16 dekabr, dushanba

Yangiliklar

Murabbiy oldidagi qarzdorlik uchun «Bunyodkor» ofisi MIB tomonidan muhrlandi 

«Bunyodkor"ning sobiq murabbiyi Sergey Lushanga to‘lanishi kerak bo‘lgan 800 million so‘m ortidan klubi ofisi muhrlandi va avtobuslardan foydalanish taqiqlab qo‘yildi.

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyasini qabul qildi 

Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va sanoat vaziri Suhayl bin Muhammad Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

“Chirchiq” poligonida tank biatloni bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda (+foto) 

Mudofaa vazirligi Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Chirchiq” poligonida tank biatloni bo‘yicha musobaqa o‘tkazmoqda. Final 5-may kuni o‘tkazadi, kirish erkin.

Bolalar uyi tarbiyalanuvchisining do‘pposlangani bo‘yicha tergov davom ettirilmoqda 

Bolalar uyi tarbiyalanuvchisining do‘pposlanishi bo‘yicha Toshkent prokuraturasi qo‘zg‘agan jinoyat ishini Yunusobod tuman ichki ishlar organlari tergov qilmoqda.

Qozog‘istonda ruxsatsiz namoyishlar bo‘lib o‘tdi, 80 kishi qo‘lga olindi 

Qozog‘istonning beshta shahrida bo‘lib o‘tgan ruxsatsiz namoyishlarda 80 kishi qo‘lga olindi.

Prezident canoatni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi 

Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, eksportbop mahsulotlarni ko‘paytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi kengaytiriladi 

Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Vladimir Putin barqaror Runet to‘g‘risidagi qonunni imzoladi 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin barqaror Runet to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat 1 noyabrdan kuchga kiradi.

«Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida Germaniya kompaniyasi 300 mln yevro investitsiya kiritadi 

«Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida Germaniyaning «Atlas International» kompaniyasi bilan 300 mln yevrolik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hujjat qabul qilish boshlanganligi haqidagi xabarlarni rad etdi 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi abituriyentlardan hujjat qabul qilish boshlanganligi haqidagi xabarlarni rasman rad etdi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi 

Zafar Alimov Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonda YAIM o‘tgan yilga nisbatan 5,3 foizga o‘sdi 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi O‘zbekistonga jalb etilayotgan jami investitsiyalar 29,9 foizga, qurilish ishlari hajmi 5,9 foizga o‘sganini ma’lum qildi.