Yangiliklar

8 may 2020, 15:47

Surxondaryoda Captiva traktorni parchalarga bo‘lib tashladi — bir o‘smir halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida 73 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Captiva traktor bilan to‘qnashdi. Traktorda o‘tirgan (yo‘lovchi) 13 yoshli o‘smir jarohat olib, keyinroq shifoxonada vafot etdi.

8 may 2020, 15:30

10 ta yangi COVID-19 holati aniqlandi (jami — 2324)

O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 10 taga ko‘payib, jami 2324 taga yetdi.

8 may 2020, 15:07

Transport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Akmal Mirzayev O‘zbekiston transport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

8 may 2020, 14:48

Pavel Durov AQSHga ko‘chib o‘tmaslikning 7 sababini sanadi

Pavel Durov IT-tadbirkorlar uchun AQSH eng yaxshi joy deb hisoblamasligini ma’lum qildi. Telegram asoschisi buning 7 ta sababini sanadi. Durov bu masaladagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishga Yuriy Dudning Kremniy (Silikon) vodiysidagi hayot va ish tarzi to‘g‘risidagi filmi turtki bo‘lganini aytib o‘tdi.

8 may 2020, 14:30

O‘zbekistonlik shifokorlar Tojikistonga jo‘nab ketdi

Bir guruh o‘zbekistonlik shifokorlar koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishga ko‘maklashish maqsadida Tojikistonga jo‘nab ketdi.

8 may 2020, 14:13

Birinchi chorakda O‘zbekistonga 1,2 mln sayyoh keldi

Yanvar-martda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni 12 foizga kamayib, 1,2 mln kishini tashkil etdi. Ularning aksariyati (87,9 foizi) qarindoshlarining ziyoratiga, 9,3 foizi esa sayohat uchun tashrif buyurdi.

8 may 2020, 14:01

Koronavirusdan tuzalganlar soni 1700 kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 1721 kishiga yetdi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 583 nafarni tashkil etmoqda.

8 may 2020, 13:03

Milliy sertifikatga ega abituriyent matematika fani bo‘yicha testdan ozod qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, Matematika fanini bilish darajasi bo‘yicha imtiyoz beriladigan darajadagi Milliy sertifikatga ega abituriyent davlat OTMga kirishda matematika fani bo‘yicha testdan ozod qilinadi. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi.

8 may 2020, 12:29

G‘alaba bog‘i ochilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — foto

Toshkent shahrida G‘alaba bog‘ining qurilishi nihoyasiga yetdi. Oldinroq prezident Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan ushbu bog‘ni barpo etish bo‘yicha tashabbus bilan chiqqan edi.

8 may 2020, 11:21

Har bir tumanda matematikaga ixtisolashtirilgan maktablar tashkil etiladi

Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish maqsadida har bir tumanda matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Matematika fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi joriy qilinadi. Shuningdek, Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilib, uning sovrindorlariga 50 ming dollar beriladi.

8 may 2020, 11:15

Saakashvili Ukraina islohotlar qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini islohotlar qo‘mitasi rahbari etib tayinladi. Oldinroq Saakashvilining nomzodi bosh vazir o‘rinbosarligiga ko‘rsatilgan edi.

8 may 2020, 10:16

Koronavirus bemorlari soni 2300 dan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 16 nafarga ortib, jami 2314 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 648 kishi davolanmoqda, ulardan 9 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni vaqtda mamlakat bo‘ylab 371 mingtadan ortiq test sinovlari o‘tkazildi.

8 may 2020, 08:02

“Niqobni yechish taqiqlanadi” — prezident

“Hozircha niqobni yechish mumkin emas. Biz ushbu sharoitlarda ishlash va yashashni o‘rganishimiz kerak”. Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyodagi pandemiya rivojini hisobga olgan holda karantin qoidalariga to‘liq rioya etilishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralari sharoitida yashash va ishlashni o‘rganish zarur.

8 may 2020, 07:22

9-may kuni ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi

Karantin munosabati bilan O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda faxriylarni ziyorat qilish taqiqlandi. Bayramni oila davrasida nishonlash tavsiya qilindi.

8 may 2020, 07:11

Alisher Usmonov suv toshqini oqibatlarini bartaraf etishga 10 mln dollar ajratdi

Alisher Usmonov O‘zbekistonga Sirdaryo viloyatidagi suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam uchun 10 mln dollar taqdim etdi.

7 may 2020, 23:48

Koronavirus holatlari soni 2300 taga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan holatlar soni 2298 taga yetdi. Kun davomida 65 ta yangi holat qayd etildi.

7 may 2020, 23:44

O‘zbekiston yana 11 ming fuqaroni qaytarishni rejalashtirmoqda — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Rossiya, Turkiya, BAA va boshqa davlatlarda qiyin vaziyatda qolib ketgan 11 ming fuqaroni qaytarishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

7 may 2020, 21:50

Surxondaryo, Andijon va Navoiyda 110 mingta oila kambag‘allikdan chiqariladi

Prezident Surxondaryoda 55 mingta, Andijonda 41 mingta, Navoiy viloyatida 14 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish lozimligini ta’kidladi. Buning uchun qo‘shimcha turtki berilishi kerak bo‘lgan uchta yo‘nalish ko‘rsatib o‘tildi.

7 may 2020, 20:58

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari bir-birlarini tabrikladilar

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali suhbatda yaqinlashib kelayotgan bayram — fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, ikki mamlakat faxriylari va xalqlariga sog‘lik-omonlik tiladilar.

7 may 2020, 20:47

Futbol bo‘yicha Germaniya chempionati may oyining ikkinchi yarmidan qayta tiklanadi

Germaniya may oyining ikkinchi yarmidan futbol bo‘yicha chempionatni qayta tiklaydi. Angliya va italyan jamoalari ham o‘z turnirlarini yakunlab olishni xohlashmoqda, biroq hukumatlar qarorlarini kutishga majbur. Fransuz chempionati aprel oyida “Pari Sen-Jermen"ning muddatidan oldingi g‘alabasi bilan yakunlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting