28 may, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

9 avgust 2018, 11:14

Bojxona organlari o‘z bayrog‘i va farqlash belgisiga ega bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrog‘i va farqlash belgisi tasdiqlandi.

9 avgust 2018, 10:56

Samarqand aeroportida zargarlik buyumlari to‘xtatib qolindi

Pul evaziga birovlarning tilla buyumlarini bojxonadan olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqarolar to‘xtatib qolindi.

9 avgust 2018, 10:43

Yunusobodda tezlikni oshirgan transport vositalari radar yordamida aniqlanmoqda

Yunusobod tumanida qisqa vaqt ichida tezlikni oshirgan 250 ga yaqin transport vositalari aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

8 avgust 2018, 22:26

10 ming nafardan ortiq soliqchining kasbiy mahorati oshiriladi

Davlat soliq qo‘mitasi 10 ming nafardan ortiq xodimining kasbiy mahoratini oshiradi

8 avgust 2018, 20:49

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari telefon orqali suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqotda ikki mamlakat hamkorligi va bo‘lg‘usi uchrashuvlarni muhokama qildi.

8 avgust 2018, 19:27

Ichki ishlar vazirligi Hay’atining navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi

Ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov raisligida Vazirlik Hay’atining videoselektor tarzidagi navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi.

8 avgust 2018, 19:08

Yangiqo‘rg‘ondagi mahallaga svetofor o‘rnatilmayotgani oqibatida ikki yilda 10 kishi vafot etdi

Qizilqiyoq mahallasida 2017 yili yuz bergan 6 ta avtohalokatda 7 kishi halok bo‘ldi, bu yil esa 2 ta shunday baxtsiz hodisa oqibatida 3 kishi vafot etdi.

8 avgust 2018, 18:39

Bolalarni bog‘chadan olib ketishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati kengaytirildi

Endilikda ota-onaning voyaga yetgan farzandlari, bolaning bobosi, buvisi yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan vakil bolani bog‘chadan olib ketishi mumkin.

8 avgust 2018, 18:23

Bojxona tizimida 5215 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, 69,9 milliard so‘mlik tovarlar olib qo‘yildi

Ayni paytda 2018 yil 1 noyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish ustida ish olib borilmoqda.

8 avgust 2018, 18:07

«O‘zbektelekom» bosh direktori almashdi

Shuhrat Qodirov yana «O‘zbektelekom» rahbari bo‘ldi. Avvalgi rahbar Farhod Roziyev esa kompaniyaning tijorat direktori lavozimini egalladi.

8 avgust 2018, 17:56

Respublika bo‘ylab 1325 ta maktab yarmarkalari tashkil etiladi

10 avgustdan 10 sentyabrgacha respublika bo‘ylab 1325 ta maktab yarmarkalari tashkil etiladi. 26 turdagi zaruriy o‘quv qurollari va jihozlari sotuvi tashkil etiladi.

8 avgust 2018, 17:49

USAID Toshkent viloyatida intensiv bog‘ni ishga tushirdi

USAID 0,5 gektarli namunali olma bog‘ini yaratdi va bozorda talab yuqori bo‘lgan «Golden Delicious», «Star Crimson», va «Saltanat» kabi mahsuldorligi va qiymati yuqori bo‘lgan olma ko‘chatlari bilan ta’minladi.

8 avgust 2018, 17:34

TXVU talabasi Davlat turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti talabasi Saidakbarxon Akbarov Davlat turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v. b. etib tayinlandi.

8 avgust 2018, 17:16

Toshkent viloyatida 15 nafar o‘qituvchi majburiy mehnatga jalb qilindi

Yangiyo‘ldagi 13-maktab rahbariyati o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan. Adliya vazirligi maktab ma’muriyatiga chora ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi.

8 avgust 2018, 16:22

Mudofaa vazirligida Tojikiston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo boshchiligidagi harbiy delegatsiyani qabul qildi.

8 avgust 2018, 15:56

Ravshan G‘ulomov Davlat raqobat qo‘mitasi raisi lavozimini tark etdi

Davlat raqobat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan Ravshan G‘ulomov Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamentiga rahbar bo‘ldi.

8 avgust 2018, 14:57

Sergeli tumanidagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi

Sergeli tumanining Choshtepa ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv sababli yong‘in yuz berdi.

8 avgust 2018, 14:45

Brigadalar va alohida batalonlarda «harbiy psixolog» lavozimi joriy etildi — Qurolli Kuchlar

Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

8 avgust 2018, 12:46

ID-kartalar pasport o‘rnini egallamaydi

IIV taqdim etgan hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarida ikkita — milliy va xorijga chiqish pasporti bo‘ladi.

8 avgust 2018, 11:48

«Hukumat soati"da turizmni rivojlantirish borasidagi ishlar muhokama etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlar birlashmalarining taklifiga binoan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari deputatlarga axborot berish uchun taklif etildi.