 taga yetdi

Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 29 nafarga ko‘payib, jami 2075 kishiga yetdi.

1 may 2020, 15:20

Rossiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Andrey Belousov haqida nimalar ma’lum?

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus aniqlangani sababli uning vazifasini vaqtincha Andrey Belousov bajarib turadi. «Gazeta.uz» e’tiboringizga Andrey Belousovning siyosiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi.

1 may 2020, 14:17

Turkiya O‘zbekiston shifokorlari uchun himoya vositalarini taqdim etdi

Turkiya O‘zbekistonga shifokorlar uchun 5000 komplekt shaxsiy himoya vositalari: kombenzonlar, ko‘zoynaklar, niqob, qo‘lqop va baxillalar taqdim etdi.

1 may 2020, 13:53

Prezident Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev to‘g‘on o‘pirilishi sodir bo‘lgan Sardoba suv omborini ko‘zdan kechirish uchun Sirdaryo viloyatiga keldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting