Yangiliklar

15 aprel 2021, 17:14

Yanvar-mart oylarida pul o‘tkazmalari 1,42 mlrd dollarni tashkil qildi

2021 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi deyarli 1,42 mlrd dollarni tashkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 336 mln dollarga oshdi.

15 aprel 2021, 16:36

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 10 so‘mga qimmatladi va jami 10 507 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz qimmatladi, rubl esa arzonladi.

15 aprel 2021, 16:25

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Qorasuv mavzesidagi uy-joy qurilishi bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Qorasuv mavzesida uy-joy qurilishi bilan tanishdi. Davlat rahbari quruvchi tashkilotning sifat uchun mas’uliyati va javobgarligini yanada kuchaytiradigan mexanizm ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

15 aprel 2021, 16:12

Deputat Yangiyo‘ldagi ishlamayotgan suv tozalash inshoati uchun ikki vazirni tanqid qildi

Deputat Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi suv tozalash inshooti bir necha yildan beri ishlamay turibdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshida ta’mirlash ishlari Hisob palatasi tomonidan to‘xtatib qo‘yildi, Qurilish vaziri va Uy-joy kommunal xizmatining sobiq rahbarining «xoxishi sababli ishlar cho‘zilib», ob’ekt uchinchi yil o‘zgarishsiz turibdi.

15 aprel 2021, 15:50

Prezidentga Imom Buxoriy ziyoratgohining yangi ko‘rinishi taqdim etildi — foto

Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Majmua loyihasiga ko‘ra, u yerda katta masjid, to‘rtta simmetrik minora, yo‘ldan kirib kelishda xiyobon bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ziyoratchilar uchun 7 ta mehmonxona, 3 ta avtoturargoh, avtobekat, supermarket, bozorcha barpo etiladi.

15 aprel 2021, 14:40 1

Soliq organlari kuch ishlatar idora emas — Sherzod Kudbiyev

Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xodimlari sotuvchilik orqali kun ko‘ruvchi ayollarning buyumlarini olib qo‘yganligi aks etgan video lavhalar tarqaldi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev bu holat soliq xizmati uchun uyatli ekanligini aytdi. “Soliq organlari hech qachon kuch ishlatar idora emas… Bunday holat yuz berganligi uchun butun xalqimizdan uzr so‘rayman”, — dedi u. Kudbiyev hodisada o‘zini noo‘rin tutgan xodimlar jazolaninishi ta’kidladi.

15 aprel 2021, 14:27

Yevropa Ittifoqida iyun oyida sayohat uchun sertifikatlar kuchga kiradi

Yevropa Ittifoqida 21 iyun kuni ittifoq mamlakatlarida harakatlanish erkinligini qayta tiklash imkonini beruvchi «salomatlik to‘g‘risida guvohnoma» kuchga kiradi. Unda sug‘urtalanganlik, emlash va COVID-19 testlari haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgadi.

15 aprel 2021, 13:58

Samarqand xalqaro aeroporti yiliga 1,5 mln yo‘lovchiga xizmat qiladi

Prezidentga taqdimot qilingan Samarqand xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng yiliga 1,5 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda. «Air Marakanda» kompaniyasiga DXSH asosida 20 yilga aeroportni boshqarish huquqi beriladi. Kompaniya aeroport infratuzilmasini rivojlantirishga 80 mln dollar investitsiya kiritadi.

15 aprel 2021, 13:34

Ajrimlarni kamaytirish uchun yoshlarga imomlar ta’lim berishi taklif qilindi

Oilalarda ajrimning oldini olish masalasi bo‘yicha Yunusobod tumani hokimi tomonidan o‘tkazilgan majlisda nikohdan oldin yoshlarni imomlar tomonidan olib boriladigan 3 oylik o‘quv darslarida o‘qitish taklifi berildi. Shuningdek, ahloqiy jihatdan milliy mentalitetga to‘g‘ri kelmaydigan teleserial hamda kinofilmlarni efirga uzatmaslik kerakligi aytildi.

15 aprel 2021, 13:33

Prezident Samarqand aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifini xalqaro aeroportning rekonstruksiya ishlari bilan tanishishdan boshladi. Sentyabr oyida foydalanishga topshiriladigan yangi aeroport soatiga 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi. Prezident aeroport odamlar uchun qulay, xizmat ko‘rsatish esa sifatli va tezkor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

15 aprel 2021, 13:11

AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishni boshlaydi

AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqishni boshlaydi va bu jarayonni 11 sentyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda. ««Abadiy urush»ga yakun yasash vaqti keldi», — dedi AQSH prezidenti Jo Bayden, AQSHning mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishini va Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan holda.

15 aprel 2021, 12:00

Toshkent metropoliteni vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» yuzasidan izoh berdi

Toshkent metropoliteni metro stansiyasidagi vaqt ko‘rsatuvchi tablosidagi «nojo‘ya yozuv» elektron soat darchasiga qilingan kiberhujum natijasida paydo bo‘ldi, deya xabar berdi Toshkent metropoliteni.

15 aprel 2021, 11:48 1

Gurbanguli Berdimuhamedov parlament yuqori palatasining raisi etib saylandi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakat parlamentining Xalq maslahati (yuqori) palatasi raisi etib saylandi.

15 aprel 2021, 11:30 1

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekistonning o‘rni bir pog‘onaga yaxshilandi

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz sayohat qilishlari mumkin. Birinchi o‘rinda Yaponiya bo‘lib, ushbu mamlakat pasporti fuqarolarga 193 ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini bermoqda.

15 aprel 2021, 10:44

O‘zbekistonda ilk gidroakkumulyatsiya elektrostansiyasi (GAES) quriladi

O‘zbekistonda Fransiyaning EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda ilk gidroakkumulyatsiya elektrostansiyasi (GAES) quriladi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Xo‘jakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt ga teng.

15 aprel 2021, 10:42

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yo‘l oldi. Safar chog‘ida — shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan.

15 aprel 2021, 10:31

«Paxtakor» OCHLni durang bilan boshladi. Bugun AGMK o‘ynaydi

«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichida dastlabki uchrashuvni Eronning «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 3:3 hisobidagi durang natija qayd etildi. Shuningdek, bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubiga qarshi maydonga tushadi.

15 aprel 2021, 10:31

O‘zbekistonda 300 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina bilan 300 mingdan ortiq fuqaro emlandi. 14 aprel kuni 43 ming 896 kishi vaksina oldi.

15 aprel 2021, 09:12

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan 1 maydan boshlab 5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha va 2022 yil 1 yanvardan boshlab yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha imtihonlarda yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

14 aprel 2021, 22:50 1

IREX 15 yildan so‘ng O‘zbekistonga qaytadi

Adliya vazirligi Xalqaro tadqiqotlar va almashuvlar kengashining O‘zbekistondagi filialini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Tashkilot vakolatxonasi 2006 yilda yopilgan edi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting