18 yanvar, shanba

Yangiliklar

Mahmud Murodovning UFC’dagi uchinchi jangi bekor qilindi 

O‘zbekistonlik Mahmud Murodovning UFC doirasida braziliyalik Antonio Karlos Juniorga qarshi o‘tkazidagina jangi bekor qilindi.

Dizayner Nariman Grigoryan o‘ldirib ketildi 

Toshkentda taniqli dizayner Nariman Grigoryan o‘ldirib ketildi.

YAIDXPning mobil ilovasi ishga tushirildi 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasidan yo‘llardagi jarimalar, ish haqi va jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblari, shuningdek, kommunal xizmatlar bo‘yicha ma’lumot olish mumkin.

Eronda Ukraina Boeing bilan bog‘liq qamoqqa olishlar boshlandi 

Eronda Ukraina Boeing samolyotining qulashi bilan bog‘liq bir necha kishi hibsga olindi, ularning ismlari hozircha oshkor qilingani yo‘q.

Syurprizlarsiz. Viloyat hokimlari qayta saylandi 

Barcha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yangi muddatga qayta saylandilar. Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi ham qayta saylandi. Ro‘yxat va fotosurat.

«Oldimizda bemisl darajada ko‘p ish bor» — Jahongir Ortiqxo‘jayev 

Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shaharliklarga murojaat qilib, «aholiga adolatli xizmat ko‘rsatishga» va’da berdi, ulardan hokimiyatga bajarilgan ishlar natijalariga qarab baho berishlarini so‘radi va 20 oy davomida ma’muriyat rahbari sifatida chiqargan xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.

Samarqanddagi yirik avariya tafsilotlari 

IIV YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida tuman paytida 13 ta mashina to‘qnashgan. Voqea joyidan bir oz uzoqroqda ham ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Yil davomida qariyb 1300 MVt elektr energiya quvvatlari ishga tushiriladi 

Joriy yilda elektr energiyasi iste’moli 71 mlrd kVt-soatni tashkil etib, o‘tgan yilgiga nisbatan o‘rtacha 9 foizga, ya’ni, iqtisodiyot tarmoqlari talabi 10, aholiniki esa 8,5 foizga oshishi kutilmoqda.

Abdulla Aripov — Jahongir Ortiqxo‘jayevning fazilatlari va yutuqlari to‘g‘risida 

Bosh vazir Abdulla Aripov lavozimiga qayta tayinlangan Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni «yetakchi rahbar va zamonaviy menejer» deb atadi. Shuningdek, u Akfa, Artel va Crafers kompaniyalarining xorijdagi yutuqlari, korxonalarni poytaxt chetlariga ko‘chirish rejasi va boshqalar haqida so‘zladi.

AKT vazirligida yaponiyalik ekspert ish boshladi 

Yaponiyalik ekspert Esuaki Yoshida AKT vazirligida vazir maslahatchisi sifatida ish boshladi.

Samarqand viloyatida 10 dan ortiq mashina to‘qnashdi 

Samarqand-Qarshi avtomagistralida ko‘rish darajasi pastligi va yo‘llarning sirpanchiqligi sababli 10 dan ortiq mashina to‘qnashdi.

Meros va madaniyat vaziri Ummonning yangi sultoni bo‘ldi 

Qabus ibn Said vafotidan so‘ng meros va madaniyat vaziri Xeysam bin Toriq Al Said Ummonning yangi sultoni bo‘ldi.