Yangiliklar

23 noyabr 2021, 10:02

O‘zbekistonda tabiiy ofatlardan har yili 1,4 million kishi aziyat chekadi

O‘zbekistonda har yili tabiiy ofatlar o‘rtacha 1,4 million kishilar hayotiga ta’sir o‘tkazadi. Natijada yetkazilgan zarar yiliga qariyb 3 mlrd dollarni tashkil etadi. Prognozlarga ko‘ra, yirik suv toshqini mamlakat YAIMning taxminan 5 foiziga zarar yetkazishi mumkin.

23 noyabr 2021, 09:29

SSV muassasalarini loyihalashtirishga turkiyalik mutaxassis rahbarlik qiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligining «O‘ztibloyiha» loyiha tashkilotiga turkiyalik mutaxassis Guray Kaymak rahbarlik qiladi. U poytaxtdagi sobiq Intercontinental mehmonxonasi binosi va O‘zbekistondagi boshqa obyektlarni loyihalashtirishda ishtirok etgan.

23 noyabr 2021, 08:43

Hukumat poytaxt bosh rejasini 2023 yilgacha ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Hukumat Toshkent hokimligiga 2022 yil oxirigacha shahar bosh rejasini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi. Poytaxt bosh rejasini ishlab chiqishni yakunlash muddati bugungi kungacha bir necha bor ortga surilgan.

23 noyabr 2021, 08:35

«Daraxt ekish oson narsa, lekin daraxtni chopmaslik biz uchun qiyin ekan» — Botir Qobilov 200 mln tup daraxt ekilishi haqida

Iqtisodchi Botir Qobilov yiliga 200 mln tup daraxt ekilishi tashabbusi haqida fikr bildirib, mazkur vazifaning ijrosiga ozgina shubhasi borligini ta’kidladi. «Eng muhimi, ekilgan daraxtning „mevasi“ 15−20 yil ichida kelmaydi. Balki 200 mln tup emas, 10 mln tupning o‘zi yetarlidir», — dedi u.

22 noyabr 2021, 23:13

Jahon yangiliklari dayjesti

2022 yil mart oyining o‘zida Yevropada koronavirusdan 500 ming kishining vafot etishi mumkinligi, Viskonsindagi parad paytida avtomobil odamlarni bosib ketgani, Niderlandiyadagi tartibsizliklar chog‘ida 100 dan ortiq kishining qo‘lga olingani, Pfizer va BioNTech kompaniyalari bolalar uchun vaksinalar samarasi 100 foiz ekanini qayd etgani, Qozog‘istonda suv ombori to‘g‘onining yorilib ketgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

22 noyabr 2021, 22:05

22 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Koronavirusga qarshi qo‘shimcha doza bilan emlashga ruxsat berilishi, Zoyir Mirzayev videoselektor tarzida ilk “hokimlik soati"ni o‘tkazishi, Shavkat Mirziyoyev energetika sohasida DXSH loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishi — “Gazeta.uz"ning 22 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

22 noyabr 2021, 21:23

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaga 7800 dan ortiq tovarlarni boj to‘lovisiz eksport qilish huquqini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning kengaytirilgan GSP tizimi benefitsiari maqomini oldi. Shuningdek, ushbu tizim O‘zbekistonga umumiy qiymati 437 mlrd funt sterlingdan (taxminan 585,5 mlrd dollar) ortiq iste’mol va chakana savdo bozoriga kirish imkoniyatini yaratadi.

22 noyabr 2021, 19:23

Kreml Turkiya prezidentining turk dunyosi xaritasi bilan tushgan rasmiga munosabat bildirdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdog‘anning unga sovg‘a qilingan Turk dunyosi xaritasi bilan tushgan rasmi bo‘yicha munosabat bildirib, Kreml bu xaritada «uning markazi Rossiyada, Oltoyda joylashganini anglatuvchi qizil yulduz yo‘qligidan afsusda» ekanini ta’kidladi.

22 noyabr 2021, 19:13

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sib bormoqda

Yanvar-oktabr holatiga O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘n oylik davrda 7,8 mlrd dollarlik passiv tashqi savdo balansi kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga oshganiga qaramay, 2019 yildagi ko‘rsatkichga (34,3 mlrd dollar) yetib kelganicha yo‘q.

22 noyabr 2021, 18:21

2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming mVtga yetkazish zarur — prezident

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvati 8 ming megavattga yetkaziladi. Shuningdek, “yirik sanoat korxonalari ham o‘z energiya ta’minoti bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratish kerak”.

22 noyabr 2021, 17:39

2022 yilda «snos"lar tufayli yetkazilgan zararlarni qoplash uchun 500 mlrd so‘m ajratiladi

2022 yilda «snos"lar tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida davlat budjetidan 500 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

22 noyabr 2021, 17:26 1

“Hokim buva, svetni yoqing, biz sovqotyapmiz”. Uyida chiroq o‘chgan qashqadaryolik bola mas’ullarga murojaat yo‘lladi

Yakkabog‘ tumanida yashovchi 5 yoshli bola uyida chiroq soatlab o‘chayotgani bois mas’ullarga murojaat yo‘lladi. Qashqadaryo “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bir qator hududlarda “ta'mirlash ishlari olib borilishi sabab elektr ta’minotida uzilish bo‘lishini” ma’lum qilmoqda.

22 noyabr 2021, 16:36

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mlndan oshdi

O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mln nafardan ko‘proqni tashkil etmoqda. Shundan qariyb 3 mln nafari yoshga doir pensiya oluvchilar hisobiga to‘g‘ri keladi.

22 noyabr 2021, 16:17

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,70 so‘mga ko‘tarilib, 10 756,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa pasaydi.

22 noyabr 2021, 15:47

O‘zbekistonlik karatechi ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Doston Otabolayev karate WKF bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi. U Dubaydagi jahon chempionati finalida misrlik Abdulla Abdulazizni mag‘lub etdi (video).

22 noyabr 2021, 15:35

«Menga „hurmatli“ deya murojaat qilmanglar». Zoyir Mirzayev ilk «hokimlik soati»ni o‘tkazdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev videoselektor tarzida ilk «hokimlik soati»ni o‘tkazdi. U yig‘ilishda o‘ziga „hurmatli“ deb murojaat qilmasliklarini» aytib o‘tdi. Shuningdek hokim fuqarolarni qabul qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari Zoyir Mirzayev «fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladigan Telegram-bot tashkil etilishini» ta’kidladi.

22 noyabr 2021, 14:50

Avtomobil tashuvlaridagi ma’muriy bayonnomalar planshetlar orqali rasmiylashtiriladi

Transport vazirligi inspektorlari endilikda avtomobil tashuvlari sohasida huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni aniqlash, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni rasmiylashtirish uchun planshetlardan foydalanadi. Dastlabki bosqichda Toshkent shahar va Toshkent viloyatida yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

22 noyabr 2021, 13:25

Davlat imtihonidan yiqilgan talaba har o‘quv yilida imtihonni 2 martagacha qayta topshirishi mumkin

Endi OTM talabalari davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi. Ular tomonidan qayta topshirish to‘g‘risidagi arizalar yig‘ilishiga qarab bir o‘quv yilida (3 yil davomida) ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshira oladi.

22 noyabr 2021, 12:59

Qashqadaryoda bayroq o‘rnatilishi yana to‘xtatildi, mablag‘lar yo‘llar ta’miriga yo‘naltiriladi

Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashi ulkan bayroq uchun 300 mln so‘m ajratish bo‘yicha qaror chiqardi. Keyinroq viloyat hokimi bunga e’tibor qaratib, shahar hokimi bilan kelishgan holda bayroq ustunini qurishni bekor qildi. Mablag‘lar yo‘l ta’miriga va kommunal sohalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladigan bo‘ldi. Aprel oyida ham viloyatning sobiq hokimi Zoyir Mirzayev 1 mlrd 350 mln so‘mlik bayroq qurilishini to‘xtatgan edi.

22 noyabr 2021, 12:35

Senatorlar o‘zlari ma’qullagan qonunni eslay olishmadi

Senator Narimon Umarov matbuot anjumanida “Davlat tili to‘g‘risida"gi qonunning yangi tahriri Senatga kiritilmaganini aytdi. Vaholanki, qonun iyun oyi oxirida Senat yalpi majlisida ma’qullangan edi. Mazkur holatga boshqa hech kim izoh bermadi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting