7 aprel, seshanba

Yangiliklar

Bankrotlik jarayoni soddalashtiriladi 

Prezident bankrotlik jarayonini soddalashtirish va sud boshqaruvlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Farg‘ona elektr tarmoqlari boshlig‘i va bosh muhandisi pora olayotganda ushlandi 

Farg‘ona elektr tarmoqlari boshlig‘i va bosh muhandisi 4000 dollar miqdorida pora olayotganda ushlandi.

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi qayta tashkil etildi 

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi etib qayta tashkil etildi va prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘tkazildi.

Odil Ahmedov Osiyo Kubogida intervyu berishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortildi 

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov uchrashuvdan keyin majburiy qisqa intervyu bermagani uchun 10 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi.

Qarshida qish chillasida boradigan joyi yo‘q oilaning uyi majburan buzib tashlandi 

Qarshida qishning sovuq kunlarida bir oilaning uyi gaz va elektr taminotidan ajratilib, majburan buzib tashlandi.

Mudofaa vaziri AQSH QK Markaziy qo‘mondonligi rahbarlari bilan uchrashdi 

O‘zbekiston mudofaa vaziri va AQSH QK Markaziy qo‘mondonligi rahbariyati Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.

«Bishkek-Toshkent» xalqaro avtobus qatnovi vaqtincha to‘xtatildi 

Avtomobil transporti agentligi «Bishkek-Toshkent» xalqaro avtobus qatnovi vaqtincha to‘xtatilgani yuzasidan bayonot berdi.

Andijonda 5 yoshli qizchaning o‘limida ayblanayotgan shaxs qo‘lga olindi 

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida xonadon ostidan besh yoshli qizchaning jasadi topildi. Ayblanuvchi qo‘lga olindi.

Ravshan G‘ulomov Ahmet Demir bayonotiga izoh berdi 

Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan G‘ulomov turk ishbilarmoni Ahmet Demirning «Chorsu» mehmonxonasini rekonstruksiyadagi sansalorliklar to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi.

«Asaka» banki boshqaruvining yangi raisi tayinlandi 

Hukumat qaroriga muvofiq Nodirbek Saydullayev «Asaka» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi.

«Kompaniyaning qachon tashkil topgani muhim emas» — hokim Tashkent City investorlari haqida 

Vazirliklar vakillari va Toshkent hokimi Tashkent City loyihasidagi yosh xorij kompaniyalari ishtiroki borasida izoh berar ekan, bu dunyo amaliyotida odatiy holat ekanini ta’kidladi.

«Qonun buzilishi holati yo‘q» — MB raisining birinchi o‘rinbosari «Poytaxt bank» haqida 

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov Toshkent hokimiyati tomonidan «Poytaxt bank» ta’sis etilishida qonunchilik buzilishi holatlari yo‘qligini ma’lum qildi.