Yangiliklar

25 mart 2020, 18:15

Davlat obyektlarini ijaraga olgan tadbirkorlar foydalanmagan davr uchun to‘lovlardan ozod qilindi

Davlat mulki obyektlarini ijaraga olgan tadbirkorlar karantin sababli foydalanilmagan davr uchun ijara to‘lovidan ozod qilindi.

25 mart 2020, 17:57

So‘rov: Respondentlarning 54 foizi oziq-ovqat mahsulotlar narxlari oshganini ma’lum qildi

«Ijtimoiy fikr» so‘rov o‘tkazgan 54 foiz respondentlar oziq-ovqat mahsulotlari narxlari koronavirus sababli oshganini ma’lum qildi. Ayniqsa, Buxoro, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari aholisi narx oshganini qayd etgan.

25 mart 2020, 17:13

Ai-92 markali benzin narxi pasaydi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi Ai-92 markali benzin narxini 200 so‘mga pasaytirdi. Neft mahsulotlari narxi bosqichma-bosqich arzonlashishi kutilmoqda

25 mart 2020, 17:03

Koronavirus aniqlanganlar soni 56 nafarga yetdi

Xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan fuqaroda COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Jami bemorlar soni 56 nafarga yetdi.

25 mart 2020, 16:26

Koronavirus bemorlari orasida turli hududlardan fuqarolar bor

Hozirda 55 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Ular orasida Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlari va poytaxtdan bo‘lgan fuqarolar bor.

25 mart 2020, 16:03

IIV chiqindixonadan tibbiy niqoblar yig‘ib yurgan erkak haqida ma’lumot berdi

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati chiqindi to‘kish joyidan tibbiy niqoblar yig‘ayotgan kishi bilan bog‘liq videoni o‘rganib chiqdi va tibbiy mahsulotlar qayta sotilmaganini ma’lum qildi. Vazirlik fuqarolardan foydalanilgan tibbiy niqoblarni imkon qadar yo‘q qilish yoki yaroqsiz holga keltirishni so‘radi.

25 mart 2020, 15:12

Surxondaryoliklar uyidan Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar topildi

Surxondaryo viloyatida ikki fuqaroning uyidan Qizil kitobga kiritilgan Buxoro qo‘yi va bo‘ri topildi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga jo‘natildi.

25 mart 2020, 14:16

O‘zbekistonda biznes «fors-major» rejimiga o‘tmoqda

Koronavirus sababli tadbirkorlarga Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari sertifikatlarini berish boshlandi. Sertifikatni bir kunda olish mumkin.

25 mart 2020, 14:08

Karantin qoidalariga rioya qilmagan 67 kishi javobgarlikka tortildi

O‘zbekistonda karantin qoidalariga rioya qilmagan 64 kishi ma’muriy, 3 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.

25 mart 2020, 13:34

Toshkent IIBB fuqarolar qabulini vaqtincha to‘xtatdi

Toshkent IIBB markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari binolarida fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining qabullari vaqtinchalik to‘xtatildi. Barcha murojaatlar elektron tarzda yoki telefon orqali qabul qilinadi.

25 mart 2020, 13:19

«Ijtimoiy fikr»: respondentlarning 75,4 foizi koronavirus haqida yetarlicha xabardor

«Ijtimoiy fikr» so‘rovi respondentlarining 75 foizdan ziyodi koronavirus to‘g‘risida to‘la darajada xabardor, qariyb 94 foizi infeksiya yuqish yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotga ega.

25 mart 2020, 13:09

Ichki ishlar vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Prezident qarori bilan polkovnik Saidkarim Nishanbayev ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

25 mart 2020, 13:06

Avtomobilni texnik ko‘rikka taqdim qila olmaganlarga vaqtincha ma’muriy chora ko‘rilmaydi

24 martdan boshlab Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish idoralari fuqarolar qabulini to‘xtatdi. Avtomobilni texnik ko‘rikka taqdim qila olmagan fuqarolarga nisbatan vaqtincha ma’muriy choralar ko‘rilmaydi.

25 mart 2020, 12:20

Hindistonda qariyb 1,4 mlrd kishining ko‘chaga chiqishi taqiqlandi

Hindiston hukumati butun mamlakat bo‘ylab «mutlaq» karantin e’lon qildi, butun aholiga — qariyb 1,4 mlrd kishiga — har qanday sabab bilan uyni tark etish taqiqlandi.

25 mart 2020, 12:05

«Bu kasallikdan hech kim kafolatlangan emas» — Nurmat Otabekov

Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan og‘rigan 13 nafar bemorda o‘pka yallig‘lanishi — pnevmoniya alomatlari kuzatilayapti, bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. U bu kasallikdan hech kim kafolatlangan emasligini ta’kidlab o‘tdi.

25 mart 2020, 11:59

SSV: Istanbuldan Farg‘onaga uchib kelgan fuqaro yurak xurujidan vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 25 mart kuni Istanbuldan Farg‘onaga uchib kelgan 63 yoshli fuqaroning yurak xurujidan vafot etganini ma’lum qildi.

25 mart 2020, 11:30

O‘zbek olimlari koronavirusni aniqlash uchun test sistemasini ishlab chiqishdi

Mahaliy test tizimi JSST tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Natijalarni 5−6 soat ichida bilib olsa bo‘ladi.

25 mart 2020, 11:19

Sirdaryodagi YTHda bir kishi vafot etdi

Sirdaryo viloyatdi Cobalt va «KAMAZ» to‘qnashuvi natijasida yengil avtomobil yo‘lovchisi hayotdan ko‘z yumdi.

25 mart 2020, 11:09

Dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 420 ming nafardan oshdi

3 kun davomida dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusiga chalinganlar soni 100 ming kishiga ko‘payib, 420 ming nafardan oshdi.

25 mart 2020, 10:57

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 5 kishiga oshdi (umumiy 55 kishi)

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd qilingan bemorlar soni 55 kishiga yetdi. 4 nafar bemorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting