14 avgust, juma COVID-19 Ob-havo Zira Vakansiyalar

Yangiliklar

18 sentabr 2019, 12:29

Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish sanalari va tartiblari aniq bo‘ldi

Mobil qurilmalarni IMEI o‘rqali ro‘yxatga olish tartiblari belgilandi. 1-noyabrgacha avtomat ravishda bepul, 1-dekabrdan esa pulli asosda ro‘yxatga olinadi.

18 sentabr 2019, 10:29

Yengil sanoatda mahsulotlar ishlab chiqarish rag‘batlantiriladi

Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

18 sentabr 2019, 10:10

O‘zbekistonlik besh nafar bokschi jahon chempionatining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida to‘qqizinchi kun bellashuvlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik besh nafar bokschi ishtirokini davom ettirmoqda.

18 sentabr 2019, 09:58

Prezident o‘tkazgan videoselektorda sanoatda mahalliylashtirish masalasi muhokama etildi

Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatni rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

17 sentabr 2019, 23:28

2022 yilda ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona tuzilma tashkil etiladi

2022 yilda Ijtimoiy himoya vazirligini tashkil etish, 2021 yilgacha Milliy ijtimoiy himoya strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilmoqda.

17 sentabr 2019, 21:01

Samarqandda osma yo‘l loyihasi taqdim etildi

Samarqandda butun shahar bo‘ylab o‘tadigan osma yo‘l qurish rejalashtirilmoqda.

17 sentabr 2019, 20:17

«Markaz — 2019»: «G‘urumsaroy» poligonida xalqaro harbiy o‘quv mashg‘ulotlariga start berildi

O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokidagi strategik qo‘mondonlik shtab mashg‘ulotlari doirasidan o‘rin olgan «Markaz — 2019» o‘quviga start berildi.

17 sentabr 2019, 18:07

Xans Klyuge JSST Yevropa mintaqaviy byurosining yangi direktorii etib saylandi

Belgiyalik 50 yoshli mutaxassis Xans Klyuge olti nafar nomzod orasidan Yevropa mintaqaviy byurosining yangi direktori etib saylandi.

17 sentabr 2019, 17:57

Mahmud Murodovning UFC’dagi debyuti Kopengagenda bo‘ladi

UFC bilan shartnoma tuzgan Mahmud Murodov Daniya poytaxti Kopengagen shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night 160 turnirida debyut qiladi.

17 sentabr 2019, 15:34

Samarqand shahri va tumani chegaralariga o‘zgartirish kiritilishi kutilmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

17 sentabr 2019, 15:18

Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

17 sentabr 2019, 15:14

Prezident qarori bilan harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi prezident qarori qabul qilindi

17 sentabr 2019, 14:21

Yakkabog‘ hokimining sobiq o‘rinbosari va uni yoqib yuborgan tadbirkor sudi boshlandi

Yakkabog‘ tuman hokimining sobiq o‘rinbosari Mansur Tuymayev va uning ustiga benzin sepib yoqib yuborgan tadbirkor Bahriddin Isomov ustidan ochiq sud jarayoni boshlandi.

17 sentabr 2019, 13:35

Bepul metro kuni qanday o‘tadi?

Bepul metro kuni stansiyalarda ko‘rgazma va musiqiy performanslar, vagonlarda esa ertalab va kechqurun — raqqoslar, animatorlar, illyuziyachilar, ko‘cha musiqachilari va opera qo‘shiqchilari chiqishlari bo‘lib o‘tadi.

17 sentabr 2019, 12:51

Davlat xizmatlari yagona reyestri kengaytirildi

Davlat xizmatlari yagona reyestrining yangi tahriridan avvalgi talqindagi 693 ta davlat xizmatlari o‘rniga 716 turdagi davlat xizmati o‘rin oldi.

17 sentabr 2019, 12:33

Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qildi.

17 sentabr 2019, 12:31

Samarqandda to‘ydan keyin uyga olib kelingan taomdan 7 kishi zaharlandi

Samarqand hokimiyati yetti kishining ovqatdan zaharlanganini xabar qildi. Ma’lum bo‘lishicha, ular to‘ydan keyin uyga olib kelingan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilgan.

17 sentabr 2019, 12:25

Samarqand xalqaro aeroportida yangi terminal qurilishi boshlandi

2019−2020 yillarda Samarqand xalqaro aeroportida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish uchun yangi terminal quriladi.

17 sentabr 2019, 11:46

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Davlat dumasi raisini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federal Majlisining Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligida O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan delegatsiyani qabul qildi.

17 sentabr 2019, 11:41

Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzoladi

MMA bo‘yicha -84 kg vazn toifasida oktagonga chiqib kelayotgan Mahmud Murodov mazkur sport turining eng nufuzli yo‘nalishi sanalgan UFC bilan shartnoma imzoladi.