4 aprel, shanba

Yangiliklar

Umidjon Isroilov energetika vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi 

Uz-Kor Gas Chemical qo‘shma korxonasi rahbari bo‘lib ishlagan Umidjon Isroilov energetika vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Baxriddin Isamov sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda — Bosh prokuratura 

Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayevning hayotiga suiqasd qilganligida ayblanuvchi tadbirkor Baxriddin Isamov Toshkentda sud-psixiatriya ekspertizasidan o‘tmoqda.

Mansur Tuymayevga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, Yakkabog‘ hokimi va prokurori ishdan bo‘shatildi 

Yakkabog‘da do‘konini buzmoqchi bo‘lgani uchun tadbirkor tomonidan o‘t qo‘yilgan hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tuman hokimi va prokurori ishdan bo‘shatildi.

Abdulla Aripov Urganchga tashrif buyurdi 

Bosh vazir Abdulla Aripov «Ashxobod» mahallasidagi uylari buzilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasidagi muammoni o‘rganish uchun Urganchga yetib bordi.

Adliya vaziri: Odamlarni uyini buzib, ko‘chaga chiqarib qo‘yib kompensatsiya to‘lanmaslik — vaxshiylik 

Adliya vaziri barcha mahalliy hokimliklarni fuqarolarning uy-joy bilan bog‘liq qonuniy huquqlarini poymol etishlariga chek qo‘yishlarini talab qildi.

Uyi buzilgan odamlar Urganch-Xonqa yo‘lini to‘sib qo‘ydi 

200 ga yaqin kishi kechasi buzilgan uylari uchun tovon puli to‘lanmaganidan norozi bo‘lib Urganch-Xonqa yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Xorazm viloyati hokimi 10 avgustga qadar 100 foiz pullarini to‘lashga va’da berdi.

Prezident Samarqandni turistik xabga aylantirish bo‘yicha topshiriq berdi 

Shavkat Mirziyoyev Samarqandni turistik xabga aylantirish va tadbirkorlik va qayta ishlashni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Yakkabog‘da bolalar buzilayotgan uyni tark etishdan bosh tortdi 

Yakkabog‘da bola va qizaloq buzilayotgan uyni tark etishdan bosh tortdi. Ulardan biri IIO xodimlari kuch bilan tashqariga chiqarayotganda «Dada, dada!» deb baqirdi.

Samarqandda zamonaviy dam olish maskani quriladi 

Samarqanddagi eshkak eshish kanali bo‘yicha suzish joylari, sun’iy orolchalar, mehmonxonalar va anjumanlar markazini o‘z ichiga olgan turistik markaz quriladi.

Qurolli Kuchlar akademiyasida harbiy ta’limga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi 

Qurolli Kuchlar akademiyasida bo‘lib o‘tgan harbiy ta’lim hamkorligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda o‘n besh mamlakatdan harbiy attashelar ishtirok etdi.

AQSH besh nafar qotilga nisbatan o‘lim jazosini amalga oshiradi 

AQSH federal hukumati qariyb 20 yillik tanaffusdan so‘ng besh nafar qotilga nisbatan o‘lim jazosini amalga oshiradi.

Baxtiyor Saidov O‘zbekistonning Filippindagi elchisi etib tayinlandi 

O‘zbekistonning Xitoy va Mo‘g‘ulistondagi elchisi Baxtiyor Saidov bir vaqtning o‘zida Filippindagi elchi (qarorgohi Pekinda joylashgan) lavozimiga tayinlandi.