Yangiliklar

17 iyul 2020, 17:18

Shakar zavodlari ishlab chiqarishni nega to‘xtatdi

O‘zbekistonning ikkita eng yirik shakar zavodi «Angren shakar» va «Xorazm shakar» xom ashyo yetishmovchiligi sababli ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ydi. Korxonalarning omborlarida kuniga ming tonnadan realizatsiya qilinadigan 47 ming tonnadan ortiq shakar zaxirasi mavjud, shuning uchun tanqislik kuzatilmaydi. «Gazeta.uz» ning aniqlashicha, mahalliy ishlab chiqaruvchilar import qiluvchilar bilan raqobat sababli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.

17 iyul 2020, 16:23

Sobiq mudofaa xodimi va uning rafiqasiga sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Harbiy sudi sobiq mudofaa xodimi A. Yarbabayev va uning rafiqasi Ye. Yarbabayevani davlatga xoinlik qilganlikda aybdor deb topdi. A. Yarbabayevga 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning turmush o‘rtog‘i esa 3 yilga sinov muddati belgilangan holda shartli ravishda jazodan ozod etildi.

17 iyul 2020, 15:42

Chust tumani hokimi o‘zgardi

Namangan viloyati Chust tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Bahodir Oxunov o‘z lavozimidan ozod etildi va uning o‘rniga Bekzod Hamdamov hokim etib tayinlandi.

17 iyul 2020, 14:58

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i vafot etdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Sanjar Abduqodirov 40 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

17 iyul 2020, 14:33

Dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga issiq va quruq havo oqimi kira boshlaydi. Kunduzi harorat +42 darajagacha ko‘tarilib, yoz o‘rtasidagi me’yoriy ob-havodan 4−6 daraja yuqori bo‘ladi.

17 iyul 2020, 13:31

Umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi tayyorlandi

SSP umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihasi tayyorlanganini xabar qildi. Soliq imtiyozlarini uzaytirish, kafe va restoranlarga yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish hamda muassasalarga kunu tun ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

17 iyul 2020, 13:18

Toshkent uchun SO‘V apparatlari va Damas avtomobillari xarid qilindi

Toshkent shahar hokimligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi 40 ta SO‘V va 200 ta SIPAP apparatlarini xarid qilishdi. Tez tibbiy yordam va SEOMlar uchun 50 dona Damas rusumli avtomobillar sotib olingan.

17 iyul 2020, 12:50

Prezident maslahatchisining o‘rinbosari tayinlandi

Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan tibbiyot doktori, professor Amrillo Inoyatov prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

17 iyul 2020, 12:44

Farg‘ona tumaniga yangi hokim tayinlandi

Shuhratjon Mo‘minov Farg‘ona tumani hokimi etib tayinlandi. U hozirgi paytga qadar Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

17 iyul 2020, 12:41

Hindistonda koronavirus bemorlari soni 1 milliondan oshdi

Hindiston koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 1 milliondan oshgan uchinchi davlatga aylanib, AQSH (3,5 mln dan ortiq) va Braziliya (2 mln dan ortiq) mamlakatlaridan keyingi o‘rinda ketmoqda.

17 iyul 2020, 12:10

Uyda davolanayotgan koronavirus bemorlari bepul dorilar bilan ta’minlanadi

Koronavirus kasalligidan uyida davolanayotgan bemorlarga kerakli dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan me’yorda, bepul yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

17 iyul 2020, 10:03

Koronavirus holatlari 15,3 mingdan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 283 nafarga ortib, jami 15349 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Karantin markazida (93), Toshkent shahrida (144), Samarqand viloyatida (25) va Surxondaryo viloyatida (21) qayd etildi. Shu bilan birga, yana bir koronavirus bemori vafot etdi.

17 iyul 2020, 09:00

KASHLUX kompaniyasi do‘konlarida keng tanlovli mahsulotlarni xarid qilish mumkin

O‘zbekiston bozorida 20 yildan beri faoliyat olib borayotgan KASHLUX kompaniyasi o‘z mijozlariga keng tanlovli mahsulotlarni taklif etadi. Xususan, quvurlar, qozonlar, boylerlar va boshqa isitish, ventilyatsiya, shamollatish, sanitariya-texnik uskunalar. Ushbu mahsulotlarni kompaniyaning Toshkentdagi 5 ta savdo do‘konlaridan xarid qilsa bo‘ladi.

17 iyul 2020, 00:11 1

Kun davomida 485 ta koronavirus holati qayd etilib, umumiy ko‘rsatkich 15 mingdan oshdi

O‘zbekistonda kun davomida 485 ta koronavirus holati qayd etilib, umumiy ko‘rsatkich 15 mingdan oshdi. 349 kishi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda infeksiyani yuqtirib olgan. 39 ta holat esa aholi orasida aniqlandi.

16 iyul 2020, 22:53

Rossiyaga gaz eksporti to‘xtatildi, Xitoyga eksport uch baravar qisqardi

Koronavirus pandemiyasining tashqi bozorlarga ta’siri sababli, O‘zbekistonda olinadigan tabiiy gazning Xitoyga eksporti 3 baravarga qisqardi, Rossiyaga eksport to‘xtatildi.

16 iyul 2020, 22:33

Xususiy klinikalarga koronavirus bemorlarini davolashga ruxsat berildi

Koronavirus bilan og‘rigan bemorlar endi xususiy tibbiyot muassasalarida davolanishlari mumkin. Import qilinadigan kislorod konsentratlari bojxona bojidan ozod etiladi.

16 iyul 2020, 19:37

Koronavirus aniqlanganlarga yaqin joyda bo‘lganlarni ogohlantiruvchi mobil ilova ishlab chiqildi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorga 5 metr masofada yaqin kelgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma ko‘rinishida kasal bilan aloqada bo‘lganlik ehtimoli to‘g‘risida va keyingi xatti-harakatlar bo‘yicha tavsiyalar beradigan mobil ilova ishlab chiqildi.

16 iyul 2020, 18:23

6 oyda 81,7 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larining noqonuniy sarflangani aniqlandi

Davlat moliyaviy nazorat departamenti 6 oyda 81,7 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari noqonuniy sarflanganini aniqladi. Eng ko‘p qonunbuzilish holatlari ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida, hududlar kesimida Andijon, Qashqadaryo, Toshkent, Jizzax, Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda qayd etildi. 57,4 mlrd so‘m byudjetga qaytarildi.

16 iyul 2020, 17:29

Honeywell Buxoro NQIZ uchun texnologiyalar taqdim etadi

Amerikaning Honeywell kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga «Yevro-5» standartidagi benzin ishlab chiqarish texnologiyasini taqdim etdi. Kompaniya bilan texnologik uskunalar hujjatlari paketini ishlab chiqish bo‘yicha bitim va litsenziya shartnomasi ham imzolandi.

16 iyul 2020, 17:10

Turkmanistonda ibodat maskanlari vaqtinchalik yopildi

Turkmanistonda masjidlar, cherkovlar va boshqa ibodat muassasalari hamda ziyoratgohlar profilaktika maqsadida vaqtinchalik yopildi. Shuningdek, mamlakatga tashrif buyurgan JSST rasmiy delegatsiyasi Turkmanistonda COVID-19 bilan bog‘liq holatlar qayd etilmaganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting