Yangiliklar

28 mart 2019, 21:12

Bolalar uchun odil sudlov doirasidan chiqarish va tiklovchi choralarni qo‘llash loyihasi ish boshladi

Toshkentda huquqbuzarlik sodir etgan bolalarni odil sudlov doirasidan chiqarish bo‘yicha loyiha ish boshladi. Maqsad — bolalarni maxsus ta’lim-tarbiya muassasalariga joylashning salbiy oqibatlarining oldini olish.

28 mart 2019, 21:04

Xitoyda zo‘rlik bilan ushlab turilgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

O‘zbekistonning Shanxaydagi Bosh konsulxonasi uyda eri tomonidan zo‘rlik bilan ushlab turilgan o‘zbek ayolining vatanga qaytishiga ko‘mak ko‘rsatdi.

28 mart 2019, 20:51

Otabek Shukurovga jarohat yetkazgan xitoylik futbolchi uni yo‘qladi

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisiga og‘ir jarohat yetkazgan xitoylik futbolchi uni yo‘qlashga bordi. Shukurovga aravacha va meva to‘la savat sovg‘a qildi.

28 mart 2019, 18:48

«Humo» milliy to‘lov tizimi aprelda ishga tushadi

«Humo» milliy to‘lov tizimi aprel oyidan boshlab amaliyotga joriy etilishi ma’lum qilindi.

28 mart 2019, 17:52

Qoraqalpog‘istonda porox olib kirilishining oldi olindi

«Qoraqalpog‘iston» temir yo‘l chegara bojxona postida poroxning yashirincha olib kirilishi holati to‘xtatib qolindi.

28 mart 2019, 17:19

«Banklar risk-menejmentning tayanch qoidalarini buzishni boshladi» — MB avtokreditlar haqida

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov avtokreditlash misolida kreditlarning bir mahsulotga yo‘naltirilishi qanday qilib «ko‘pik» effektini vujudga keltirishini tushuntirdi.

28 mart 2019, 17:16

Banklar aholi ishonchiga kirib borishi shart — Markaziy bank raisi

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov banklar aholi ishonchiga kirib borishi zarurligini ta’kidladi.

28 mart 2019, 16:44

Shavkat Mirziyoyevning BAAga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

28 mart 2019, 16:19

Toshkent shahrida 2019 yil 1-chorakda byudjetga tushumlar ijrosi

Toshkent shahar hokimligida bosh vazir Abdulla Aripov raisligida kengaytirilgan yig‘ilishda Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

28 mart 2019, 15:56

MDH chegarachilari 2019−2020-yillarda maxsus operatsiyalar o‘tkazadi

MDH chegarachilari yaqin ikki yilda maxsus operatsiyalarga tayyorgarlik ko‘rish hamda 2020-yilda MDHning tashqi chegaralari bo‘ylab estafetalar o‘tkazish masalalari muhokama qildi.

28 mart 2019, 14:56

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Qizilo‘rda viloyatida vertolyot qulab tushgani munosabati bilan Qozog‘iston rahbariga hamdardlik bildirdi.

28 mart 2019, 13:29

Qozog‘istonda harbiy vertolyot qulab tushdi, 13 kishi vafot etdi

Bortida 13 kishi bo‘lgan Qozog‘iston Mudofaa vazirligi vertolyoti o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida halokatga uchradi.

28 mart 2019, 13:08

Innovatsion rivojlanish vaziri imkoniyati cheklangan bolalarga kitoblar sovg‘a qildi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qibray tumanidagi 42-maktab internatiga kitoblar va o‘quv qurollari sovg‘a qildi.

28 mart 2019, 11:50

O‘zbek olimasi Rahima Shirinova «Palmes Academique» ordeni bilan taqdirlandi

O‘zMU professori, «O‘zbekiston-Fransiya» do‘stlik jamiyatining ijrochi direktori Rahima Shirinova Fransiya hukumati tomonidan «Palmes Academique» ordeni bilan mukofotlandi.

28 mart 2019, 11:45

Angrenda fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Angren shahrida yashagan A.X. tan jarohatlari bilan uyiga kelib, vafot etgan holati yuzasidan aybdor topildi.

28 mart 2019, 11:39

Yevroparlament bir martalik plastik idishlarni taqiqladi

Yevroparlament 2021 yildan bir martalik plastik idishlarni ishlab chiqarish va sotishni taqiqladi.

28 mart 2019, 11:24

O‘zbekiston paralimpiyachilari maxsus sport protezlari bilan ta’minlanadi

Germaniyaning «OTTOBOCK» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar O‘zbekiston paralimpiyachilariga taqdim etildi.

28 mart 2019, 11:16

Buxoroda «Nasriddin Afandi» festivali o‘tkaziladi

Buxoroning tarixiy yerlarida o‘tkaziladigan «Nasriddin Afandi» festivalida taomlar festivali ham tashkillashtiriladi.

28 mart 2019, 11:08

Hindistonning IBC kompaniyasi O‘zbekiston bilan beshta yo‘nalishda hamkorlik qilmoqchi

«India Builders Corporation» kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganganish niyatida tashrif buyurdi.

28 mart 2019, 10:58

Moliya institutida Malayziya universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet tashkil etildi

Toshkent moliya institutida Malayziyaning Bayneriy universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet tashkil etildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting