Yangiliklar

19 avgust 2020, 10:04

Koronavirus holatlari 36,7 mingdan oshdi

O‘zbekistonda 242 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Yangi holatlar Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahri, Samarqand, Namangan, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida aniqlangan. Toshkent shahrida 2 nafar koronavirus bemori vafot etdi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlarning 411 nafari og‘ir ahvolda, 125 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

19 avgust 2020, 09:59

Sentyabr oyidan aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi

Aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash maqsadida chet eldan vaksinalar olib kelinadi va joylarda emlash punktlari tashkil qilinadi. Emlash ishlari sentyabr oyidan boshlanishi kutilmoqda.

19 avgust 2020, 09:43

Ko‘chalarni isiriq bilan dezinfeksiya qilish hazil edi — hokimlik

Qo‘qon hokimligi shahar ko‘chalarini isiriq bilan «dezinfeksiya» qilinayotganligi aks ettirilgan video «Toza hudud» korxonasi xodimlarining hazili ekanligini ta’kidladi.

19 avgust 2020, 09:20

Mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklanadi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi 20 avgustdan qayta tiklanadigan poyezd qatnovlari jadvalini e’lon qildi.

19 avgust 2020, 09:03

Toshkentdan Yusufxonaga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent va Bo‘stonliq tumanining Yusufxona qo‘rg‘oni o‘rtasida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Kun davomida 18 ta qatnov amalga oshiriladi, chipta narxi 10 ming so‘m.

19 avgust 2020, 01:07

Kun davomida 591 ta koronavirus holati aniqlandi

Kun davomida 591 ta koronavirus holati aniqlandi va umumiy ko‘rsatkich 36,5 mingdan oshdi. Sog‘ayganlar soni esa 32,2 mingtani tashkil etmoqda

18 avgust 2020, 23:24 1

Bosh prokuratura BEVERLee Businees faoliyatini o‘rganishni boshladi

BEVERLee Businees moliyaviy piramidaga asoslangani va o‘z mahsulotlarini koronavirusga davo sifatida pullayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng Bosh prokuratura kompaniya faoliyatini o‘rganishni boshladi.

18 avgust 2020, 23:06

Hojatxonasi yo‘q AYOQSHlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi mumkin

1 sentyabrdan hojatxonalar bilan ta’minlanmagan AYOQSHlarga neft mahsulotlari va gaz yetkazib berish to‘xtatilishi, ular litsenziyasi bekor qilinishi mumkin. Ular ushbu talabni 1 martga qadar bajarishlari kerak edi, biroq muddat uzaytirildi.

18 avgust 2020, 18:34

Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritaman, deb 27200 dollar olgan firibgar ushlandi

Samarqandda Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yaman, deb 27200 dollar olgan firibgar ushlandi. U yana 300 dollar talab qilib, pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushirilgan.

18 avgust 2020, 18:09

Toshkentda mast haydovchi boshqarayotgan mashina beton to‘siqqa urildi, yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Toshkentning Mirobod tumanida mast haydovchi boshqarayotgan avtomobil beton to‘siqqa borib urildi. Yo‘lovchi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

18 avgust 2020, 17:37

Ilon Mask dunyo boylari orasida to‘rtinchi o‘ringa chiqdi

Ilon Maskning boyligi 2020 yil boshidan 57,2 mlrd dollarga o‘sib, umumiy 84,8 mlrdni tashkil etdi. Asosiy sabablardan biri yil boshidan Tesla kompaniyasining aksiyalari 339 foizga o‘sganligi bo‘ldi.

18 avgust 2020, 17:33

Ataulla Xudaybergenov olamdan o‘tdi

Nukusda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi Ataulla Xudaybergenov hayotdan ko‘z yumdi.

18 avgust 2020, 17:15

Qashqadaryoda rag‘bat pulini ololmayotgan tibbiyot xodimlari viloyat hokimligi binosi oldida to‘plandi

Qashqadaryoda rag‘bat pulini ololmayotgan tez yordam haydovchilari va hamshiralar viloyat hokimligi binosi oldida to‘plandi. Viloyat hokimligi murojaatchilarning aksariyati dispecherlar ekani va ularning rag‘batlantiriluvchilar ro‘yxatida yo‘qligini ma’lum qildi.

18 avgust 2020, 15:54

17 avgustni Toshkent shahri kuni deb e’lon qilish taklifi bildirildi

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi 17 avgustni shahar kuni deb e’lon qilish va har yili ushbu bayramni keng nishonlash taklifini ilgari surdi.

18 avgust 2020, 14:29 1

Maktab va bolalar bog‘chalari ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Ta’lim muassasalarida amal qiluvchi sanitariya me’yorlari ishlab chiqilib, Adliya vazirligining huquqiy ekspertizasidan o‘tkazilganidan keyin bolalar bog‘chalari va maktablar faoliyatini boshlashga ruxsat beriladi.

18 avgust 2020, 14:06

Chet eldagi muvaffaqiyatli fuqarolar nomi «oltin daftar»ga kiritiladi

Prezident tashabbusi bilan «oltin daftar» ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Uning tarkibiga o‘zbekistonlik potensial sarmoyadorlar va nufuzli universitetlarning professor-o‘qituvchilari kiritiladi.

18 avgust 2020, 13:56

Surxondaryoda mudhish avariya — olti kishi o‘ldi, olti kishi jarohatlandi

Surxondaryoda quvib o‘tish qoidasini buzgan Cobalt haydovchisi olti kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ular orasida 2 oylik chaqaloq ham bor. Yana olti kishi, jumladan, o‘zi va 1 yashar go‘dak jarohatlandi.

18 avgust 2020, 13:10

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlash taklif etildi

Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlovchi qonun loyihasi taklif etilmoqda. Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan loyihaga ko‘ra, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish kutilmoqda.

18 avgust 2020, 11:52

Mayitni o‘likxonadan chiqarish evaziga 200 dollar talab qilgan ekspert ushlandi

Vafot etgan fuqaroning murdasini o‘likxonadan chiqarib berish evaziga 200 AQSH dollari talab qilib olgan sud-tibbiy eksperti ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

18 avgust 2020, 11:38

Uychi tumani hokim o‘rinbosari karantin payti bazmda ishtirok etgani uchun hayfsan oldi

Namangan viloyati Uychi tumani hokimining o‘rinbosari Muxtorjon Bobojonovga karantin paytida bayramda ishtirok etganligi uchun hayfsan berildi va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan rasmiy tekshiruv boshlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting