Yangiliklar

13 oktabr 2020, 14:51

Energiyani tejash bo‘yicha jamg‘arma tashkil etilmoqda

Energetika vazirligi huzurida energiyani tejash bo‘yicha byudjetdan tashqari jamg‘arma tashkil etilmoqda. U ko‘p qavatli uylar va binolarning issiqlik muhofazasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni moliyalashtiradi.

13 oktabr 2020, 13:49

15 oktyabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori bilan poytaxtda isitish mavsumi 15 oktyabrdan boshlanadi.

13 oktabr 2020, 13:33

Koronavirusga takroran chalingan bemor vafot etgan ilk holat qayd etildi

Niderlandiyada koronavirus bilan qayta kasallangandan keyin dunyodagi birinchi o‘lim holati qayd etildi. Dastlabki davolanishdan ikki oy o‘tib takroran COVID-19 aniqlangan 89 yoshli ayol vafot etdi.

13 oktabr 2020, 12:48

Belarus IIV harbiy qurol ishlatishga tayyorligini ma’lum qildi

Belarus ichki ishlar organlari xodimlari, agar kerak bo‘lsa, ko‘chalardagi namoyishlarda maxsus vositalar va harbiy qurollardan foydalanishadi, chunki Minskdagi norozilik harakatlari radikallashmoqda, deya xabar berdi mamlakat IIV.

13 oktabr 2020, 11:26

Sirdaryoda gaz idorasi xodimi pichoqlanib vafot etgan

9 oktyabr kuni Sirdaryo tumanida qarzdorlikni undirish uchun kelgan gaz idorasi xodimi pichoqlanishi natijasida voqea joyida vafot etgan. Bosh prokuratura holat yuzasidan ma’lumot berdi.

13 oktabr 2020, 10:45

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi «populizm»da ayblandi. Internet foydalanuvchilari: «Hammamiz populistmiz»

Bosh vazir Abdulla Aripov yig‘ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining harakatlarini populistik deb atadi. Internet foydalanuvchilari qo‘mitani qo‘llab-quvvatlashdi va o‘zlarini ham populist deb atashdi.

12 oktabr 2020, 23:04

Zangiotadagi COVID-19 markazida elektr uzilib qolgani haqidagi xabar rad etildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Zangiotadagi COVID-19 markazida elektr ta’minoti uzilib, ko‘plab bemorlarning vafot etgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Kasalxonada uchta dizel generatori mavjudligi ta’kidlandi.

12 oktabr 2020, 21:54

Prezident intellektual mulk muhofazasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

«Intellektual mulk masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarmas ekanmiz, O‘zbekiston bundan o‘n yildan keyin ham raqobatdosh bo‘lmaydi», — deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Prezident pulli ko‘ngilochar saytlardagi kino, serial, qo‘shiq, multfilmlar mualliflariga daromad to‘lash masalasini o‘rganishni topshirdi.

12 oktabr 2020, 20:24

O‘zbekiston eksportining 50 foizini oltin tashkil etdi

Yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha mamlakatning tashqi savdo aylanmasi 2,45 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil etdi. Eng ko‘p savdo aylanmasi ulushi Xitoy, Rossiya va Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda. Bu davr mobaynida eksportning 50 foizini oltin, importning 37,8 foizini mashinalar va transport asbob-uskunalari tashkil etdi.

12 oktabr 2020, 19:39

650 nafardan ortiq kishi majburiy paxta terimiga jalb qilindi — Mehnat vazirligi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda 652 kishini majburiy ravishda paxta terimiga jalb qilish holatlarini aniqladi. 18 mansabdor shaxs 200 million so‘mdan ortiq jarimaga tortildi. Qonunbuzarliklar eng ko‘p Qashqadaryo va Namangan viloyatida aniqlandi.

12 oktabr 2020, 19:22

Google o‘zining Chrome brauzerini sotishi mumkin

Google kompaniyasining mashhur Chrome brauzeri sotilishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya reklama biznesining bir qismidan ham ayrilishi mumkin.

12 oktabr 2020, 18:39

YeI Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga qaror qildi

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari agar Belarusda vaziyat yaxshilanmasa Lukashenkoga qarshi sanksiyalar e’lon qilishga kelishib olishdi. Kelishuv bo‘yicha YeI Belarus mamlakati bilan hamkorlikni to‘xtatadi va norozilik harakatlariga qo‘shimcha yordam ko‘rsatadi.

12 oktabr 2020, 18:35

Hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilariga mashinalar ajratiladi

Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida shahar va tuman hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilariga xizmat mashinalari topshirildi. Prezident topshirig‘iga binoan barcha viloyatlarda hokim maslahatchilariga xizmat mashinalari ajratilishi kutilmoqda.

12 oktabr 2020, 17:56

Jahon yangiliklari dayjesti

Shimoliy Koreya rahbarining xalqdan kechirim so‘ragani, Ukraina prezidenti urushni tugata olmasa, o‘z lavozimini tark etishga tayyorligi, Xitoyda butun shahar aholisi COVID-19 ga tekshirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz» ning jahon yangiliklari dayjestida.

12 oktabr 2020, 17:28

«Yevropada to‘p surishni orzu qilar edim» — Eldor Shomurodov

Yaqinda Italiyaning «Jenoa» futbol jamoasi safiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov Sport24 muxbiriga bergan intervyusida Yevropada to‘p surish uning bolalik orzusi ekanligi, unda yana qanday variantlar bo‘lganligi va nega 61-raqamni tanlagani haqida so‘zlab berdi.

12 oktabr 2020, 17:26

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni qayta saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Tojikiston prezidentini saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi. Tomonlar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar uchun yangi kun tartibini ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.

12 oktabr 2020, 16:37

Jismoniy tarbiya va sport vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Respublika olimpiya zaxiralari kolleji direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Avazjon Karimov jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

12 oktabr 2020, 16:26

Xo‘roz o‘yinlari tashkil qilgan 120 dan ziyod kishiga chora ko‘rildi

O‘rta Chirchiq tumanida xo‘roz o‘yinlari tashkil qilgan 120 dan ziyod kishi karantin qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortildi.

12 oktabr 2020, 15:41

Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti auksionlar nazariyasi uchun topshirildi

Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan iqtisodiyot bo‘yicha yodgorlik mukofoti Pol Milgrom va Robert Uilsonga auksionlarning yangi formatlarini ixtiro qilganligi uchun topshirildi.

12 oktabr 2020, 15:25

Belarusdagi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi

Belarusdagi prezident saylovlari natijalariga qarshi namoyishlarda bir kun ichida 600 kishi hibsga olindi. Namoyishchilarga qarshi suv purkagichlar va tovushli granatalardan foydalanilgan.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting