6 iyul, dushanba COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

10 iyul 2019, 19:34

Qoraqalpog‘istonda oxirgi 3 yilda sayyohlar soni 3 barobarga ko‘paydi

2016 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 6 ming 270 nafardan ortiq sayyohtashrif buyurgan bo‘lsa, 2019 yilning yanvar-iyun oylarida 8 ming 945 nafar sayyoh kelgan.

10 iyul 2019, 19:16

Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish uchun elektron auksion o‘tkaziladi

Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish uchun elektron auksion o‘tkazish tartibi belgilandi.

10 iyul 2019, 18:56

Qashqadaryoda o‘z opasining uyini o‘margan uka qamaldi

O‘z opasining uyidan pul o‘g‘irlagan shaxs ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

10 iyul 2019, 18:39

Jizzaxda YPX xodimini urgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyati IIB YXHB inspektorini pogonini yulib olib, uni urib, bo‘yin sohasi va chap yelka sohasiga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

10 iyul 2019, 18:12

Madaniyat va san’at sohasida DXSHni amalga oshirishga ko‘maklashiladi va moliyalashtiriladi

Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishga ko‘maklashish va moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

10 iyul 2019, 17:54

Milliy gvardiyaning qanday ishlarni ko‘rib chiqishi belgilandi

Jinoyat-protsessual kodeks va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda Milliy gvardiyaning vakolati belgilandi.

10 iyul 2019, 17:44

«Forish» poligonida ilk bor o‘tkaziladigan xalqaro «ArMI — 2019» o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

«Forish» poligonida O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan «Xalqaro armiya o‘yinlariga» tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

10 iyul 2019, 17:33

Ekologiya qo‘mitasi: Kosonsoydagi ko‘p asrlik chinor daraxtining shoxi qurib qolgani sababli kesilgan

Ekologiya qo‘mitasi Kosonsoy tumanidagi ko‘p asrlik chinor daraxtining shoxi qurib qolganligi hamda odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf solish ehtimoli mavjudligi sababli kesilganini bildirdi.

10 iyul 2019, 17:24

Notariat nodavlat tizimga o‘tadimi?

Adliya vazirligi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan notariuslar ishtirokida nodavlat tizimga o‘tish masalasi muhokama qilindi.

10 iyul 2019, 17:09

1381 ta AYOQSH tadbirkorlarga auksion orqali sotiladi

Prezident qarori bilan neft-gaz tarmog‘ini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika ishchi komissiyasi tuzildi.

10 iyul 2019, 16:46

O‘zbekistonda Tax Free tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda chet elliklar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i uchun to‘langan pullarni qaytarib berish tizimini (Tax Free) joriy etish rejalashtirilmoqda.

10 iyul 2019, 15:09

O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat guvohnomalari beriladi

1 sentyabrdan o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga mehnat guvohnomalarini berish boshlanadi. Ushbu guvohnomalar soliq imtiyozlaridan foydalanish, mehnat stajini hisoblash hamda kasbiy va tadbirkorlik kurslarida bepul o‘qish huquqini beradi.

10 iyul 2019, 13:33

Mahalliy avtomobillar narxlarining oshmasligi uchun nimalar qilinadi?

Mahalliy avtomobillar narxi qimmatlashmasligi uchun mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni aksiz soliqlari va avtotransport yig‘imlaridan ozod qilish rejalashtirilmoqda.

10 iyul 2019, 11:59

Toshkent shahrida 1-sinfga qabul bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga XTV tomonidan javob berildi

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Toshkent shahrida 1-sinfga qabul bo‘yicha ko‘p beriladigan savollarga javob berildi.

10 iyul 2019, 11:33

Samarqandda I MDH turistik yarmarkasi boshlandi

Samarqandda birinchi an’anaviy Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi turistik yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

10 iyul 2019, 11:29

Katta Farg‘ona kanalida kichik GESlar kaskadi ishga tushdi

Ishga tushgan Katta Farg‘ona kanali kichik GESlar kaskadining umumiy quvvati 12 MVtga teng bo‘lib, yiliga 72,89 million kVt.soat elektr toki ishlab chiqaradi.

10 iyul 2019, 11:17

Toshkentda «BEFIT INDOOR TRIATHLON» musobaqasi o‘tkazildi

Toshkentda basseynda suzish, maxsus sport inventarlarida yugurish va velopoyga mashqlaridan iborat «BEFIT INDOOR TRIATHLON» musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

10 iyul 2019, 11:03

Samarqand viloyatida 186 ta qaror va farmoyishlar sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan

Samarqand viloyatida 186 ta qaror va farmoyishlarning 28 tasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan, 29 tasi ma’muriy sudlar, 129 tasi prokuratura tomonidan bekor qilingan.

10 iyul 2019, 10:48

«O‘zdavkarantin» inspeksiyasi Kolorado qo‘ng‘izidan qutulish bo‘yicha tavsiyalarni ma’lum qildi

Kartoshka, baqlajon va pomidorga zarar yetkazadigan Kolorado qo‘ng‘iziga qarshi kurashish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

10 iyul 2019, 10:36

Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblar takomillashtiriladi

Yoqilg‘i-energetika sohasida o‘zaro hisob-kitoblarni yanada takomillashtirish va moliyaviy barqarorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.