Yangiliklar

17 avgust 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 35,5 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 184 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. 2 nafar koronavirus bemori esa vafot etdi. Hozirda koronavirusdan davolanayotgan 813 nafar bemorning ahvoli og‘ir, 234 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

17 avgust 2020, 09:33

Video, foto: O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi

O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi. Xonabod va Chirchiqdagi aerodromlarda Mudofaa vazirligining Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari ko‘rgazmali mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

17 avgust 2020, 09:20

Vafot etgan koronavirus bemorlari mutaxassislar nazoratida dafn etiladi

«Koronavirus bilan kasallangan bemor vafot etsa, hech qachon biror shifokor uni shunday chiqarib yaqinlariga berib yubora olmaydi». Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, vafot etgan koronavirus bemorlarini dafn etish jarayoni Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

17 avgust 2020, 00:33

Kun davomida 628 ta koronavirus holati qayd etildi

Kun davomida 628 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 35,3 mingtadan oshdi. Sog‘ayganlar soni 31 ming nafarga yaqinlashdi.

16 avgust 2020, 23:48

Nursulton Nazarboyevning nevarasi vafot etdi

Londonda 29 yoshli Aysultan Nazarboyev — Qozog‘iston birinchi prezidentining nevarasi olamdan o‘tdi. O‘limiga yurakning to‘xtab qolishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

15 avgust 2020, 23:50

Rasmiy statistika: Kun davomida 684 ta Covid-19 holati aniqlandi

15 avgust kuni O‘zbekistonda 684 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy rasmiy ko‘rsatkich 34,7 mingtaga yetdi. Sog‘ayganlar soni esa 30 mingdan (+1382) oshdi.

15 avgust 2020, 23:31 2

17−30 avgust kunlari amalga oshiriladigan charter reyslari ro‘yxati e’lon qilindi

17−30 avgust kunlari 23 ta charter reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.

15 avgust 2020, 18:35

«7 oyda 12 mingdan ziyod haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan» — Po‘lat Bobojonov

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zAga bergan intervyusida joriy yilning 7 oyida 12 mingdan ziyod haydovchining transport vositasini mast holda boshqargani aniqlanganini ma’lum qildi. Vazir YTHlarda qotillikka nisbatan 5 barobar ko‘p odam halok bo‘lganini aytdi.

15 avgust 2020, 14:34

Rossiyadan 40 nafar shifokor O‘zbekistonga keladi

COVID-19 bemorlarini davolash bo‘yicha tajribaga ega 40 nafar rossiyalik shifokor yakshanba kuni O‘zbekistonga keladi. Ular orasida anesteziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt-shifokorlar bor.

15 avgust 2020, 10:30

Salat tayyorlaymiz

Zira.uz tez tayyorlanadigan, foydali va mazali salatlar retseptlarini taqdim etadi. Ular jazirama yoz vaqtida yaxshi hazm bo‘lib, kechki ovqatga yaxshi qo‘shimcha bo‘ladi.

15 avgust 2020, 08:00

Telegram videoqo‘ng‘iroqlarni ishga tushirdi. Hozircha faqat Android uchun

14 avgust kuni Telegram messenjerining Android-versiyasi yangilandi va videoqo‘ng‘iroqlar paydo bo‘ldi.

15 avgust 2020, 00:44

Rasmiy statistika: Kun davomida 694 ta Covid-19 holati aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 694 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy soni 34 mingtadan oshdi. Davolanish ko‘rsatkichi esa 84 foizga yetdi.

14 avgust 2020, 20:40

OTMlarda to‘lov-kontraktlar miqdori 10 foizga pasaytiriladi

O‘zbekiston OTMlarida to‘lov-kontraktlar miqdori 10 foizga pasaytiriladi. Pandemiya sharoitida talabalarni qo‘llab-quvvatlash chegirmalar bilan cheklanib qolmaydi.

14 avgust 2020, 20:13

Toshkentda avtobus va mashrutkalar faoliyati ham 15 avgustdan qayta tiklanadi

Toshkentda 15 avgustdan jamoat transporti, jumladan avtobus va yo‘nalishli taksilar (mashrutkalar) faoliyati qayta tiklanadi. Toshkent viloyatida ham avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.

14 avgust 2020, 19:07

Bo‘stonliqda «Bildirsoy-Chimyon-Nanay» xalqaro kurorti tashkil etiladi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida fransuz kompaniyasi konsorsiumi bo‘yicha «Bildirsoy-Chimyon-Nanay» xalqaro kurorti tashkil etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 480 mln dollar bo‘lib, shundan 280 mln dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisoblanadi.

14 avgust 2020, 18:52

Toshkent metropoliteni 15 avgustdan ishga tushadi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, Toshkent metropoliteni 15 avgustdan ishga tushiriladi. Metroda niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilish jiddiy nazorat qilinadi.

14 avgust 2020, 17:55

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi ikki bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi velosipedda ketayotgan 11 va 12 yoshli ikki bolani urib yubordi. Bolalar voqea joyida vafot etdi.

14 avgust 2020, 17:42 5

Xorijda ishga joylashtirganlik uchun xizmat haqini ish beruvchi to‘laydigan bo‘ldi

Chet elda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmat haqini ish qidirayotgan emas, ish beruvchi to‘laydigan bo‘ldi.

14 avgust 2020, 17:00

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi quruq va mo‘’tadil issiq havo oqimi ta’sirida bo‘ladi

Dam olish kunlari mamlakat hududida havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Janubda harorat 40 darajagacha ko‘tariladi.

14 avgust 2020, 16:16

SEOM bosh shifokoriga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentning Yunusobod tumani Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazining bosh vrachiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. U karantin vaqtida soxta stikerlar berganlikda ayblanmoqda. Poytaxt SEOM bosh vrachi ruxsatnoma xodimlarning qarindoshlariga, ularni ishga olib kelish uchun berilganini aytdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting