Yangiliklar

16 dekabr 2019, 12:00

Senat notariat tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar tomonidan ma’qullangan notariat tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun xususiy notariuslar faoliyatiga huquqiy jihatdan ijozat beradi va yangi turdagi notarial harakatlarni joriy etadi.

16 dekabr 2019, 11:40

«Gulshan» bog‘i hududida shifoxona quriladi

Toshkentda 1-Tibbiyot Akademiyasi, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji, 2-Tibbiyot Akademiyasi hamda «Gulshan» bog‘i hududlarida 4 ta ko‘p tarmoqli klinika quriladi.

15 dekabr 2019, 11:07

Enter Engineering kompaniyasining 65 xodimi ovqatdan zaharlandi

Qashqadaryoda UzGTL loyihasini amalga oshirishga jalb qilingan ishchilar ommaviy ovqatdan zaharlandi. 65 kishi shifoxonaga yotqizildi.

15 dekabr 2019, 10:04

Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi

Senat «Milliy gvardiya to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi. Unda bevosita prezidentga bo‘ysunadigan Milliy gvardiyaning vakolatlari va vazifalari belgilandi.

15 dekabr 2019, 09:52

Prokuratura va DXX xodimlarining daxlsizlik huquqi cheklanmoqda

Prokurorlar va DXX harbiy xizmatchilari rahbariyat ruxsatisiz ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Senat qonunga kiritilgan tuzatishlarni ma’qulladi.

14 dekabr 2019, 15:42

Toshkent — Moskva yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

19 dekabrdan e’tiboran «Toshkent — Moskva — Toshkent» yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishda qatnovlar Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi.

14 dekabr 2019, 13:10

Senat yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ma’qulladi

Senatorlar yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ma’qulladi. Iqtisodiyotga tushadigan soliq yuki kamaytiriladi, soliqlar soni esa maqbullashtiriladi.

14 dekabr 2019, 12:46

Senat davlat boji to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

«Davlat boji to‘g‘risida"gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. U avval Soliq kodeksiga kiritilgan davlat bojlarini umumlashtirdi.

14 dekabr 2019, 10:08

Xiva, Namangan va Nukusda prezident maktablari ochildi

Xiva, Namangan va Nukusda prezident maktablari ochildi. Mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi, pedagoglar Buyuk Britaniya va Afrika mamlakatlaridan taklif qilingan.

13 dekabr 2019, 20:13

Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17−20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

13 dekabr 2019, 17:21

1 apreldan qo‘lga olish jarayonini videotasvirga olish majburiy bo‘ladi

2020 yil 1 aprelidan fuqarolarni qo‘lga olish bo‘yicha harakatlar protsessual huquqlarini tushuntirgan holda majburiy videotasvirga olish hamda ularning qarindoshlarni bu haqda xabardor qilish joriy etiladi. Prezident bu haqdagi qarorni imzoladi.

13 dekabr 2019, 14:41

Almazbek Atambayev qotillikda ayblanmoqda

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev avgust oyida uni majburiy so‘roqqa olib borish bo‘yicha amaliyot chog‘ida «Alfa» maxsus xizmati zobitini o‘ldirishda ayblanmoqda.

13 dekabr 2019, 12:53

Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari ortmoqda

Bosh prokuratura yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishga doir javobgarlik kuchaytirilganligiga qaramasdan, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar soni oshib borayotganini ma’lum qildi.

13 dekabr 2019, 12:30

Dam olish kunlari havo sovuq bo‘ladi

Shanba kuni havo sovib, yog‘ingarchilik kutilmoqda — yomg‘ir qorga aylanadi. Yakshanba kechasi sovuq bo‘ladi.

13 dekabr 2019, 12:22

Buyuk Britaniyadagi parlament saylovlarida konservatorlar g‘alaba qozondi

Britaniyadagi parlament saylovlarida bosh vazir Boris Jonson boshchiligidagi konservatorlar g‘alaba qozondi. Ular Brexit shartnomasini darhol ratifikatsiya qilmoqchi.

13 dekabr 2019, 10:27

Lazgi raqsi Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

YUNESKO Xorazm lazgi raqsini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritdi. Baxshichilik va etnik sport turlarini ushbu ro‘yxatga kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

13 dekabr 2019, 10:10 1

Prezident O‘zbekistonning eng nozik joyini ma’lum qildi

Prezident tajribasizlik O‘zbekistonning eng nozik joyi ekanini ta’kidladi va davlat ishtirokidagi korxonalar «o‘z oyoqlari ostidagi» imkoniyatlardan foydalanmayotganini ma’lum qildi.

12 dekabr 2019, 20:33

XTV maktablarda besh kunlik o‘quv haftasiga o‘tishni qo‘llab-quvvatlamadi

Xalq ta’limi vazirligi maktablarda besh kunlik o‘quv haftasiga o‘tish va yozgi ta’til evaziga qishgi ta’til muddatini uzaytirishni qo‘llab-quvvatlamadi. XTV bunday qarorga kelishdan avval javob berish kerak bo‘lgan sakkiz savolni sanab o‘tdi.

12 dekabr 2019, 20:20

YATTlar uchun daromad solig‘ining qat’iy belgilangan miqdori pasaytiriladi

2020 yildan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘ining qat’ay belgilangan miqdori hozirgidan 25−50 foizgacha pasaytiriladi.

12 dekabr 2019, 18:35

IIV pornosaytlarga kirganlardan jarima undirmoqchi bo‘layotgan firibgarlardan ogohlantirdi

Ichki ishlar vazirligi IIV nomidan pornosaytlarga kirganlardan «jarima» undirayotgan kiberfiribgarlar haqida ogohlantirdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting