Yangiliklar

23 noyabr 2021, 13:06

O‘zbekistonliklarga kriptovalyutalarni birjalarda sotib olishga ruxsat berildi

O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha turdagi operatsiyalarni milliy valyutada (so‘mda) amalga oshirish huquqiga ega bo‘ldi. Biroq, norezidentlarga kriptoaktivlarni faqat xorijiy valyutaga sotish mumkin. Shuningdek mulkiy ta’minotga ega tokenlar emissiyasiga ham ruxsat berildi.

23 noyabr 2021, 12:57

Andijonda tuman elektr tarmoqlari buxgalteri bloger ayolni kaltaklagani aytilmoqda (to‘ldirildi)

Andijonlik bloger Fatima Jo‘rayeva Ulug‘nor tumani elektr tarmoqlari buxgalteri tomonidan kaltaklanganini ta’kidlamoqda. Bunga fermerlarga sun’iy ravishda qarzdorlik yozilgani bo‘yicha izoh so‘ragani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi. Tekshiruv harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olindi. Andijon tuman elektr tarmoqlari korxonasi esa ayolning kaltaklanganini rad etib, voqea joyidan olingan yozuvni taqdim etdi.

23 noyabr 2021, 12:26

«Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» kampaniyasi e’lon qilindi

25 noyabrdan O‘zbekistonda «Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar» kampaniyasi boshlanadi. Kampaniya boshlanishini e’lon qilgan Senat raisi Tanzila Narbayeva zo‘ravonlikka qarshi kurashda «uzoq va mashaqqatli ishlar» turganini va unda «har birimizning ishtirokimiz muhim» ekanligini ta’kidladi.

23 noyabr 2021, 11:22

Prezident «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi»ni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident «2022−2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturini ishlab chiqish» bo‘yicha topshiriq berdi. Unda davlat boshqaruvi tizimi va mahalliy davlat hokimiyati organlarini «aholining farovonligini ta’minlash samaradorligi»ga e’tibor qaratish hamda «mobil boshqaruv apparati»ni yaratish orqali ularning samaradorligini oshirish maqsad qilingan.

23 noyabr 2021, 11:00

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosi aniqlandi

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek va Bektemir tumanlaridagi dorixonalarda tegishli hujjatlari bo‘lmagan kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen” va “Zardeks” dorilarining noqonuniy savdosi to‘xtatildi.

23 noyabr 2021, 10:33

Toshkent metropolitenida FacePay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent metropolitenining “Buyuk Ipak yo‘li” bekatida FacePay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda. Uning yordamida yo‘lovchi shunchaki validatorga qarab yo‘l haqi uchun to‘lov qilishi mumkin.

23 noyabr 2021, 10:32

Toshkentda Prezident kutubxonasi quriladi

Poytaxtning Adiblar xiyoboni yonida Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi quriladi. Muzey bilan birga ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, maktab va yotoqxona ham tashkil etiladi. Milliy bog‘ yaqinida Prezident kutubxonasi qurilishi ham rejalashtirilmoqda. U 4 qavatli bo‘lishi, bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod o‘quvchiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

23 noyabr 2021, 10:08

Feruza Babasheva deputatlik daxlsizligidan mahrum qilindi

O‘rtachirchiq tuman Xalq deputatlari Kengashi yopiq majlisda prokuror taqdimnomasiga ko‘ra deputat Feruza Babashevani daxlsizlik huquqidan mahrum qildi. Deputat “Agrobank” boshqarma boshlig‘ining talabiga binoan sudda javobgar sifatida ishtirok etadi.

23 noyabr 2021, 10:02

O‘zbekistonda tabiiy ofatlardan har yili 1,4 million kishi aziyat chekadi

O‘zbekistonda har yili tabiiy ofatlar o‘rtacha 1,4 million kishilar hayotiga ta’sir o‘tkazadi. Natijada yetkazilgan zarar yiliga qariyb 3 mlrd dollarni tashkil etadi. Prognozlarga ko‘ra, yirik suv toshqini mamlakat YAIMning taxminan 5 foiziga zarar yetkazishi mumkin.

23 noyabr 2021, 09:29

SSV muassasalarini loyihalashtirishga turkiyalik mutaxassis rahbarlik qiladi

Sog‘liqni saqlash vazirligining «O‘ztibloyiha» loyiha tashkilotiga turkiyalik mutaxassis Guray Kaymak rahbarlik qiladi. U poytaxtdagi sobiq Intercontinental mehmonxonasi binosi va O‘zbekistondagi boshqa obyektlarni loyihalashtirishda ishtirok etgan.

23 noyabr 2021, 08:43

Hukumat poytaxt bosh rejasini 2023 yilgacha ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi

Hukumat Toshkent hokimligiga 2022 yil oxirigacha shahar bosh rejasini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq berdi. Poytaxt bosh rejasini ishlab chiqishni yakunlash muddati bugungi kungacha bir necha bor ortga surilgan.

23 noyabr 2021, 08:35

«Daraxt ekish oson narsa, lekin daraxtni chopmaslik biz uchun qiyin ekan» — Botir Qobilov 200 mln tup daraxt ekilishi haqida

Iqtisodchi Botir Qobilov yiliga 200 mln tup daraxt ekilishi tashabbusi haqida fikr bildirib, mazkur vazifaning ijrosiga ozgina shubhasi borligini ta’kidladi. «Eng muhimi, ekilgan daraxtning „mevasi“ 15−20 yil ichida kelmaydi. Balki 200 mln tup emas, 10 mln tupning o‘zi yetarlidir», — dedi u.

22 noyabr 2021, 23:13

Jahon yangiliklari dayjesti

2022 yil mart oyining o‘zida Yevropada koronavirusdan 500 ming kishining vafot etishi mumkinligi, Viskonsindagi parad paytida avtomobil odamlarni bosib ketgani, Niderlandiyadagi tartibsizliklar chog‘ida 100 dan ortiq kishining qo‘lga olingani, Pfizer va BioNTech kompaniyalari bolalar uchun vaksinalar samarasi 100 foiz ekanini qayd etgani, Qozog‘istonda suv ombori to‘g‘onining yorilib ketgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

22 noyabr 2021, 22:05

22 noyabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Koronavirusga qarshi qo‘shimcha doza bilan emlashga ruxsat berilishi, Zoyir Mirzayev videoselektor tarzida ilk “hokimlik soati"ni o‘tkazishi, Shavkat Mirziyoyev energetika sohasida DXSH loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishi — “Gazeta.uz"ning 22 noyabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

22 noyabr 2021, 21:23

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaga 7800 dan ortiq tovarlarni boj to‘lovisiz eksport qilish huquqini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning kengaytirilgan GSP tizimi benefitsiari maqomini oldi. Shuningdek, ushbu tizim O‘zbekistonga umumiy qiymati 437 mlrd funt sterlingdan (taxminan 585,5 mlrd dollar) ortiq iste’mol va chakana savdo bozoriga kirish imkoniyatini yaratadi.

22 noyabr 2021, 19:23

Kreml Turkiya prezidentining turk dunyosi xaritasi bilan tushgan rasmiga munosabat bildirdi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdog‘anning unga sovg‘a qilingan Turk dunyosi xaritasi bilan tushgan rasmi bo‘yicha munosabat bildirib, Kreml bu xaritada «uning markazi Rossiyada, Oltoyda joylashganini anglatuvchi qizil yulduz yo‘qligidan afsusda» ekanini ta’kidladi.

22 noyabr 2021, 19:13

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarga yetdi. Passiv balans o‘sib bormoqda

Yanvar-oktabr holatiga O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘n oylik davrda 7,8 mlrd dollarlik passiv tashqi savdo balansi kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga oshganiga qaramay, 2019 yildagi ko‘rsatkichga (34,3 mlrd dollar) yetib kelganicha yo‘q.

22 noyabr 2021, 18:21

2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvatini 8 ming mVtga yetkazish zarur — prezident

Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026 yilga qadar quyosh va shamol elektr stansiyalari umumiy quvvati 8 ming megavattga yetkaziladi. Shuningdek, “yirik sanoat korxonalari ham o‘z energiya ta’minoti bo‘yicha qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkil etishi uchun zarur sharoitlar yaratish kerak”.

22 noyabr 2021, 17:39

2022 yilda «snos"lar tufayli yetkazilgan zararlarni qoplash uchun 500 mlrd so‘m ajratiladi

2022 yilda «snos"lar tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida davlat budjetidan 500 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

22 noyabr 2021, 17:26 1

“Hokim buva, svetni yoqing, biz sovqotyapmiz”. Uyida chiroq o‘chgan qashqadaryolik bola mas’ullarga murojaat yo‘lladi

Yakkabog‘ tumanida yashovchi 5 yoshli bola uyida chiroq soatlab o‘chayotgani bois mas’ullarga murojaat yo‘lladi. Qashqadaryo “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bir qator hududlarda “ta'mirlash ishlari olib borilishi sabab elektr ta’minotida uzilish bo‘lishini” ma’lum qilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting