Yangiliklar

18 oktabr 2018, 22:56

O‘smirlar olimpiadasi. Abdumalik Xalakov oltin medal sohibi bo‘ldi

Argentinada o‘tkazilayotgan o‘smirlar olimpiya o‘yinlarida -56 kg vazn toifasida qatnashayotgan o‘zbekistonlik bokschi Abdumalik Xalakov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

18 oktabr 2018, 22:49

O‘zgidromet Toshkentda yoqqan loyli yomg‘ir sababini ma’lum qildi

Toshkentda yoqqan loyli yomg‘irga kuchli shamol va shahardagi ulkan qurilish ishlari sabab bo‘lgani ma’lum qilindi.

18 oktabr 2018, 22:05

O‘zbekiston maktablarida elektron jurnallar va kundaliklar joriy etiladi

XTV va «Dnevnik.ru» kompaniyasi umumta’lim maktablarida elektron jurnallar va kundaliklarni joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi.

18 oktabr 2018, 21:49

Vitaliy Dragunov «O‘zatom» rahbari o‘rinbosari etib tayinlandi

Vitaliy Dragunov «O‘zatom» agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

18 oktabr 2018, 18:49

Rossiya milliy kosmik aloqa tizimini yaratishda O‘zbekistonga yordam berishga tayyor

Rossiya O‘zbekistonni Qozog‘iston bilan birgalikda sun’iy yo‘ldosh uchirilishida ishtirok etishga taklif qildi.

18 oktabr 2018, 17:07

Moskvada Islom Karimov haykali ochildi

Moskvada O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali ochildi.

18 oktabr 2018, 16:39

Meva-sabzavot eksportchilari uyushmasi tashkil etiladi

Prezident meva-sabzavot mahsulotlari eksportidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan qarorni imzoladi.

18 oktabr 2018, 16:03

Maishiy texnikalarni olti oyda bir martadan ortiq olib kirish taqiqlandi

17 oktyabrdan qo‘shni davlatlardan yer usti va daryo o‘tkazish punktlari orqali boj undirilmaydigan tovarlarni olib o‘tishga yangi cheklovlar joriy etildi.

18 oktabr 2018, 15:35

Sof oltin-valyuta zaxiralari 25,49 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi oktyabr oyigacha 489 mln dollarga kamayib, 25,49 mlrd dollarni tashkil etdi.

18 oktabr 2018, 15:20

O‘rtacha oylik hisoblangan ish haqi 1,684 mln so‘mni tashkil etdi

To‘qqiz oy ichida eng yuqori o‘rtacha oylik hisoblangan ish haqi 2,363 mln so‘mni (Toshkentda), eng pasti — 1,311 mln so‘mni (Namangan viloyatida) tashkil etdi.

18 oktabr 2018, 12:07 1

Afrosiyob poyezdi chiptalari qimmatlashadi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 1 noyabrdan Afrosiyob poyezdi chiptalari narxini o‘rtacha 35 foizga oshiradi.

17 oktabr 2018, 20:45

Plastik kartalardagi ma’lumotlarni yangi dasturiy ta’minot himoya qiladi

Litvaning ASHBURN International kompaniyasi ishlab chiqqan TransLink.iQ dasturiy ta’minoti plastik kartalardagi ma’lumotlarni himoya qiladi.

17 oktabr 2018, 20:41

O‘zbekistonda ilk oilaviy mehmon uylari o‘z faoliyatini boshladi

Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 23 ta oilaviy mehmon uyi ochilib, 50 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

17 oktabr 2018, 20:26

GM Uzbekistan sinov tarzda 28 ta Tracker avtomobilini ishlab chiqardi

GM Uzbekistan kompaniyasi GM Korea bilan hamkorlikda Tracker modelini yirik uzelli yig‘ish ishlarini olib bormoqda.

17 oktabr 2018, 20:14

O‘zbekistonda «Aqlli shahar» texnologiyalari joriy etiladi

«Aqlli shahar» konsepsiyasi loyihasi, shuningdek uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

17 oktabr 2018, 19:58

Adliya vazirligi va organlari xodimlari yangi lavozimlarga tayinlandi

Adliya vazirligi va organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasining mas’ul lavozimlariga tayinlandi.

17 oktabr 2018, 19:49

O‘g‘lini kaltaklash orqali tarbiyalamoqchi bo‘lgan ona uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Andijonda yashovchi uy bekasi Sh. V. uyida 5 yoshli o‘g‘li Z.K.ni tarbiyalash maqsadida uning tanasini turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, o‘limiga sababchi bo‘ldi.

17 oktabr 2018, 19:23

Bank sohasida 760 ming dollarlik talon-tarojliklar fosh etildi

«Milliy bank» Andijon viloyati filiali xodimlari mijozlar hisob raqamlaridan qariyb 760 ming dollarni noqonuniy o‘tkazganlikda ayblanmoqda.

17 oktabr 2018, 17:13

Kerchi kollejidagi portlashda 10 kishi halok bo‘ldi

Kerchidagi kollejda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, yana 50 ga yaqin kishi jarohatlandi.

17 oktabr 2018, 16:15

YeIB O‘zbekistonga dastlabki qarzlarni ajratdi

Yevropa investitsiya banki O‘zbekistonga suv ta’minotini yaxshilash va korxonalar samaradorligini oshirishga 100 mln yevrodan ikkita dastlabki qarzlarini ajratdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting