Yangiliklar

3 avgust 2019, 14:23

«Buzishdan oldin kallang bilan o‘ylab ko‘rmaysanmi?» Prezident Xorazm hokimini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovni Urganchdagi buzish ishlari bilan bog‘liq vaziyat uchun tanqid qilib, uni prezident siyosatining asosiy dushmani deb atadi.

3 avgust 2019, 11:25

Prezident Jasliqdagi koloniyani tugatdi

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi tugatiladi. Bu haqda prezident qarori imzolandi.

3 avgust 2019, 09:06 1

“Tonirovka” uchun yangi narxlar belgilandi

Yengil avtomobillar oynasini qoraytirish uchun yangi narxlar belgilandi.

3 avgust 2019, 06:23

Avtotest xizmat ko‘rsatishdan asossiz voz kechish huquqiga ega emas — MQKQ

Avtotest kompaniyasining yuridik shaxslar haydovchilari malakasini oshirish xizmatini ko‘rsatishdan asossiz ravishda bosh tortishi qonunga zid, deya ma’lum qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi.

2 avgust 2019, 21:37

Buxoroda byudjet xodimlarining qabristonda ishlatilgani haqidagi xabar o‘rganilmoqda

Mehnat vazirligi Buxoroda qabristonni obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlariga byudjet tashkilotlari xodimlari jalb etilgani haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda.

2 avgust 2019, 20:49

Samarqand viloyatining sobiq hokimi 13 yilga qamaldi

Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

2 avgust 2019, 19:36

Shaxsni qayta tarbiyalashda ozodlikni cheklash jazosidan foydalanilmoqda

O‘g‘rilik jinoyatiga qo‘l urgan beruniylik kollej o‘quvchisiga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi.

2 avgust 2019, 19:08

Project CURE Orolbo‘yi shifoxonalariga tibbiyot uskunalarni yetkazib berishga tayyor

Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Amerikaning Project CURE xayriya tashkiloti bilan Orolbo‘yi tibbiyot muassasalari ehtiyojlarini o‘rganish va ularga zamonaviy uskunalar yetkazib berishga imkon beruvchi memorandumni imzolaydi.

2 avgust 2019, 18:39

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilindi

Shavkat Mirziyoyev raisligida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

2 avgust 2019, 18:20

Elektron to‘lov xizmatlari elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni boshladi

UPAY va Payme elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni tikladi. Avvalroq «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi onlayn xizmatlar bilan shartnomani uni qayta ko‘rib chiqish uchun to‘xtatgan edi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu tadbirni 15 avgustdan keyinga qoldirishga chaqirdi.

2 avgust 2019, 18:00

O‘zbekistonlik 7 bokschi Dog‘istondagi turnirning yarim finaliga chiqdi

Dog‘istonda o‘tkazilayotgan Magomed-Salam Umaxanov xotira turnirida o‘zbekistonlik 7 bokschi yarim finalda ringga chiqdi.

2 avgust 2019, 17:35

«Biz bazaviy norma bo‘yicha barcha takliflarni hisobga olamiz» — energetika vaziri o‘rinbosari

Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov elektr energiyasi uchun bazaviy normani belgilashda oila a’zolari soni va turar joy maydoni hisobga olinishini ma’lum qildi.

2 avgust 2019, 16:30

O‘zbek harbiylari eng ilg‘or ta’mirlash va evakuatsiya bataloni musobaqasida qatnashadi (foto)

O‘zbek harbiylari «REMBAT» — «Eng ilg‘or ta’mirlash va evakuatsiya bataloni» xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.

2 avgust 2019, 16:18

Samarqandda 24 nafar MTM mudirasi qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi

Samarqandda 24 nafar MTM mudirasi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi hamda 51 nafar rahbar va mas’ul xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

2 avgust 2019, 14:28

Mehnat vaziri — hashar va majburiy mehnat o‘rtasidagi farq haqida

«Hashar — ixtiyoriy ko‘maklashish va bayram. Majburiy mehnat — biror jazo qo‘llash tahdidi ostida ish bajarish». Mehnat vaziri hashar va majburiy mehnat o‘rtasidagi farqni tushuntirib berdi.

2 avgust 2019, 13:32

Kasbi tuman IIBga yangi boshliq tayinlandi

Kasbi tuman IIB boshlig‘i lavozimiga Chori Ko‘charov o‘rniga Farruh Ibragimov tayinlandi. Samarqand va Jomboy tumanlarida ham yangi IIB boshliqlari ish boshladi.

2 avgust 2019, 11:16

Pillachilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori imzolandi

Pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

1 avgust 2019, 16:58

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Minskda muzokaralar o‘tkazdi. Prezidentlar savdo-sotiqni kengaytirish, mintaqaviy hamkorlik va boshqa masalalarda fikr almashdi.

1 avgust 2019, 16:30

«Avtotest» yuridik shaxslar haydovchilarini o‘qitish faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi

«Avtotest» kompaniyasi yuridik shaxslar haydovchilarini o‘qitish faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi: «Biz tahqirlardan charchadik».

1 avgust 2019, 16:08

«Jinoyatga moyil ayollarning 23 toifasi» haqidagi xabarlarga rasmiy izoh berildi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi «Jinoyatga moyil ayollarning 23 toifasi» haqidagi xabarlarni haqiqatdan mutlaqo yiroq deb atadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting