Yangiliklar

15 yanvar 2021, 15:16

Komil Allamjonov «Zakovat» teledasturi yopilmasligini ma’lum qildi

«Biz Saida Mirziyoyeva bilan ushbu loyihani o‘z otalig‘imizga oldik», — deya ma’lum kildi Komil Allamjonov efirdan olib tashlangan «Zakovat» teledasturi haqida.

15 yanvar 2021, 14:51

Dam olish kunlari issiq havo saqlanib turadi

Dam olish kunlari O‘zbekistonda iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati iqlim me’yoridan 10−12 darajaga yuqori bo‘ladi.

15 yanvar 2021, 14:20

Shavkat Mirziyoyev Senatning yangi binosini borib ko‘rdi

Prezident Senatning yangi binosini borib ko‘rdi. 6 qavatli eski bino tubdan rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha ob’ektlar qurilmoqda. Yangi binoda shuningdek, Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisini o‘tkazish uchun 280 o‘rinli zal ham tashkil etilyapti.

15 yanvar 2021, 13:40

Xalilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Kadastr agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisining o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi. Faoliyati davomida u prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari, Davlat xizmatlari agentligi direktori sifatida ham ish yuritgan.

15 yanvar 2021, 13:26

O‘zbekiston tarixida ikkinchi marotaba yosh xodimga general-mayor unvoni topshirildi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovga general-mayor unvoni topshirildi. U O‘zbekiston tarixida ushbu unvonni olgan ikkinchi eng yosh ichki ishlar organi xodimi ekanligi qayd etildi.

15 yanvar 2021, 13:15

Uzreport TV kanali tasvirchisiga qarshilik ko‘rsatilib, kamerasi sindirildi

Uzreport TV kanali ko‘rsatuvi suratga olinayotgan vaqtda, ikki nafar shaxs tasvirchiga hujum qilib, kamerani sindirishganligi aytilmoqda. Chilonzor tumani sudining ish yuzasidan chiqargan qarorida ushbu holat qayd etilmay, tasvirchi va fuqarolar orasida janjal bo‘lib o‘tganligi aytilgan. Komil Allamjonov ushbu holatga munosabat bildirib, aybdorlar jazoga tortilishi shartligini ta’kidladi. «Qonun ustuvorligiga erishishimiz o‘z qo‘limizda», deydi u.

15 yanvar 2021, 13:01

O‘zbekistonda maktablarda 2−4-sinf o‘quvchilariga shaxmat o‘ynashni o‘rgatishga 20 mlrd so‘m ajratiladi

Prezident farmoni bilan barcha maktablarda 2−4 sinf o‘quvchilariga «Jismoniy madaniyat» darsida shaxmat saboqlari beriladi. Buning uchun 20 mlrd so‘m ajratiladi. Mamlakatda shaxmat o‘ynaydiganlar sonini 3 foizga, shaxmat to‘garaklari sonini 20 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Avvalroq dunyoning eng yosh xalqaro grossmeysterlaridan biri Javohir Sindorov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasini e’tiborsizlikda, shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlamaslikda ayblagan edi.

15 yanvar 2021, 12:22

Germaniyada COVID-19 yuqtirganlar soni 2 milliondan oshdi

Germaniyada so‘nggi 24 soat ichida 22 368 kishi koronavirus yuqtirgan bo‘lib, COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 2 milliondan oshdi. Germaniya hukumati uzoq muddatga mo‘ljallangan jiddiy karantin cheklovlarini e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

15 yanvar 2021, 12:10

Feruza Eshmatova Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) etib saylandi

O‘zbekiston yangi ombudsmani etib Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat yuritgan Feruza Eshmatova saylandi.

15 yanvar 2021, 11:25

Qirg‘izistonda COVID-19 dan vafot etish holatlari ancha ko‘proq — bosh vazir o‘rinbosari

Qirg‘iziston bosh vazir o‘rinbosari Elvira Surabaldiyevaning xabar berishicha, mamlakatda COVID-19 bo‘yicha o‘lim holatlari aslida Sog‘liqni saqlash vazirligi e’lon qilayotgan rasmiy sonlardan anchagina ko‘proq.

15 yanvar 2021, 11:09

Fazliddin Umarov Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va qo‘mita huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga Fazliddin Umarov tayinlandi.

15 yanvar 2021, 10:27

Nurafshon shahri hokimi tayinlandi

Sobiq Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Muzaffar Saliyev Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tayinlandi.

15 yanvar 2021, 09:58

Qayroqqum suv omborining yorilishi haqidagi yolg‘on mish-mishlar rad etildi

Sirdaryo aholisi orasida Tojikistonda Qayroqqum suv omborining yorilgani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Natijada odamlar uylarini tark etishga harakat qilgan. FVV ushbu yolg‘on mish-mishlarni rad etdi. Aholini tinchlantirish uchun viloyat hokimi bir qator tumanlarga tashrif buyurdi.

15 yanvar 2021, 09:45

Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi

Bektemir tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Jahongir Ibrohimov Yunusobod tumaniga hokim bo‘ldi.

15 yanvar 2021, 09:42

“Ералаш"ning badiiy rahbari Boris Grachevskiy vafot etdi

“Ералаш” bolalar kinojurnalining badiiy rahbari Boris Grachevskiy 71 yoshida koronavirusdan vafot etdi.

14 yanvar 2021, 21:45

Rahmonbek Usmonov transport vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Prezident Yunusobod tumani hokimi va Toshkent shahrining sobiq hokimi Rahmonbek Usmonovni transport vaziriga o‘rinbosar etib tayinladi.

14 yanvar 2021, 20:14

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyda sakkiz oy ichida birinchi marta koronavirus bilan kasallangan bemorning o‘limi, AQSHning Teslani 158 mingta avtomobilni qaytarib olishga chaqirgani, Hindistonda sigirlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun doirasida ilk bor shaxsning hibsga olinishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

14 yanvar 2021, 18:31

Nurafshon shahar hokimi vazifasidan ozod etildi

2019 yildan buyon Nurafshon shahar hokimi bo‘lgan Qahramon Hakimov o‘z lavozimidan bo‘shatildi.

14 yanvar 2021, 18:02

Makro vakili Carrefour’ning bayonotini «syupriz» deb atadi

Makro supermarketlar tarmog‘i boshqaruvchisi Roman Sayfulin Fransiyaning Carrefour savdo tarmog‘i Compass va Samarqand Darvoza’dagi Makro supermarketlari o‘rnida ochilishi haqidagi bayonotni kutilmagan «sovg‘a» bo‘ldi deb atadi.

14 yanvar 2021, 17:15

Trampga ikkinchi marotaba impichment e’lon qilindi

AQSH Vakillar palatasi AQSH hukumatiga qarshi «isyon qo‘zg‘atgani» uchun Donald Trampga impichment e’lon qildi. U AQSHning ikki marta impichment e’lon qilingan birinchi prezidentiga aylandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting