Yangiliklar

29 noyabr 2019, 11:57

Kanadadagi aviahalokatda yetti nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Ontarioda (Kanada) yengil motorli samolyot qulashi natijasida yetti nafar o‘zbekistonlik, jumladan uch bola hayotdan ko‘z yumdi. Falokatga yomon ob-havo sabab bo‘lgani aytilmoqda.

29 noyabr 2019, 11:49

Gulistonda avto ustaxonada uchta mashina yonib ketdi

Guliston shahrida joylashgan, yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida yuz bergan yong‘in oqibatida uchta mashina butunlay yonib ketdi.

29 noyabr 2019, 11:18

Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida Qozog‘istonning birinchi prezidenti — elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.

29 noyabr 2019, 11:08

Soliq xodimi cho‘kayotgan bolani qutqardi

Romitan tumani DSI inspektori Sunnat Jumayev -2 daraja sovuqda kanalda cho‘kayotgan 3-sinfida o‘quvchisini qutqarib qoldi.

29 noyabr 2019, 10:59

Bektemir Meliqo‘ziyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev professional ringda to‘rtinchi jangini amerikalik Vaugin Aleksanderga qarshi olib boradi.

29 noyabr 2019, 10:18

Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston FA faxriy akademigi bo‘ldi

Turkmaniston prezidentiga ilm-fanni rivojlantirish va ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Fanlar akademiyasi faxriy akademigi unvoni berildi.

29 noyabr 2019, 10:02

Elektr energiyasi katta avariyalarning oldini olish uchun uziladi — Energetika vazirligi

Energetika vazirligi katta avariyalarning oldini olish uchun bir qism iste’molchilar elektr ta’minotidan uzilishini ma’lum qildi. Vazirlik energiyadan oqilona foydalanish, foydalanilmayotgan paytda elektr jihozlarini uzib qo‘yish zarurligini eslatib o‘tdi.

29 noyabr 2019, 09:40

Donald Tramp e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi

AQSH prezidenti Donald Tramp e’lon qilinmagan tashrif bilan Afg‘onistonga keldi. Prezident Ashraf G‘ani bilan uchrashuvda u «Tolibon» kelishuvga erishishni xohlayotganini ma’lum qildi.

28 noyabr 2019, 20:01

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari ikki davlat munosabatlarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga uning o‘zbek tilida nashr etilgani kitobini sovg‘a qildi.

28 noyabr 2019, 19:43

Sirdaryoda haydovchilar «gaz zapravkasi» faoliyati to‘xtatilgani bois yo‘lni to‘sib qo‘ydi

Metan quyish shoxobchasi yopilgani sababli bir kundan beri navbat kutayotgan haydovchilar «Toshkent-Guliston» yo‘lini to‘sib qo‘ydi.

28 noyabr 2019, 15:37

Toshkent viloyatida pudratchi maktab ta’mirida mablag‘larni talon-taroj qilgani aniqlandi

Qurilish kompaniyasi Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi 42-maktabni kapital ta’mirlashda 240 mln so‘mdan ziyod mablag‘larni talon-taroj qilgani aniqlandi.

28 noyabr 2019, 14:28

«KamAZ» Samarqand viloyatida ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi

«KamAZ» Samarqand viloyatida yangi yig‘ish liniyasini ochib, ishlab chiqarish quvvatini ikki barobarga oshirdi.

28 noyabr 2019, 13:44

Samarqandda o‘qituvchining kaltaklangani haqida qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilindi

Tergov departamenti Samarqandda vafot etgan erkakning kaltaklanishida olti kishi ishtirok etganini ma’lum qildi.

28 noyabr 2019, 11:37

Farg‘onada yangi Olimpiya sport majmuasi foydalanishga topshirildi

Farg‘ona shahrida 600 million so‘m evaziga Olimpiya sport majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi.

28 noyabr 2019, 10:02

Besh kishi ko‘mir, to‘rt kishi tandir cho‘g‘idan zaharlandi

Qashqadaryoda ikki oiladan jami to‘qqiz kishi is gazidan zaharlandi. Ular ko‘mir va tandir cho‘g‘idan uyni isitish maqsadida foydalangan.

28 noyabr 2019, 09:52

Maktablar yangi standartlar asosida quriladi va ta’mirlanadi

2020−2022 yillarda umumta’lim maktablarining «Zamonaviy maktab» loyihasi doirasida qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, ta’mirlanishi va jihozlanishi uchun 4,05 trln so‘m ajratiladi.

28 noyabr 2019, 09:42

SamAuto Isuzu D-Max pikaplarini ishlab chiqarishni boshladi

SamAuto zavodida Isuzu D-Max pikaplarini ishlab chiqarish boshlandi. Yangi model uchta modifikatsiya va yetti rangda savdoga chiqariladi, narxlar 270−380 mln so‘m atrofida bo‘ladi.

27 noyabr 2019, 19:44

Nukus tumanida odamlar gaz yo‘qligi uchun yo‘lni yopib qo‘ydi

Nukus tumanidagi Shortanbay ovuli aholisi avtomobil yo‘lini to‘sib, g‘ildiraklarga o‘t qo‘ydi. Bunga gaz yetkazib berilmayotgani sabab bo‘ldi. Hokimiyat ko‘mir va gaz ballonlari yetkazib berdi va gazni ulash imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

27 noyabr 2019, 19:20

Prezident suv resurslarini boshqarishni yaxshilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

2020 yildan Majburiy ijro byurosi suv ta’minoti uchun qarzdorlikni undirish bilan shug‘ullanmaydi. Bu ish bilan «O‘zsuvta’minot» kompaniyasi shug‘ullanadi.

27 noyabr 2019, 18:10

Samarqanda bir necha kishi tomonidan kaltaklangan erkak vafot etdi

Bir guruh kishilar tomonidan kaltaklangan Samarqanddagi 42-maktab o‘qituvchisi vafot etdi. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, uch kishi gumondor sifatida jalb qilindi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting