26 yanvar, yakshanba

Yangiliklar

Piyodani urib, o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan qochgan haydovchi qidirilmoqda 

Yakkabog‘ tumanida Olako‘ylak qishlog‘ida yashagan 21 yoshli D.T.ni urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan yashiringan haydovchi qidirilmoqda.

Paxtachi hokimi ishdan olindi, uning o‘rniga Muzaffar Hamdamov tayinlandi 

Paxtachi tumani hokimi Vohid Rahimov o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etildi. Muzaffar Hamdamov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.

Oliy sudi Plenumining majlisida uchta qaror loyihasi ko‘rib chiqildi 

Oliy sudi Plenumi majlisida ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan uchta qaror loyihasi muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Cambridge ekspertlari Prezident maktablariga qabul jarayonini boshlash uchun O‘zbekistonga keldi 

Cambridge Assessment tashkiloti ekspertlari Gvendid Kaudvell va Mark Shennon Prezident maktablariga qabul jarayonini tashkil etish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Toshkentga kelgan Habib Nurmagomedov Otabek Umarov bilan mashg‘ulot o‘tkazdi 

Toshkentga kelgan rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov O‘zbekiston triatlon federatsiyasi rahbari Otabek Umarov bilan mashg‘ulot o‘tkazdi.

Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi 

Hukumat qarori bilan Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston va Afg‘oniston 82 mln dollarlik shartnoma va bitimlarni imzoladi 

O‘zbek-afg‘on forumida 82,2 mln dollarlik eksport shartnomalari va bitimlar imzolandi.

Toshkentda 1815 nafar fuqaroning 219,7 mlrd so‘m qarzi hisobdan chiqarildi 

Toshkentda tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan 1815 nafar fuqaroning 219,7 mlrd so‘mlik soliq va moliyaviy jarima bo‘yicha qarzlari hisobdan chiqarildi.

Ratsionalizatorlik festivalida akkumulyatorsiz «KamAZ» va suv ostida yuruvchi robot namoyish etildi (+video) 

«Chirchiq» poligonida o‘tkazilgan «TECHNO DISCOVERY-2019» festivalida ilmiy-texnik va ratsionalizatorlik ishlanmalari namoyish etildi.

Davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasining taqdiri nima bo‘ldi? 

Daromadlarni deklaratsiya qilishni ko‘zda tutuvchi davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun 2017-yilning sentyabrida qabul qilinishi kerak edi. IHTT ekspertlari deklaratsiyalash tizimi qanda joriy etilishi kerakligi to‘g‘risidagi tavsiyalarni tayyorladi.

Sherobodda ikkinchi yirik sement zavodiga poydevor tashlandi 

Sherobodda Koreyaning NCG Engineerring Co.ltd. kompaniyasi hamkorligida bunyod etilayotgan yangi sement zavodiga dastlabki tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Ravshan Qurbonov Quva tumani hokimi etib tayinlandi 

Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ravshan Qurbonov Quva tumani hokimi etib tayinlandi.