Yangiliklar

25 sentabr 2020, 16:18

Pandemiya davrida tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish tartibi o‘zgardi

Pandemiya davrida tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi. Xususan, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foizlik kunlik qo‘shimcha to‘lov bekor qilindi. Xodimlarga pul mablag‘lari bank kartalariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

25 sentabr 2020, 14:55 1

Elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish tezlashtiriladi

Prezident qarori bilan O‘zbekistonning barcha hududlarida tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni 2021 yil 1 avgustga qadar yakuniga yetkazish topshirildi. Uskunalar «Texnopark» kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi.

25 sentabr 2020, 14:11

Shuhrat G‘aniyev bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Avvalroq uning boshqa ishga o‘tishi kutilayotgani, o‘rniga esa Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov tayinlanishi xabar qilingan edi.

25 sentabr 2020, 13:54

Sentyabrning oxirgi kunlarida havo salqin bo‘ladi

Dam olish kunlari sovuq antitsiklon tufayli harorat iqlim me’yoridan 3−4 darajaga pasayishi kutilmoqda. Keyingi haftaning birinchi yarmida butun respublika hududi ushbu sovuq antitsiklon ta’sirida bo‘ladi, bulutlilik ortadi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.

25 sentabr 2020, 13:40 1

Abituriyentlarning imtihon natijalari bugun e’lon qilinadi

Abituriyentlarning imtihon natijalari 25 sentyabr kuni soat 15:00 da DTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. Avvalroq DTM natijalar allaqachon aniq ekani, faqat bu yil ko‘plab yoshlarga imtiyozlar berilganligi sababli, ularni qo‘shib chiqish ishlari yakunlanayotganligi haqida xabar bergan edi.

25 sentabr 2020, 12:50

Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Ekologiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyatiga hokim etib tayinlandi. Viloyatning avvalgi rahbari Xayrulla Bozorovning Farg‘ona viloyatiga hokim etib tayinlanishi, Shuhrat G‘aniyevning boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda.

25 sentabr 2020, 12:32

Rossiya O‘zbekistonga 35 million doza koronavirusga qarshi vaksina yetkazib beradi

Rossiya O‘zbekistonga 2020 yilda 10 million doza, 2021 yilda 25 million dona koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishi kutilmoqda. Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RTIJ) va Laxisam farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasini yuborishga kelishuvga erishdi.

25 sentabr 2020, 09:30

«Hududgazta’minot» Andijonda gaz hisoblagich portlaganiga izoh berdi

Andijondagi xonadonlardan birida «Texnopark» kompaniyasining aqlli gaz hisoblagichi portladi. «Hududgazta’minot» portlashga hisoblagich ichida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

24 sentabr 2020, 23:47

O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 54 mingtaga yaqinlashdi

O‘zbekiston aniqlangan koronavirus holatlari soni 54 mingtaga yaqinlashgan bo‘lsa, kasallikdan sog‘ayganlar soni 50,4 mingdan oshdi.

24 sentabr 2020, 23:26

Qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash tizimi joriy etiladi

Prezident o‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda qonun hujjatlarini tartibga solish ta’sirini baholash tizimi joriy etiladi. Adliya vazirligida Tartibga solish ta’sirini baholash boshqarmasi tashkil etildi.

24 sentabr 2020, 21:54

Tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlarni tabaqalashtirish rejalashtirilmoqda

Prezident tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan imtiyozlarni tabaqalashtirish kerakligini ta’kidladi. Yig‘ilishda o‘rta biznes toifasiga kirishi mumkin bo‘lgan korxonani aniqlab, Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan maqsadli mablag‘lar ajratish, mahsulotini sertifikatlash, ilm va innovatsiya xarajatlarini qisman qoplab berish kabi choralar orqali ularga ko‘maklashish muhimligi aytildi.

24 sentabr 2020, 20:58

Rostovdagi chodirli lagerda vafot etgan fuqaro yuzasidan ma’lumot berildi

Rossiya ommaviy axborot vositalari Kamensk-Shaxtinskdagi migrantlar uchun mo‘ljallangan chodirli lagerda 33 yoshli o‘zbekistonlikning vafot etgani haqida ma’lum qildi. Unga bir tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Tashqi ishlar vazirligi o‘limni tasdiqladi, ammo fuqaroning lagerda yashaganini rad etdi.

24 sentabr 2020, 20:04

«Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz» — prezident

«Qoniqarsiz» hamda «o‘rta» deb baholangan tuman va shaharlarda inqirozga qarshi boshqaruv tizimi joriy etiladi. Bunda ularga rahbarlik qilish istagini bildirgan har qanday talabgor hududni rivojlantirish dasturini mahalliy kengashlarda himoya qilishi mumkin. Xalq vakillarini ishontira olgan salohiyatli kishilar butun jamoasi bilan tumanga rahbar etib tayinlanadi. «Hokimlarni xalq saylashi kerak. Shu kunlarga baribir kelamiz», — deya ta’kidladi prezident.

24 sentabr 2020, 19:48

Jahon yangiliklari dayjesti

Yana bir arab davlatining Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashi, koronavirusning odam miyasiga salbiy ta’siri, Donald Trampning hokimiyatni topshirish to‘g‘risidagi fikri va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

24 sentabr 2020, 19:33

Minsk: inauguratsiya va norozilik namoyishlari

Slovakiya, Litva va Germaniya Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasini tan olmasliklarini e’lon qilgan birinchi Yevropa davlatlari bo‘ldi. Inauguratsiya yakunlangach, Minskda va bir qator shaharlarda darhol norozilik namoyishlari boshlandi.

24 sentabr 2020, 19:13

Xorijliklar uchun Rossiyada qolish muddati yana uzaytirildi

Pandemiya sababli horijliklar va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslar uchun mamlakatda qolish muddati 15 dekabrgacha uzaytirildi. O‘zbekiston elchixonasi RFda noqonuniy yashab kelayotgan fuqarolarni mamlakatda bo‘lib turishlarini qonuniylashtirishga va ishlash uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirishga chaqirdi.

24 sentabr 2020, 18:38

IIV mashinalar jarima maydonchasida noqonuniy ushlab turganini yashirmoqchi — deputatlar

Deputat Doniyor G‘aniyev Ichki ishlar vazirligi epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari buzilgan taqdirda avtomobillarni vaqtincha ushlab turishga ruxsat berish taklifi ilgari surilgan qonun loyihasini taqdim etganini ma’lum qildi. Parlament a’zosi IIV bu orqali karantin paytida avtomobillarni jarima maydonchalariga joylashtirish noqonuniy ekanligini tan olganini taxmin qildi. YHXBB ma’lumotlariga ko‘ra, karantin qoidalari buzilgani uchun eng kamida 155,8 mingta avtomobil jarima maydonchalariga joylashtirilgan.

24 sentabr 2020, 15:43

«Ta’lim to‘g‘risida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi

Prezident «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunga imzo chekdi. Mazkur qonun bilan 1997 yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida"gi hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida"gi qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.

24 sentabr 2020, 13:16

Qozog‘istonning to‘rtta hududida parranda grippi tarqaldi

Qozog‘istonning to‘rtta hududida parranda grippi tarqalayotgani rasman tasdiqlandi. Infeksiya umumiy suv havzalari orqali tarqalgan bo‘lib, fabrikalarda va shaxsiy tomorqalarda hammasi bo‘lib 54 ming parranda nobud bo‘lgan.

24 sentabr 2020, 12:27

IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish o‘zbekistonliklarga 13 mln dollarga tushdi

Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini pulli ro‘yxatga olishdan, hisob-kitoblarga ko‘ra, 135,5 mlrd so‘m to‘plandi. Jami bo‘lib 47 milliondan ziyod kod ro‘yxatga olingan. AKT vazirligi mobil qurilmalarning rasmiy importi hajmi bir necha barobarga o‘sganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting