15 sentabr, yakshanba

Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi 

Prezident Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida qatnashish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi.

Toshkentda yangi yo‘l belgilari paydo bo‘lmoqda 

Poytaxtda svetoforning qizil chirog‘i yonib turganda barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini o‘tkazib yuborgan holda o‘ngga burilish huquqini beruvchi yo‘l belgisini o‘rnatish boshlandi.

Talabalarning bilimi 5 ballik tizimda baholanadi 

Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Navoiyda oltinli qum o‘g‘rilari pora berayotganda ushlandi 

Navoiyda tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qumni o‘g‘irlagan shaxslar ichki ishlar organlari xodimiga pora berayotganda ushlandi.

To‘rtko‘l tumanidagi YTHda to‘rt kishi halok bo‘ldi 

To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tgan 380-trassasida sodir bo‘lgan YTHda to‘rt kishi vafot etdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

O‘tkir Tursunqulov «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi.

O‘zbekistonda fransuz tili o‘qituvchilari Fransiya universiteti bilan hamkorlikda tayyorlanadi 

Fransiyaning Serji-Pontuaz universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirish soddalashtiriladi 

Bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

2019 yilda mutaxassislarni xorijda o‘qitish uchun 45 milliard so‘m ajratiladi 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etildi.

Navoiy viloyatidagi avariyada ikki pokistonlik halok bo‘ldi 

Navoiy viloyatidagi YTHda uch kishi halok bo‘ldi, ularning ikki nafari — Pokiston fuqarolari.

Hindiston kompaniyasi O‘zbekistonda onkologik dori vositalarini ishlab chiqaradi 

Hindistonning Beta Drugs kompaniyasi O‘zbekistonda onkologik preparatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Zavodning yillik quvvati 72 million tabletka va kapsulani tashkil etadi.

O‘zbekistonda 5 748 ta madaniy meros ob’ektning kadastr hujjati mavjud emas — Madaniyat vazirligi 

Madaniyat vazirligida madaniy meros sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklar haqida tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

reklama