Yangiliklar

26 noyabr 2019, 13:13

DXSHni rivojlantirish agentligi rahbariga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Zokir Bozorov Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

26 noyabr 2019, 12:58

Moskvada ommaviy janjalda qatnashgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Moskvada ommaviy mushtlashuv sodir etgani uchun 10 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Nizo havaskor futbol musobaqasida qoidalar buzilgani sababli kelib chiqqan.

26 noyabr 2019, 09:15

Bir qism OTMlar attestatsiyadan o‘tkazildi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 24 ta OTMni attestatsiyadan o‘tkazdi. 47,1 foizi attestatsiyadan o‘tdi, 54,2 foizi — shartli ravishda o‘tgan bo‘lsa, bitta OTM o‘ta olmadi.

26 noyabr 2019, 08:55

2020 yildan yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi

2020 yil 1 yanvaridan Toshkentda, 1 avgustdan esa Nukus va viloyatlar markazlarida yo‘lkira haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi.

25 noyabr 2019, 20:16

Tatariston prezidenti amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi

Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi. Uning prezident Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashishi kutilmoqda.

25 noyabr 2019, 17:26

1 dekabrdan boshlab nimalar o‘zgaradi?

1 dekabrdan kuchga kiradigan o‘zgarishlar — IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazishning pulli bo‘lishi, grant yutgan xodimlarning rag‘batlantirilishi, traktorchi-mashinist guvohnomasining yangi namunasi va boshqalar.

25 noyabr 2019, 17:13

Toshkentda 89 ta bepul huquqiy maslahatxona tashkil etildi

Toshkentda tashkil etilgan 89 ta huquqiy maslahatxonada seshanba kunlari tergov organlari xodimlari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi.

25 noyabr 2019, 16:47

MB uch yil uchun pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini e’lon qildi

Markaziy bank 2020 va 2021−2022 yillar uchun pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini e’lon qildi. 2020 yilda YAIM o‘sish sur’atlari 5,2−5,5 foiz, 2021−2022 yillarda esa 5,5−5,8 foizgachani tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

25 noyabr 2019, 14:00

Hafta davomida ob-havo quyoshli va sovuq bo‘ladi

Hafta sovuq bo‘ladi — kunduzi havo harorati +3 darajagacha iliydi, tungi harorat esa ba’zi hududlarda -12 darajaga tushishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilayotgani yo‘q.

25 noyabr 2019, 12:36

Xorijdagi saylov uchastkalari ro‘yxati e’lon qilindi

TIV O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsulxonalari qoshida tashkil etilgan saylov uchastkalari ro‘yxati va manzillarini e’lon qildi.

25 noyabr 2019, 11:37

Samarqandda o‘tkazilgan investitsiya forumida 1,7 mlrd dollarlik kelishuv bitimlari imzolandi

Invest in Samarkand forumi yakunlari bo‘yicha 1,7 mlrd dollardan ortiq 234 ta kelishuv bitimlari imzolandi. Viloyatda «Real Madrid» Futbol akademiyasi, attraksionlar va IMAX kinoteatrli istirohat bog‘i ochiladi.

25 noyabr 2019, 10:03

Toshkent prokuroriga o‘rinbosar tayinlandi

Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan Bahodir Abduvaliyev Toshkent prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi.

25 noyabr 2019, 09:53

Orenburg viloyatidagi YTHda 4 o‘zbekistonlik vafot etdi

Orenburg viloyati hududida mikroavtobus ishtirokidagi YTHda to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.

24 noyabr 2019, 18:25

AQSH Davlat departamenti Mirziyoyevning OAV haqidagi so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi

AQSH davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Elis Uells prezident Shavkat Mirziyoyevning OAVni himoya qilish borasidagi so‘zlarini olqishladi.

24 noyabr 2019, 16:50

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tizimida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi

Polkovnik Hamdam Qarshiyev mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

24 noyabr 2019, 09:52

IIV rahbariyatida o‘zgarishlar ro‘y berdi

IIV tuzilmasida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi — ikki nafar vazir o‘rinbosari, YHXBB, MvaFRBB, PPX va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi.

23 noyabr 2019, 17:23

IIV Qorovul qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni qamoqqa olindi

IIV Qorovul qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni, general-mayor Dmitriy Pan qamoqqa olindi.

23 noyabr 2019, 14:55

Toshkent IIBB giyohvand moddalar reklama qilingan banner buyurtmachisini aniqladi

Giyohvand moddalar sotiladigan saytga eltuvchi QR-kodli bannerga samarqandlik shaxs buyurtma bergani aniqlandi. U buyurtmani internet orqali Rossiyadagi blogerdan olgan. Xuddi shunday banner Samarqandga ham o‘rnatilgan.

23 noyabr 2019, 14:18

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mahmud Sa’diy olamdan o‘tdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, tahrir san’ati ustasi Mahmud Sa’diy olamdan o‘tdi.

23 noyabr 2019, 09:41

«Ba’zi rahbarlar oddiy muomala madaniyatini unutib qo‘yishmoqda» — prezident

Shavkat Mirziyoyev ba’zi rahbarlar xalq va matbuot bilan muloqotda muomala madaniyatini unutib qo‘yayotganini ma’lum qildi. Rahbar qanday dolzarb muammoga duch kelmasin, vaziyatdan og‘ir-bosiqlik bilan chiqishi lozim, dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting