Yangiliklar

24 may 2021, 17:23

O‘zi e’tiqod qilayotgan tushunchani hammaga qabul qildirishga urinish noto‘g‘ri — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov «san’atni harom deb e’tiqod qilish — dinni yaxshi tushunmaslik, hovliqmalikdan» deya ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «dinni yaxshi bilmasdan va tushunmasdan turib, jamoat oldida, minbardan turib dindan gapirish uchun, kamida 25 yillik bilim olgan bo‘lish kerak».

24 may 2021, 17:16

«Navbat O‘zbekistonga». Prezident saylovi oldidan YeXHTning maxsus missiyasi Toshkentga keldi

Oktyabrda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganish maqsadida YeXHTning maxsus missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Missiya bo‘lajak prezident saylovini DIIHB tomonidan kuzatishga zarurat bor yoki yo‘qligini o‘rganadi. «Agar bunga zarurat bo‘lsa, bo‘lajak kuzgi saylovlarda missiyani aynan qaysi formatda joylashtirish kerakligi haqida hulosa beramiz», — dedi missiya vakili Aleksey Gromov.

24 may 2021, 16:39

Angrendagi yirik avariyada 7 kishi halok bo‘ldi va 14 kishi jarohatlandi (yangilandi)

Toshkent viloyatining Angren shahrida MAN yuk mashinasi va yettita yengil mashinalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda 7 nafar fuqaro voqea joyida vafot etdi, 14 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

24 may 2021, 16:36

O‘zbekistonliklar Amazon`da savdo qilishlari mumkin

O‘zbekiston eng yirik elektron tijorat platformalaridan biri Amazon`da savdo qilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kirdi. Sotishni boshlash uchun tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tib, o‘z shaxsiy kabinetlarini o‘rnatishlari, tasdiqlovchi hujjatlarni qo‘shishlari, bank hisob-raqami va xalqaro to‘lov kartalarini ochishlari kerak.

24 may 2021, 16:12

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 18,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 596,76 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarilgan, rubl esa biroz pasaygan.

24 may 2021, 15:00

Toshkentda xorijda ta’lim olish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi

26 may kuni Toshkentda QS World University Rankings reytingiga ko‘ra top 300 talikka kiruvchi AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Avstraliya OTMlariga o‘qishga kirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tadi. Seminar doirasida Navitas Ltd xalqaro OTMlar assotsiatsiyasi eksperti Nikita Shileyev abituriyentlarning savollariga javob beradi.

24 may 2021, 14:39

Haftaning ikkinchi yarmi jazirama issiq bo‘lishi kutilmoqda

Shu kunlarda bir qator viloyatlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lib, shamol kuchayishi mumkin. Haftaning o‘rtalaridan boshlab mamlakatga juda iliq havo kira boshlaydi, kunduzgi harorat + 34 … + 37 darajaga ko‘tariladi.

24 may 2021, 13:17

Samarqandda elektr tarmog‘idagi uzilish sabab tramvay ikki soatga to‘xtab qoldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida tramvay elektr tarmog‘idagi uzilish sabab to‘xtab qolgani va yo‘lovchilar tomonidan siljitib harakatga keltirilgani yuzasidan izoh berildi. Unda ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar tramvay boshqa yo‘nalishdagi avtotransport vositalariga xalaqit qilmasligi uchun itarib, chorrahani bo‘shatib qo‘yishga ko‘maklashishgan.

24 may 2021, 12:49

«Ayollar daftari»ga kiritilgan yolg‘iz onalarning farzandlari bog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi

Bolalarni davlat bog‘chalariga qabul qilish reglamenti yangilandi. «Ayollar daftari» ga kiritilgan yolg‘iz onalar farzandlariga imtiyozli navbatga ega bo‘lish huquqi belgilandi.

24 may 2021, 12:44

Shavkat Mirziyoyev Seuldagi xalqaro sammitda nutq so‘zlaydi

Prezident shu hafta «O‘zagrohimoya» AJ tizimini isloh qilish, hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi. Davlat rahbari 30 may kuni Janubiy Koreyadagi xalqaro sammitda nutq so‘zlaydi.

24 may 2021, 12:18

Ko‘pgina davlatlarda ish o‘rnini davlat yaratmayapti — mehnat vaziri

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov ko‘pgina davlatlarda ish o‘rnini davlat yaratmayotganini, ularni yaratish uchun imkoniyat yaratib berishi kerakligini ta’kidladi. Vazirning aytishicha, 2021 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 10,5 foizga teng bo‘lgan.

24 may 2021, 11:53

Chilonzorda bir kechaning o‘zida 2 ta YTH sodir bo‘ldi, ularning birida haydovchi vafot etdi

Dushanba kuni kechasi va ertalab poytaxtning Chilonzor tumanida ikkita avariya yuz berdi. Ularning birida uch kishi jarohat olgan, ikkinchisida haydovchi vafot etgan.

24 may 2021, 11:50

Qashqadaryoda tibbiyot xodimlariga majburan o‘t yuldirildi

Shahrisabzda bir guruh tibbiyot xodimlari majburiy ishga jalb qilindi. Shahar tibbiyot birlashmasi xo‘jalik ishlari mudiri ma’muriy jarimaga tortildi.

24 may 2021, 11:06

Toshkentning bir necha tumanlarida ichimlik suvi va issiq suv o‘chiriladi

25 maydan 27 mayga qadar poytaxtning Yashnobod, Mirobod, Bektemir va Sergeli tumanlarining ba’zi hududlarida suv ta’minoti to‘xtatiladi. Yangixayot tumanida suv bosimi kamayadi.

24 may 2021, 10:41

Nexta Telegram kanalining sobiq bosh muharriri Minskda hibsga olindi

“Nexta” Telegram kanalining asoschilaridan biri Roman Protasevich Minskda hibsga olindi. U mingan samolyot Afinadan Vilnyusga uchayotganida bortida bomba borligi haqida signal sabab Belarus poytaxtiga qo‘ndirilgan.

24 may 2021, 10:31

Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib Iqboljon Ergashev tayinlandi. Viloyat hokimining yana bir o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Holiqov bo‘ldi.

24 may 2021, 10:23

«Shahidlar xotirasi» majmuasi rekonstruksiyasi bilan kim shug‘ullanadi?

Vazirlar Mahkamasining buyrug‘i bilan tendersiz «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasini rekonstruksiya qilish Mimar Group kompaniyasiga, qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyini ta’mirlash esa Ijod-Ijod kompaniyasiga berilgan. Ularga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsat etildi.

24 may 2021, 10:04

Italiyada kanat yo‘lida kabina arqondan uzilib ketdi. 14 kishi halok bo‘ldi

Italiyananing Pemonte shahrida kanat yo‘lida odamlarni olib ketayogan kabina arqondan uzilib, quladi. 14 kishi haloq bo‘ldi, ular orasida 9 yoshli bola ham bor.

24 may 2021, 08:47

Abdulla Aripov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekiston prezidenti farmoniga ko‘ra, bosh vazir Abdulla Aripov ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda 60 yoshga to‘lgani munosabati bilan «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

23 may 2021, 17:07

Foto: Namanganda 60-xalqaro gullar festivali boshlandi

Namanganda 60-xalqaro gullar festivali boshlandi. Yubiley festivalda 10 million tup gul ko‘chatlari o‘tqaziladi, gullar bilan bezatilgan avtomobillar paradi, gala-konsert va boshqa tadbirlar ham tashkil etiladi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting