9 iyul, payshanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

5 aprel 2019, 21:19

Fermer xo‘jaliklari kengashiga a’zolik majburiy etib belgilandi

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zolik majburiy etib belgilandi. A’zolikdan chiqishda yerga egalik yoki yer uchastkasidan foydalanish huquqi bekor qilinadi.

5 aprel 2019, 21:09

O‘zbekiston TIV rahbari MDH tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida qatnashdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etdi.

5 aprel 2019, 20:33

Jahon banki O‘zbekiston YAIM o‘sish prognozini 5,3 foizgacha oshirdi

Jahon banki 2019 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi bo‘yicha prognozini 5,3 foizgacha oshirdi, inflyatsiyaning 14,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

5 aprel 2019, 19:45

Rafiqasini rashk qilgan jizzaxlik kishi qotillikka qo‘l urdi

Sharof Rashidov tumanida yashovchi T.M. fuqaro Sh. A.dan xotinini rashk qilib unga pichoq urgan holda o‘limiga sababchi bo‘ldi.

5 aprel 2019, 19:34

Sirdaryo viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Anvar Karimov Sirdaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

5 aprel 2019, 18:19

Andijonda yuz bergan avtohalokatda ikki kishi halok bo‘ldi

Asaka tumanida «Lasetti» va «Moskvich» to‘qnashuvi natijasida ikki kishi vafot etdi.

5 aprel 2019, 18:16

Umid Ahmadjonov OFK kongressida ishtirok etadi

Kuala-Lumpurda o‘tkaziladigan, OFKning yangi rahbari saylanadigan kongressda Umid Ahmadjonov ham qatnashadi.

5 aprel 2019, 18:08

Samarqand ko‘chalarida yo‘l posbonlari paydo bo‘ldi

Samarqandda YHXX xodimlariga jamoatchilik asosida ko‘maklashuvchi yo‘l posbonlari xizmat faoliyatini boshladi.

5 aprel 2019, 17:46

Agrar sektor qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlanadi

Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

5 aprel 2019, 17:19

Toshkentda YPX xodimini mashina urib yubordi

Toshkentning Yashnobod tumanida Spark haydovchisi yo‘l-patrul xizmati inspektorini urib yubordi. Andijon viloyatida ham YTH sodir bo‘ldi, unda ikki kishi halok bo‘ldi.

5 aprel 2019, 17:10

Taksi bozorining qonuniylashtirilishi YAIMni eng kamida 0,1 foizga oshiradi — Mubin Mirzayev

DSQ raisi o‘rinbosari Mubin Mirzayev taksi bozorining qonuniylashtirilishi O‘zbekiston YAIMning eng kamida 0,1 foizga o‘sishiga olib kelishini ma’lum qildi.

5 aprel 2019, 16:46

Xalq banki boshqaruvining raisi tayinlandi

Murodilla Eshmatov Xalq banki boshqaruvining raisi etib tayinlandi.

5 aprel 2019, 14:03

Nukusda O‘zbekistonda birinchi reabilitatsion bolalar bog‘chasi ochildi (+foto)

Nukusda O‘zbekistonda birinchi 150 o‘rinli reabilitatsion maktabgacha ta’lim muassasasi ochildi. U haftasiga besh kun sutka davomida bepul ishlaydi va ikki yoshdan bolalarni qabul qiladi.

5 aprel 2019, 13:35

Uyali aloqa kompaniyasini portlatib yuborish bilan tahdid qilgan fuqaro qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida uyali aloqa operatoriga qo‘ng‘iroq qilib, kompaniyani portlatib yuborish bilan tahdid qilgan fuqaro qo‘lga olindi.

5 aprel 2019, 13:02

O‘zbekiston va Turkmaniston tovar aylanmasi hajmini 70 foizga oshirdi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi o‘tgan yili 302 mln dollarga oshib, avvalgi yilga nisbatan 70 foizga ko‘paydi.

5 aprel 2019, 12:43

Sutka davomida respublika hududida favqulodda vaziyat qayd etilmadi — FVV

Respublikaning to‘rt viloyatida ko‘p miqdorda yomg‘ir natijasida odamlarning tomorqasiga suv kirishi holati kuzatilgan bo‘lsa-da, favqulodda vaziyat qayd etilmadi.

5 aprel 2019, 12:32

Shayxontohur tuman hokimi va yetti nafar DSI rahbarlari ishdan olindi

Byudjetga soliqlarning tushishi bilan bog‘liq prognozlar bajarilmagani sababli prezident Shayxontohur tumani hokimini vazifasidan ozod qildi.

5 aprel 2019, 11:35

Yer kodeksiga yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishiga oid o‘zgartirishlar kiritildi

Prezident imzolagan qonun bilan Yer kodeksiga yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishiga oid bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi.

5 aprel 2019, 00:56

O‘zbekiston MTJ FIFA reytingida 4 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 85-o‘rindan joy oldi.

5 aprel 2019, 00:48

7 apreldan Toshkentda mototuristik mavsum boshlanadi

«Toshkent bo‘ylab 21 km» xayriya aksiyasi mototuristik mavsumni ochib beradi.