Yangiliklar

23 yanvar 2020, 12:52

Rasman: Boks bo‘yicha Xitoyda o‘tadigan Tokio-2020 litsenzion turniri bekor qilindi

3−14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida Osiyo-Okeaniya qit’alari uchun boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa hayot uchun xavfli korona-virusning tarqalishi sabab bekor qilindi.

22 yanvar 2020, 23:12

Yilning ikkinchi 10 kunligida 141 ta YTH sodir bo‘ldi

11−20 yanvar kunlari O‘zbekistonda 141 ta YTH qayd etildi, 25 kishi halok bo‘ldi, 148 kishi jarohatlandi.

22 yanvar 2020, 21:12

Toshkentda Starbucks qahvaxonasi ochiladi

Toshkent hokimiyatida Starbucks qahvaxonasi tarmog‘ini ochish istiqbollarini muhokama qilindi. Alshaya Group chakana franshizalar operatori hujjatlarni tayyorlash va joylashuvni tanlash to‘g‘risida ma’lum qildi.

22 yanvar 2020, 20:47

Toshkentda Gersen nomidagi RDPU filiali ochiladi

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkentda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali ish boshlaydi. Talabalar maktabgacha ta’lim, korreksion pedagogika va psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitiladi.

22 yanvar 2020, 20:05

Yakkasaroy KSZdagi 300 dan ortiq korxonani boshqa joyga ko‘chirish rejalashtirilmoqda

Yakkasaroy kichik sanoat zonasidagi korxonalarni Sergeli tumanidagi yangi sanoat markaziga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Zavod joylashgan joyda Day and Night biznes markazini qurish mo‘ljallanmoqda.

22 yanvar 2020, 19:18

Gretsiyada ilk bor ayol kishi prezidentlikka saylandi

Gretsiyada ilk bor ayol kishi — Oliy ma’muriy sud raisi Katerina Sakellaropulu prezident etib saylandi.

22 yanvar 2020, 18:24

Deputatlar hukumat a’zoligiga nomzodlarni ma’qulladilar

Qonunchilik palatasi hukumatga a’zolar nomzodini tasdiqladi. Endi ular prezident tomonidan tasdiqlanishi kerak (to‘liq ro‘yxat suratlari bilan).

22 yanvar 2020, 17:29

O‘zbekiston OTJ Saudiya Arabistoniga yutqazib qo‘ydi

Tailandda o‘tkazilayotgan U-23 Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yarimfinal doirasida Saudiya Arabistoniga yutqazib qo‘ydi. Endi uchinchi o‘rin uchun bahsda qatnashib, olimpiada yo‘llanma olish imkoni bor.

22 yanvar 2020, 17:18

2019 yilda iqtisodiy sudlar tomonidan da’vogarlar foydasiga 11,7 trln. so‘m undirish belgilandi

2019 yil mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan 197 291 ta ish ko‘rib chiqilib, hal etildi. Ko‘rilgan ishlar soni 2018 yilga nisbatan 51 foizga kamaygan.

22 yanvar 2020, 16:21

Doniyor Tashxodjayev Farg‘ona IIB boshlig‘i etib tayinlandi

IIV Tergov departamenti rahbari Doniyor Tashxodjayev Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozim bir kun avval bo‘sh qolgandi.

22 yanvar 2020, 14:57

Jamshid Iskanderov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi

«Lokomotiv»ning sobiq o‘yinchisi Jamshid Iskanderov faoliyatini K-League'da — Janubiy Koreyaning «Seongnam» klubida davom ettiradi.

22 yanvar 2020, 14:12

Hukumatning yangi tarkibi shakllantirilmoqda

O‘zbekiston hukumati tarkibida o‘zgarishlar kutilmoqda. Manbalarga ko‘ra, transport va madaniyat vazirliklari, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasida yangi rahbarlar ish boshlaydi.

22 yanvar 2020, 13:42

Rossiyaning yangi hukumati tuzildi

Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin yangi hukumat tarkibini taqdim etdi. 21 ta vazirlikdan 9 tasining rahbarlari o‘zgardi, xususan, Vladimir Medinskiy, Olga Vasileva, Maksim Oreshkin va Veronika Skvorsova vazirlik lavozimlarini tark etdi.

22 yanvar 2020, 12:40

AQSH Senati Tramp impichmenti bo‘yicha tinglov boshladi

AQSH Senatida Donald Tramp impichmenti bo‘yicha tinglov boshlandi. Senatdagi ko‘pchilik respublikachilar yetakchisi jarayonni «tezlashtirilgan tartibda» o‘tkazish bo‘yicha rezolyutsiya taqdim etdi.

22 yanvar 2020, 12:22

Aktrisa Aida Yunusova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 72 yoshida vafot etdi.

22 yanvar 2020, 11:52

Prezident murojaatnomasi jonli efirda namoyish etiladi

O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi 24 yanvar kuni davlat va nodavlat telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi. Ba’zi kanallarda u surdo tarjima, rus va ingliz ingliz tiliga o‘girilgan holda uzatiladi.

22 yanvar 2020, 09:42

Abdulla Aripov — hukumatning harakat dasturi haqida

Abdulla Aripov parlament palatalarining qo‘shma majlisida Vazirlar Mahkamasining yaqin va o‘rta istiqbolga mo‘ljallangan Harakat dasturi haqida nutq so‘zladi. Uning qisqacha bayonini bilan tanishing.

21 yanvar 2020, 20:58

Tomskdagi yong‘in fojiasini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi

Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyatida yong‘in sabablarini o‘rganish, jabrlanganlar va halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilib, unga qator vazifalar yuklatildi.

21 yanvar 2020, 19:40

FVV Tomsk viloyatida halok bo‘lganlar shaxsiga aniqlik kiritdi

Tomsk viloyatidagi yong‘in oqibatida halok bo‘lgan to‘qqiz nafar O‘zbekiston fuqarosining shaxsi aniqlandi, yana bir qurbonning shaxsi aniqlanmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi vafot etganlarning ism-shariflarini e’lon qildi.

21 yanvar 2020, 19:28

AQSH elchixonasi: Ollashukurova mamlakatni mustaqil ravishda tark etdi

AQSH elchixonasi Nafosat Ollashukurova O‘zbekistonni mustaqil ravishda tark etganini aytdi (bloger bu borada yordam bergani uchun elchixonaga minnatdorchilik bildirgan edi). Diplomatik vakolatxona jurnalistlari erkin ishlashlari kerakligini qo‘shimcha qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting