2 aprel, payshanba

Yangiliklar

O‘zbekistonda kasbiy malakani rivojlantirish milliy tizimi joriy etiladi 

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi joriy etiladi.

Yuridik kollejlarga 2019- 2020 o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi 

Adliya vazirligi tasarrufidagi yuridik kollejlarga 2019−2020 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi.

Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar saylandi 

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari sifatida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonov MOQning yangi prezidenti etib saylandi.

O‘zbekiston XXI yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish uchun da’vogar 

O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Xalqaro tashkilotlar huquq himoyachilarni kuzatishni to‘xtatishga chaqirdi 

Xalqaro tashkilotlar avvalroq uzoq muddatli qamoqdan ozod qilingan huquq himoyachilari Agzam Turg‘unov va Dilmurod Saidovni kuzatishni to‘xtatishga chaqirdi.

Butun Navoiy viloyati erkin iqtisodiy zona deb e’lon qilindi 

Navoiy viloyati hududi 2030 yil 1 yanvarga qadar erkin iqtisodiy zona sifatida belgilandi.

Shavkat Mirziyoyev «LUKOYL» kompaniyasi rahbarini qabul qildi 

Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston nefti va gazi» xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonga kelgan «LUKOYL» kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperovni qabul qildi.

Soxta ko‘rshapalak uyasini sotgan shaxsga hukm o‘qildi 

Farg‘onada ko‘rshapalak uyasini saraton kasaliga davo deb, 15 ming 300 dollarga sotgan shaxsga 6 yilu olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Bosh prokuratura kvartirasini dollarda sotgan fuqaroning ushlanganini rad etdi 

Bosh prokuratura kvartirasini dollarda sotayotgan fuqaroning ushlangani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi.

O‘zbekiston armiyasida birinchi ratsionalizatorlik ishlari festivali o‘tkaziladi 

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari faoliyatiga zamonaviy ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalarini kiritish maqsadida festival o‘tkaziladi.

Ishchi kasblari bo‘yicha dastlabki milliy chempionat o‘tkaziladi 

Hukumat qarori bilan kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi joriy etildi.

Navoiyda qo‘shnisini 24 million so‘mga tushirgan shaxsga sud hukmi o‘qildi 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sayyor sud majlisida qo‘shnisini 24 million so‘mga tushirgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.