Yangiliklar

16 aprel 2020, 14:11

Bill Geyts jamg‘armasi JSSTni moliyalashtirish miqdorini oshiradi

Bill & Melinda Gates Foundation Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) moliyalashtirish miqdorini 250 million dollargacha oshiradi. Bu mablag‘lar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga yo‘naltiriladi.

16 aprel 2020, 14:00

May oyidan pensiya va nafaqalar to‘liqligicha bank kartalariga o‘tkaziladi

May oyidan boshlab pensiya va nafaqalar to‘liqligicha bank kartalariga o‘tkaziladi. Ushbu tartib karantin cheklovi bo‘lib, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar davom etadi.

16 aprel 2020, 13:52

Namanganda 1200 o‘rinli karantin hududi va 150 o‘rinli maxsus shifoxona qurilmoqda

Namangan viloyatining Pop tumanida 1200 o‘rinli karantin hududi va 150 o‘rinli maxsus shifoxona qurilmoqda. Qurilish ishlarini 10 kunda yakuniga yetkazishga ko‘rsatma berilgan.

16 aprel 2020, 13:31 1

Stikersiz ikki mashina to‘qnashdi: ulardan birining yonishidan haydovchi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatida stikersiz harakatlanayotgan ikki avtomobil to‘qnashishi natijasida 25 yoshli haydovchi mashina ichida yonib ketdi.

16 aprel 2020, 12:39

Mehnat vaziri Cotton Campaign rahbarlariga murojaat qildi

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Cotton Campaign koalitsiyasini o‘zbek paxtasidan boykotni olib tashlashga chaqirdi. Vazir o‘z murojaatida o‘zbek matolaridan tayyorlangan niqoblar, jarrohlik xalatlar va boshqa turdagi shaxsiy himoya vositalari global tanqislikni hal qilishda yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.

16 aprel 2020, 11:40

Velosipedchi YTH natijasida halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida yengil avtomobil haydovchisi urib yuborgan velosipedchi shifoxonada vafot etdi.

16 aprel 2020, 11:34

Germaniya karantin choralarini yumshatishga qaror qildi

Germaniya kansleri Angela Merkel karantin choralari qisman olib tashlanishini ma’lum qildi. Hozircha do‘konlar va maktablar ochiladi.

16 aprel 2020, 11:07

Dunyoda COVID-19 tasdiqlangan holatlar soni 2 milliondan oshdi

Dunyoda aniqlangan koronavirus holatlari soni 2 milliondan oshdi. COVID-19 holatlarining aksariyati AQSH, Ispaniya va Italiyada qayd etildi.

16 aprel 2020, 11:02

Byudjet xarajatlari optimallashtiriladi

O‘zbekiston prezidenti koronavirus pandemiyasi va global inqiroz sharoitida byudjet xarajatlarini optimallashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Dolzarb bo‘lmagan loyihalar va xarajatlar kechiktiriladi.

16 aprel 2020, 10:07

Koronavirus yana 47 nafar kishida aniqlandi

O‘zbekistonda yangi tasdiqlangan koronavirus holatlari 47 taga oshib, jami 1349 taga yetdi.

15 aprel 2020, 22:45

Koronavirus holatlari soni 1300 tadan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 27 taga oshib, jami 1302 taga yetdi.

15 aprel 2020, 21:33 1

Koronavirus yuqtirishi mumkin bo‘lgan xavfli guruhlar ma’lum qilindi

Koronavirus yuqtirishi mumkin bo‘lgan xavfli guruhlarga bozorlarda va savdo do‘konlarida savdo qilayotgan sotuvchilar, karantindagi fuqarolar va xizmat zaruriyati tufayli ko‘plab fuqarolar bilan muloqotda bo‘layotgan shaxslar kiradi — Bosh prokuratura.

15 aprel 2020, 21:30

Koronavirus bilan kasallangan ayol 5 marta shifoxonalarga murojaat qilgan

Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan ayol shifoxonaga besh marotaba murojaat qilgan. Shifokorlar har safar unga tibbiy yordam va muolajalar ko‘rsatib, uyiga ketishiga ruxsat berishgan, faqatgina ahvoli og‘irlashgandan keyin virusga tekshirishgan. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan xamshira va boshqalarda ham koronavirus aniqlangan.

15 aprel 2020, 21:21

Karantin qoidalarini buzish holatlari 64 mingtaga yaqinlashdi

Karantin e’lon qilingandan buyon O‘zbekistonda qariyb 64 mingta karantin qoidalarini buzish holatlari aniqlandi. Qoidabuzarlarning 59 ming nafari erkaklar, 5 ming nafarga yaqini ayollardir.

15 aprel 2020, 21:09

COVID-19 surishtiruvlariga 318 nafar malakali tergovchi jalb qilingan

Koronavirus bo‘yicha surishtiruv ishlariga 318 nafar malakali tergovchi va mingdan ortiq tezkor qidiruv xodimlari jalb qilindi. Tezkor-tergov va tahliliy guruhlar tomonidan shu kunga qadar qadar bemorlar muloqotda bo‘lgan 9538 nafar shaxs haqida ma’lumotlar to‘plandi.

15 aprel 2020, 18:34

Bank hisobvaraqalari bo‘yicha ma’lumotni soliq qo‘mitasiga uzatish nizomi loyihasi qayta ko‘riladi

Bank hisobvaraqalari bo‘yicha ma’lumotni soliq qo‘mitasiga uzatish nizomi loyihasi muhokamadan olib tashlandi. DSQ bu haqida Senatga xat jo‘natib ma’lum qildi. Senat tadbirkorlarning huquq hamda manfaatlariga daxldor barcha me’yoriy hujjatlar doimiy nazorat ostida bo‘lishini ma’lum qildi.

15 aprel 2020, 17:56

AQSHda birinchi COVID-19 vaksinasi insonda sinovdan o‘tkazildi

AQSHda koronavirusga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilgan ayol o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Birinchi kuni uning harorati bir oz ko‘tarilgan, keyinroq qo‘li og‘rigan, biroq so‘ngra ahvoli yaxshilangan.

15 aprel 2020, 17:48

Yana 8 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

8 nafar koronavirus bemori tuzalib, ular reabilitatsiyaga jo‘natildi. O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 107 kishiga yetdi.

15 aprel 2020, 16:55

«Valyuta oldi-sotdisida hech qanday cheklovlar bo‘lmaydi» — MB rahbari

MB raisi Mamarizo Nurmurodov valyutalarni sotib olish va sotishda hech qanday cheklovlar joriy etilmasligi, kurs bozor omillari asosida shakllantirilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, almashuv kursi «o‘zining tabiiy nuqtasiga yaqinlashmoqda». Valyutaga bo‘lgan talab keskin o‘sgan.

15 aprel 2020, 16:37

Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlandi

Nikolay Doroshenko Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. U oldin Qirg‘izistonda elchi bo‘lib ishlagan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting