Yangiliklar

26 aprel 2019, 15:37

Boks. Bahodir Jalolov Osiyo chempioni bo‘ldi

Bangkokda o‘tkazilgan Osiyo chempionatining so‘nggi bahsida o‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov oltin medal sohibi bo‘ldi.

26 aprel 2019, 15:18

Shavkat Mirziyoyev BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi.

26 aprel 2019, 15:15

Boks. Sanjar Tursunov Osiyo chempionati finalida yutqazib qo‘ydi

Bangkokda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sanjar Tursunov finalda koreyalik raqibiga mag‘lub bo‘ldi.

26 aprel 2019, 14:24

Yakkabog‘da ona aliment to‘ladi

Yakkabog‘da turmushdan ajralib, 3 bolasini eriga tashlab chet elga ishlagani ketgan ayoldan uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirildi.

26 aprel 2019, 14:17

Boks. Bobo Usmon Boturov Osiyo chempionatidagi uchinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Bangkokda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 69 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Bobo Usmon Boturov chempion bo‘ldi.

26 aprel 2019, 14:11

Yakkasaroy tuman hokimligiga xalqaro sifat sertifikati topshirildi

O‘zbekiston hokimliklari orasida birinchi bo‘lib Yakkasaroy tuman hokimligiga xalqaro sifat standarti tatbiq etilganini tasdiqlovchi xalqaro setifikat topshirildi.

26 aprel 2019, 12:43

Shavkat Mirziyoyev Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu bilan uchrashdi.

26 aprel 2019, 12:22

G‘allaorol tumanida seldan aziyat chekkanlarga yordam berildi

G‘allaorol tumanida seldan aziyat chekkan 21 ta xonadonga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

26 aprel 2019, 12:08

«GM Uzbekistan» avtomobillari mahalliy shinalar bilan butlanadi

Hukumat tomonidan «Birinchi rezinotexnika zavodi» MCHJ yagona yetkazib beruvchi sifatida tan olindi.

26 aprel 2019, 12:01

Boks. Mirazizbek Mirzaxalilov Osiyo chempioni bo‘ldi

Bangkokda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida Mirazizbek Mirzaxalilov oltin medal sohibi bo‘ldi.

26 aprel 2019, 11:54

Mastlik oqibatidagi janjal bir-birini pichoqlash bilan yakunlandi

O‘rtachirchiq tumanida ikki fuqaroning mast holda o‘zaro janjal tufayli bir-biriga pichoq bilan tan jarohati yetkazishi natijasida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

26 aprel 2019, 11:35

Boks. Nodirjon Mirzahmedov Osiyo chempioni bo‘ldi

Bangkokda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida Nodirjon Mirzahmedov birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

26 aprel 2019, 11:05

«Chirchiq» poligonida qo‘shinlar jangovar shayligi tekshirildi

«Chirchiq» poligonida razvedka va boshqa muhim ma’lumotlarni tezkor almashish bo‘yicha qo‘shinlar jangovar shayligi tekshirildi.

26 aprel 2019, 10:49

Sifatsiz mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringi yuritiladi

Hukumat qarori bilan atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi tasdiqlandi.

26 aprel 2019, 10:41

«Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumi boshlandi

Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumi rasman ochildi.

26 aprel 2019, 07:53

Toshkentda sovuq suv tariflari oshirildi

24-apreldan Toshkent aholisi uchun sovuq suv tariflari oshirildi. “Suvsoz” korxonasi bu haqda 25-aprel kuni ma’lum qildi.

25 aprel 2019, 22:25

O‘zbekistonda Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot institutining filiallari ochiladi

Toshkent va Samarqandda Pyotr Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot institutining filiallari ochiladi.

25 aprel 2019, 22:06

Chiqindilarni saralab topshirganlar rag‘batlantiriladi

Qattiq maishiy chiqindilarni saralab topshirganlarga loyiha hamkorlarining savdo shoxobchalarida sarflash mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari taqdim etiladi.

25 aprel 2019, 20:58

«Lukoyl» O‘zbekistondagi loyihalarga 2 mlrd dollarlik sarmoya kiritadi

Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalarga 2 mlrd dollarlik sarmoya kiritmoqda. Mablag‘lar Janubiy Hisor va Qandim guruhi konlariga yo‘naltiriladi.

25 aprel 2019, 19:13 1

Bepul huquqiy maslahat beruvchi portal ish boshladi

Bepul huquqiy maslahat berishga mo‘ljallangan www.advice.uz portali orqali turli sohalardagi qonunchilik haqida ma’lumot olish mumkin.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting