1 iyun, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

17 avgust 2018, 12:22

To‘qimachilik korxonalari uchun paxtani sotib olish shartlari yengillashtirildi

«To‘qimachilik sanoati korxonalarini yanada rag‘batlantirish va ularning raqobatbardoshligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi.

17 avgust 2018, 12:01

Oltin-valyuta zaxiralari 26,4 mlrd dollarni tashkil etdi

Avgust boshida O‘zbekiston yalpi oltin-valyuta zaxiralari 283,8 mln dollarga qisqardi.

17 avgust 2018, 11:45

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari tor doirada muzokara o‘tkazdi

Ko‘ksaroyda Tojikiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Shundan so‘ng davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari boshlandi.

17 avgust 2018, 11:05 1

O‘zbekistonda masofaviy oliy ta’lim — «Kelajak universiteti"ni yaratish ustida ish boshlandi

Innovatsion rivojlanish vazirligida O‘zbekistonda masofaviy oliy ta’lim muassasasi -«Kelajak universiteti» yaratish masalasida yig‘ilish o‘tkazildi.

17 avgust 2018, 10:01

«O‘zbekenergo» joriy yil 5 ta yirik investitsiya loyihasini amalga oshiradi

«2018 yil uchun investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi» qaror ijrosi bo‘yicha «O‘zbekenergo» tomonidan 5 ta yirik investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

17 avgust 2018, 09:47

Tojikiston prezidenti Toshkentga keldi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 17 avgust kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

16 avgust 2018, 23:11

Vena dunyodagi eng qulay shahar deb topildi

The Economist jurnali dunyoning eng qulay shaharlari reytingini e’lon qildi. Vena Melburn va Osakani ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi

16 avgust 2018, 23:00

O‘zbekiston Hindistonga imtiyozli savdoni taklif qilmoqda

O‘zbekiston Hindistonga uran konsentrati, rangli va nodir metallarni yetkazib berishni kengaytirishga tayyor.

16 avgust 2018, 22:32

Eksport o‘rniga soxta hujjatlar bilan ichki bozorga sotilgan avtomobillar siri ochildi

Jizzaxda aslida xorijga eksport qilinmay, soxta hujjatlar asosida ichki bozorga sotilgan avtomashinalar siri ochildi.

16 avgust 2018, 21:23

O‘zbekiston «Shimol-Janub» transport loyihasida qatnashmoqchi

O‘zbekiston Hindiston, Eron, Ozarbayjon, Rossiya va Qozog‘istonni bog‘lovchi «Shimol-Janub» xalqaro transport loyihasida qatnashishga qiziqish bildirdi.

16 avgust 2018, 20:31

O‘zbekiston va Tojikiston 103,3 mln dollarlik shartnoma imzoladi

O‘zbekiston va Tojikiston 103,3 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Mamlakatlar 2020 yilgacha savdo aylanmasini 500 mln dollarga oshirishni mo‘ljallamoqda.

16 avgust 2018, 19:56

Shuhrat Muhammadxonov Shayxontohur tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

Shuhrat Sanjarovich Muhammadxonov Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

16 avgust 2018, 19:48

Yangi tayinlangan Malayziya elchisi ishga kirishdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Malayziyaning qayta tayinlangan elchisi Hendi Assan bilan uchrashdi.

16 avgust 2018, 19:35

Toshkentda avgust oyida YTH soni kamaygan

Statistik tahlil natijalariga ko‘ra joriy yilning avgust oyida Toshkent shahrida YTHlar soni 43,3 foizga pasaygan.

16 avgust 2018, 19:26

Uchtepadagi hodisa bo‘yicha uch gumondor qo‘lga olindi

«Vatan» kinoteatri yaqinida bosqinchilik qilgan uch gumondor ushlandi. Ularning barchasi muqaddam sudlangan.

16 avgust 2018, 19:22

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston OTJ Qatarni yanchib tashladi va keyingi bosqichga yo‘l oldi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining ikkinchi turi doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi bahsda raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi.

16 avgust 2018, 19:12

Turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlar uchun soliq bazasini kamaytirish tartibi tasdiqlandi

Turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub’ektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari bo‘yicha kamaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

16 avgust 2018, 18:58

Mashinaning betonga urilishi natijasida yuz bergan yong‘inda er-xotin halok bo‘ldi

Samarqand shahrida yashagan Sh. R. Jizzax viloyatida mashinasi boshqaruvini eplay olmay beton to‘siqqa borib urilishi natijasida yong‘in yuz berib, haydovchi va uning rafiqasi vafot etdi.

16 avgust 2018, 18:49

Xorijdan qaytgan shifokor Sog‘liqni saqlash vazirligida rahbarlik lavozimiga tayinlandi

Kamolxo‘ja Eshnazarov Sog‘liqni saqlash vazirligining Xususiylashtirish va pullik xizmatni tashkil qilish markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

16 avgust 2018, 18:36

Bosh prokuror boshchiligidai O‘zbekiston delegatsiyasi Koreyaga tashrif buyurdi

Bosh prokuror O.Murodov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida Koreyaning ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarida qator uchrashuvlar o‘tkazildi.