Yangiliklar

25 yanvar 2020, 11:08

Yangi aviakompaniyadan kutilmalar — Spot

Humo Air aviakompaniyasi ichki reyslarda arzon narxlarni taklif qilib, turizmni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda, yozmoqda Spot.

24 yanvar 2020, 23:12

Maykl Pompeo O‘zbekistonga fevralda tashrif buyuradigan bo‘ldi

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo 2−3-fevral kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U prezident bilan uchrashadi va Toshkentda vazirlar yig‘ilishida ishtirok etadi. Tashrif yanvar oyida rejalashtirilgan edi, ammo kechiktirildi.

24 yanvar 2020, 22:07

Toshkentdagi uchta gavjum ko‘cha rekonstruksiya qilinadi

Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li, Ahmad Donish va Yangi Sirg‘ali ko‘chalari bu yil rekonstruksiya qilinadi. Birinchi ikkita ko‘chada velosiped va piyodalar yo‘laklari barpo etiladi.

24 yanvar 2020, 21:45

Oliy ta’limda 3 yil o‘qish joriy etiladigan yo‘nalishlar ma’lum

Shavkat Mirziyoyev oliy ta’limning pedagogik yo‘nalishi o‘qish davri kamayishini aytgandi. Ushbu yangilik qaysi yo‘nalishlarga tatbiq etilishi ma’lum qilindi.

24 yanvar 2020, 21:41

Institut xonasida zilzila paytida shift tushib ketdi

Toshkent arxitektura-qurilish instituti o‘quv xonalaridan birida zilzila paytida shift tushib ketgan. Qurilish vazirligi holat yuzasidan axborot berdi.

24 yanvar 2020, 21:38

Kamilov va Lavrov telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qilishdi. Ular suhbat davomida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga bo‘lajak tashrifini gaplashib olgan.

24 yanvar 2020, 21:34

Navoiy bepul Wi-Fi bilan qoplanadi

Navoiy respublikadagi ilk bepul Wi-Fi tizimi bilan qoplanadigan shaharga aylanadi. Loyiha allaqachon ishga tushirilgan.

24 yanvar 2020, 21:26

Prezident yangi hukumat tarkibini tasdiqladi

Prezident yangi hukumat tarkibini tasdiqladi. Unda uchta lavozim bo‘sh qolgan, boshqa o‘rinlarda deputatlar ma’qullagan nomzodlar o‘zgarishsiz tasdiqlandi.

24 yanvar 2020, 19:40

JSST Xitoyda koronavirus tarqalgani uchun favqulodda holat e’lon qilmadi

JSST Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniyaning «jiddiy» ravishda tarqalayotganini tan oldi, ammo xalqaro miqyosda favqulodda holat e’lon qilmadi.

24 yanvar 2020, 19:12

Xayrulla Sa’diyev yangi lavozimga tayinlandi

Aktyor Xayrulla Sa’diyev O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisining maslahatchisi etib tayinlandi. U «5-studiya» bilan mehnat faoliyatini davom ettiradi.

24 yanvar 2020, 17:42

Buxoro va Xiva o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi qayta tiklanadi

Mart oyidan boshlab «Buxoro-Xiva-Buxoro» yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezd qatnovi boshlanadi. Safar besh soat davom etadi.

24 yanvar 2020, 17:42

Taxiatosh IES yangi bug‘-gaz qurilmasi ishga tushdi

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati aholisini elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Uning birinchi bosqichi yakunlangan.

24 yanvar 2020, 17:31

Yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi to‘xtatildi

Fuqarolarning shikoyatlaridan so‘ng Recruit consulting work xususiy bandlik agentligi litsenziyasining amal qilishi vaqtincha to‘xtaldi. Agentlik 10 kun muddatda fuqarolar oldida majburiyatini bajarishi lozim.

24 yanvar 2020, 17:19

Tomskdagi yong‘inda vafot etgan yana bir shaxs aniqlandi

Tomsk oblastida yuz bergan yong‘inda vafot etgan o‘n birinchi jasad shaxsi o‘rnatildi. Birlamchi tahlil ma’lumotiga ko‘ra, u O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.

24 yanvar 2020, 17:16

Dam olish kunlari havoning sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari havoning sovuq bo‘lishi kutilmoqda, ayrim joylarda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 0…+5, kechasi — −5…0 darajagacha pasayadi.

24 yanvar 2020, 15:57

Uxandagi boks musobaqasi boshqa muddatga ko‘chirildi

Boks bo‘yicha Olimpiada litsenziyasini beruvchi musobaqa xavfli virus tarqalishi tufayli Xitoydan boshqa mamlakatda o‘tkazilishi mumkin. Turnir martga ko‘chirildi.

24 yanvar 2020, 15:38

Prezident murojaatnomasi: asosiy fikrlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis a’zolariga an’anaviy murojaatnomani o‘qib eshittirdi. «Gazeta.uz» davlat rahbari bildirgan fikr va vazifalarni qisqacha mazmunda bayon etadi.

24 yanvar 2020, 14:09

O‘zbekistonda soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi — prezident

Prezident parlamentga murojaatida tadbirkorlarni ko‘p qiynaydigan soha — litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartiblarini jiddiy o‘zgartirilishi ta’kidladi.

24 yanvar 2020, 14:00

Shavkat Mirziyoyev: «Joriy yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar o‘zlashtiriladi»

Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash — iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifa ekanini aytdi.

24 yanvar 2020, 12:28

Prezident ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

Bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish uchun joriy yilda byudjetdan qariyb 2 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi."Raqamli O‘zbekiston — 2030″ dasturini ishlab chiqish ikki oyda yakunlanishi zarur.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting