Yangiliklar

30 sentabr 2020, 18:10

Abxaziyadagi o‘zbekistonliklarni oktyabr oyi boshida qaytarish rejalashtirilmoqda

Abxaziyada qiyin ahvolda qolgan 400 nafarga yaqin o‘zbekistonlikning ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalardan iborat birinchi guruhini oktyabr oyi boshlarida vatanga qaytarish rejalashtirilmoqda.

30 sentabr 2020, 17:11

YeTTB O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga 40 mln dollarlik kredit ajratmoqda

Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistonga ajratayotgan 40 mln dollarlik kreditlari kichik va o‘rta biznesni, shuningdek, tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ayollarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

30 sentabr 2020, 14:30 1

Prezident uch nafar ma’rifatparvar jadidni vafotidan so‘ng taqdirladi

Milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy (1878−1934), Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875−1919) va Munavvarqori Abdurashidxonov (1878−1931) «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangani

30 sentabr 2020, 14:06

O‘zbek qizlarini koreys erkaklariga xotinlikka tayyorlash haqidagi videoga izoh berildi

O‘zbek qizlarini Janubiy Koreya fuqarolariga turmushga berishga tayyorlash bilan poytaxtdagi SEJONG HAKDANG o‘quv markazi shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

30 sentabr 2020, 13:42

Tabiatga zarar yetkazilgani haqida xabar bergan shaxslarga pul mukofoti beriladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar ko‘rib chiqiladi hamda ularni yuborganlar huquqbuzardan undirilgan jarimaning 15 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

30 sentabr 2020, 11:40

1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi (eslatma)?

O‘zgarayotgan aksiz solig‘i stavkalari, tadbirkorlar uchun yangi imtiyoz, kuchga kirayotgan yangi tartiblar — 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

30 sentabr 2020, 11:00

Suntronix biznes uchun IT-yechimlarni zamonaviy platformalarda amalga oshiradi

Suntronix konsalting kompaniyasi xalqaro ekspertiza va ilg‘or IT texnologiyalarni biznes raqamli transformatsiyasining asosi sifatida taklif etadi.

30 sentabr 2020, 10:27

Koronavirus holatlari 56,5 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 56 519 nafarga yetdi. Yana 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Hozirda respublika bo‘ylab 3081 nafar bemor davolanmoqda.

30 sentabr 2020, 09:00

1 oktyabrdan mamlakat kinoteatrlarida «Ibrat» filmi namoyish etiladi

«Ibrat» tarixiy badiiy filmi shoir, tarjimon, tarixchi, tilshunos va jadidchi Ishoqxon Ibrat taqdiri haqida so‘zlab beradi.

29 sentabr 2020, 23:54

Kun davomida 476 ta koronavirus holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 476 ta koronavirus holati aniqlandi. Umumiy ko‘rsatkich 56,3 mingdan oshdi.

29 sentabr 2020, 23:02

«Ushbu epidemik mavsumda ikkinchi marta kasallanish ehtimoli yo‘q» — Nurmat Otabekov

Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ushbu epidemik mavsumda ikkinchi marta kasallanish ehtimoli yo‘qligini ma’lum qildi. Antitanachalar titri kam bo‘lsa ham, ular kasallik bilan kurasha oladi, dedi u. Biroq ularning qancha vaqt organizmni himoya qila olishi hozircha noma’lum.

29 sentabr 2020, 22:05

Samarqand turizm universiteti prorektorining diplomi soxtaligi haqidagi xabarlar isbotini topmadi

Samarqand xalqaro turizm universiteti prorektor Azamat Akbarovning diplomi soxta ekani haqidagi maqolalarga sakkiz oy o‘tganidan so‘ng raddiya berib, ulardagi iddaolar o‘z isbotini topmaganini ma’lum qildi.

29 sentabr 2020, 19:41

Xonabod hokimi Musaxon Mamadaliyev vafot etdi

Andijon viloyatida Xonobod hokimi Musaxon Mamadaliyev vafot etdi. O‘limiga o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgani ma’lum qilindi. Avvalroq esa uning pnevmoniya bilan davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

29 sentabr 2020, 19:01

Prezident 5000 dan ortiq eskirgan standartlarni bekor qilishni buyurdi

O‘zbekistonda 1995 yilgacha qabul qilingan va hozirda eskirgan 5000 dan ortiq standartlar bekor qilinadi. Prezident mahsulot xavfsizligi bo‘yicha texnik reglamentni Yevropa va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga mmoslashtirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berdi.

29 sentabr 2020, 16:52

Qaysi viloyatlar aholisi soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashi ma’lum bo‘ldi

Mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashda Xorazm, Navoiy va Namangan viloyatlari aholisi yetakchilik qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Eng ko‘p soliq imtiyozlarini olayotganlar esa Toshkent shahri, Toshkent, Andijon va Samarqand viloyatlarida.

29 sentabr 2020, 15:22

Xivada «Lazgi» xalqaro raqs festivali o‘tkaziladi

2022 yildan boshlab Xivada har ikki yilda bir marta «Lazgi» xalqaro raqs festivali hamda uning doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

29 sentabr 2020, 14:43

Moskva maktablarida ikki haftalik ta’til e’lon qilindi

Moskva meri Sergey Sobyanin Rossiya poytaxtida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat tufayli maktab ta’tili davomiyligini ikki haftagacha uzaytirdi. Bolalar bog‘chalari esa «odatdagi jadval bo‘yicha» ishlashda davom etadi.

29 sentabr 2020, 13:49

Sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilarning transport vositalari endi ushlab turilmaydi

Endilikda haydovchining yonida sug‘urta polisi bo‘lmagani sababli uning avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilmaydi. Bu prezident imzolagan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarda ko‘zda tutilgan.

29 sentabr 2020, 13:01

Rostov va Samaradagi lagerlarda yashagan barcha o‘zbekistonliklar o‘z vatanga qaytarildi — TIV

Samara va Rostov viloyatlaridagi chodirlar lagerlarida yashagan barcha O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi, deya xabar berdi TIV. Vazirlik vatanga mashinalarda qaytish uchun yo‘lovchi to‘playotgan xususiy tashuvchilarga ishonmaslikka chaqirdi.

29 sentabr 2020, 12:43

Hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlari bekor qilindi

Prezident byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilishga qaratilgan qonunni imzoladi. Ushbu qonun bilan hokimlarning ayrim funksiya va vakolatlarini bekor qilindi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting