Yangiliklar

13 noyabr 2019, 12:14

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Bahodirjon Shermuhammadov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

13 noyabr 2019, 12:13

«Markaziy bank to‘g‘risida"gi qonun imzolandi

Prezident «Markaziy bank to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Hujjat Markaziy bankka erkin shakllanuvchi almashuv kursi rejimi sharoitida ichki valyuta bozoriga intervensiyalarning faqatgina valyuta kursining keskin tebranishlarini oldini olish maqsadida amalga oshirishga ruxsat beradi.

13 noyabr 2019, 12:05

Samarqandda turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan shaxs o‘z joniga qasd qildi

Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida yashagan fuqaro turmush o‘rtog‘ini qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirib, so‘ngra yashash uyida arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

13 noyabr 2019, 10:28

Toshkent viloyatidagi uyda sodir bo‘lgan portlash sababi ma’lum qilindi

Quyichirchiq tumanidagi uyda ikki kishining o‘limiga, to‘rt kishining jarohatlanishiga olib kelgan portlashga yer osti gaz quvuridan gazning kanalizatsiya tizimi orqali sizib chiqishi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

13 noyabr 2019, 09:56

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi noyabrda bo‘lib o‘tadi

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi noyabr oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Nursulton Nazarboyev hal qilinmagan masalalar borligini aytib o‘tdi.

12 noyabr 2019, 20:41 1

Bosh prokuratura non narxi oshishiga sabab bo‘lgan omillarni ma’lum qildi

Bosh prokuratura qolipli non narxi oshishiga sabab bo‘lgan omillarni sanab o‘tdi: yoqilg‘i, elektr energiyasi va gaz narxlarining o‘sishi, unning yetarli miqdorda ishlab chiqarilmayotgani va boshqalar.

12 noyabr 2019, 19:49

Tergov departamenti firibgarlik jabrdiydalarini ruxsat berilmagan aksiyalarda qatnashmaslikka chaqirdi

Human bandlik agentligi rahbarining ozodlikda yurgani va moddiy zararlarni qoplamayotgani haqidagi xabarlar asossiz, deya xabar qildi Tergov departamenti.

12 noyabr 2019, 18:10

Toshkentning bir nechta chorrahalarida «vafel chizmalari» tashkil etilmoqda

Toshkentda tirbandliklarni oldini olish maqsadida Singapurdagi muvaffaqiyatli tajribadan o‘tkazilgan «vafel chizmasi» tashkil etilmoqda.

12 noyabr 2019, 17:45

«Nukus city» qurilishi uchun 400 dan ortiq xususiy uylar buziladi

Umumiy maydoni 70 gektardan ortiq bo‘ladigan «Nukus city» shaharchasida 16 qavatli uylar, 20 qavatli mehmonxona, biznes markazlari, ko‘ngilochar maskanlar, banklar, savdo do‘konlari quriladi.

12 noyabr 2019, 17:36

Buxoroda YPX inspektorini namoyishkorona tahqirlagan shaxs ozodlikdan mahrum etildi

Buxoro shahrida YPX inspektorining ko‘krak nishoni, radioaloqa vositasi hamda jezel tayog‘ini tortib olgan fuqaroga 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

12 noyabr 2019, 15:23

Abdug‘affor Qirg‘izboyev Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi

Hukumat qarori bilan Abdug‘affor Qirg‘izboyev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi.

12 noyabr 2019, 15:03

Xalq ta’limi vaziri o‘quvchilar uchun ID-kartalar joriy etilishi haqida ma’lumot berdi

Xalq ta’limi vaziri o‘quvchilar uchun ID-kartalar tizimini joriy etish ishlari qanday ketayotgani haqida ma’lumot berdi. Mazkur kartalar bank va boshqa tizimlar bilan bog‘langan bo‘ladi.

12 noyabr 2019, 14:39

Rishtonda voyaga yetmagan opa-singil gazdan zaharlanib vafot etdi

Rishtonda hammomdagi qo‘lbola pechga ulangan gaz o‘chib-yonishi oqibatida voyaga yetmagan opa-singil tabiiy gazdan zaharlanib vafot etdi.

12 noyabr 2019, 14:30

Jizzaxda lo‘li millatiga mansub aholi uchun qariyb 800 ta uy qurildi

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida lo‘li millatiga mansub 3200 nafar fuqaro uchun 780 ta uy qurildi. Davlat buning uchun 150 mlrd so‘m ajratdi.

12 noyabr 2019, 11:05

BMT ijtimoiy himoya tizimini isloh qilishda qatnashadi

Hukumat va BMT ijtimoiy himoya bo‘yicha yagona davlat organini tashkil etish, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun integratsiyalashgan yondashuvni joriy qilishga qaratilgan qo‘shma dasturni amalga oshiradi.

12 noyabr 2019, 09:34

Qarshida bir ayol besh erkak tomonidan zo‘rlandi

Qarshida bir ayol besh erkak tomonidan zo‘rlandi. Barcha gumondorlar qo‘lga olindi.

12 noyabr 2019, 09:14

Brakoner saksovul kesgani uchun 2,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi

Zarafshonlik fuqaro saksovul kesgani uchun ushlandi va 2,2 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Tabiatga yetkazilgan zarar 3,7 mln so‘mni tashkil etdi.

11 noyabr 2019, 22:53

Tashkent City hududiga pista po‘choqlari tashlagan fuqaro jarimaga tortildi

Tashkent City bog‘ida ekoinspektorlar pista po‘choqlarini yerga tashlagan yigitga 111,5 ming so‘m miqdorida jarima soldi. Andijonda bir martalik qog‘oz stakanni yerga tashlagan erkak kishi ham shuncha miqdorda jarima to‘ladi.

11 noyabr 2019, 18:04

O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikning mavjud salohiyatini to‘liq ishga solishdan manfaatdor — prezident

Shavkat Mirziyoyev «Valday» xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi ishtirokchilariga qutlovida O‘zbekiston savdo, sanoat kooperatsiyasi, investitsiya, innovatsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi sohasidagi, yirik transmintaqaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikning mavjud salohiyatini to‘liq ishga solishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

11 noyabr 2019, 17:08

Jerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi turizm elchisi bo‘ldi

Aktyor Jerar Deparde O‘zbekistonning Fransiyadagi sayyohlik brendining elchisi etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting