15 noyabr, juma

Yangiliklar

Meva-sabzavot eksportchilari uyushmasi tashkil etiladi 

Prezident meva-sabzavot mahsulotlari eksportidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan qarorni imzoladi.

Maishiy texnikalarni olti oyda bir martadan ortiq olib kirish taqiqlandi 

17 oktyabrdan qo‘shni davlatlardan yer usti va daryo o‘tkazish punktlari orqali boj undirilmaydigan tovarlarni olib o‘tishga yangi cheklovlar joriy etildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari 25,49 mlrd dollarni tashkil etdi 

O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari hajmi oktyabr oyigacha 489 mln dollarga kamayib, 25,49 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘rtacha oylik hisoblangan ish haqi 1,684 mln so‘mni tashkil etdi 

To‘qqiz oy ichida eng yuqori o‘rtacha oylik hisoblangan ish haqi 2,363 mln so‘mni (Toshkentda), eng pasti — 1,311 mln so‘mni (Namangan viloyatida) tashkil etdi.

Afrosiyob poyezdi chiptalari qimmatlashadi  +1

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 1 noyabrdan Afrosiyob poyezdi chiptalari narxini o‘rtacha 35 foizga oshiradi.

Plastik kartalardagi ma’lumotlarni yangi dasturiy ta’minot himoya qiladi 

Litvaning ASHBURN International kompaniyasi ishlab chiqqan TransLink.iQ dasturiy ta’minoti plastik kartalardagi ma’lumotlarni himoya qiladi.

O‘zbekistonda ilk oilaviy mehmon uylari o‘z faoliyatini boshladi 

Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida 23 ta oilaviy mehmon uyi ochilib, 50 dan ortiq ish o‘rinlari yaratildi.

GM Uzbekistan sinov tarzda 28 ta Tracker avtomobilini ishlab chiqardi 

GM Uzbekistan kompaniyasi GM Korea bilan hamkorlikda Tracker modelini yirik uzelli yig‘ish ishlarini olib bormoqda.

O‘zbekistonda «Aqlli shahar» texnologiyalari joriy etiladi 

«Aqlli shahar» konsepsiyasi loyihasi, shuningdek uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

Adliya vazirligi va organlari xodimlari yangi lavozimlarga tayinlandi 

Adliya vazirligi va organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasining mas’ul lavozimlariga tayinlandi.

O‘g‘lini kaltaklash orqali tarbiyalamoqchi bo‘lgan ona uning o‘limiga sababchi bo‘ldi 

Andijonda yashovchi uy bekasi Sh. V. uyida 5 yoshli o‘g‘li Z.K.ni tarbiyalash maqsadida uning tanasini turli joylariga yog‘och bo‘lagi bilan urib, o‘limiga sababchi bo‘ldi.

Bank sohasida 760 ming dollarlik talon-tarojliklar fosh etildi 

«Milliy bank» Andijon viloyati filiali xodimlari mijozlar hisob raqamlaridan qariyb 760 ming dollarni noqonuniy o‘tkazganlikda ayblanmoqda.