Yangiliklar

25 aprel 2022, 17:48

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston termasi Osiyo chempionatida 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini 8 medal — 2 kumush va 6 bronza medali bilan yakunladi.

25 aprel 2022, 17:35

«Metalloinvest» O‘zbekistondan temir yo‘l orqali tashish tarifini pasaytirishni so‘radi

USM xoldingi tarkibiga kiruvchi «Metalloinvest» kompaniyasining Toshkent metallurgiya zavodi aksiyadoriga aylangani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya O‘zbekistondan temir yo‘l orqali tashish tarifini pasaytirishni so‘ragan. O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzakov hukumat ushbu masalani o‘rganishini bildirdi.

25 aprel 2022, 17:28

O‘zbekistonda 9-may kuni harbiy paradlar o‘tkazilmaydi — Mudofaa vazirligi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan respublikada harbiy parad o‘tkazish nazarda tutilmagani ma’lum qilindi. Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Mamadaliyev oldingi yillar ham bunday namoyishlar bo‘lmaganini aytdi.

25 aprel 2022, 16:40

XMK O‘zbekistonga shamol energetikasi loyihalarini ishlab chiqishda yordam beradi

Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga mamlakatning bir qator hududlarida 500 MVt gacha quvvatga ega shamol elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik tuzilmasini shakllantirishda maslahat beradi.

25 aprel 2022, 15:39

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

25 aprel 2022, 15:37

Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi. Avvalroq unga qo‘mita huzuridagi Fiskal institut rahbarligi ham yuklatilgan edi.

25 aprel 2022, 15:31

Davlat geologiya qo‘mitasi binosi auksionda 124,7 mlrd so‘mga sotildi

Davlat geologiya va mineral resurslari davlat qo‘mitasi binosi auksionda 124,7 mlrd so‘mga sotildi. Uning boshlang‘ich bahosi 75,6 mlrd so‘m etib belgilangan edi.

25 aprel 2022, 14:52 1

Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

2022−2023 o‘quv yili uchun respublika OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari e’lon qilindi. Abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi.

25 aprel 2022, 14:36

Shifokorlar 1-sentabrdan yakka tartibda oilaviy shifoxona tashkil etishi mumkin

1-sentabrdan shifokorlarga alohida tibbiyot muassasasi ochmasdan o‘z uyida yoki ijaraga olgan binosida yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat berilmoqda. Shuningdek, oilaviy poliklinikalarning kunduzgi statsionar ish vaqti 20:00 gacha uzaytiriladi.

25 aprel 2022, 13:47

Toshkentda OITSga chalingan stomatolog bemorlarni davolab kelgani aniqlandi

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshli shaxs OITS bilan kasallanganiga qaramasdan tish shifokori sifatida faoliyatini davom ettirgani aniqlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

25 aprel 2022, 12:28

Hafta davomida iliq ob-havo saqlanib qoladi

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Chorshanba va payshanba kunlari markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +27…+32 darajagacha ko‘tariladi.

25 aprel 2022, 11:49

Samarqandda fermer 6 gektar yerni $170 mingga sotishga uringani aytilmoqda

Pastdarg‘om tumanida fermer 6 gektar yerni noqonuniy tarzda 170 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. U oldindan 20 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan. Gumondor yer maydonini fuqaro nomiga tuman hokimligidagi tanishlari orqali rasmiylashtirishni va’da qilganligi aytilmoqda.

25 aprel 2022, 11:10

Shavkat Mirziyoyev Ramzan Qodirovga Ramazon hayiti arafasida tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston delegatsiyasi unga oltin va kumushdan yasalgan «Poi Kalon ansambli» ning 3D shaklidagi suratini sovg‘a qildi. «Men [sovg‘aga] qarayapman va uni qo‘yishga joy qidirayapman. Prezident lol qoldirishni biladi», — deb yozadi Checheniston rahbari.

25 aprel 2022, 10:44

Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilar sotganlikda gumonlangan 9 kishi qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari Toshkent shahri va viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan 9 nafar shaxsni hibsga oldi. Ularning oldidan 34 mln so‘mlik 1351 dona dori vositasi topilgan.

25 aprel 2022, 10:06

Emmanuel Makron ikkinchi prezidentlik muddatiga qayta saylandi

Fransiyaning amaldagi prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida 58,55% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning raqibi Marin Le Pen 41,45% ovoz to‘pladi.

24 aprel 2022, 17:55

Jahon yangiliklari dayjesti

Dunyoning 12 davlatida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gepatit tarqalgani, Fransiya prezidentligiga saylovning ikkinchi bosqichi, urush boshlangandan beri Ukrainada 213 nafar bola halok bo‘lgani aytilgani, YeIning o‘nta davlati kompaniyalari embargoni aylanib o‘tib Rossiyaga qurol sotgani, BMT rahbarining Rossiya va Ukrainaga tashrifi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

24 aprel 2022, 15:02

Valyuta kurslari hafta davomida qanday o‘zgardi?

Hafta davomida so‘mga nisbatan mustahkamlangan rubl, arzonlagan dollar hamda qadrsizlangan yevro — haftalik valyuta kurslari dayjestida.

24 aprel 2022, 12:02

Magistraturaga o‘qishga kirishda mutaxassislik fanlaridan imtihonlar bekor qilinishi mumkin

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov magistraturaga o‘qishga kirish uchun mutaxassislik fanlaridan imtihonlarni bekor qilish tartibi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Magistraturaga o‘qishga kirishda chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi malaka sertifikati hamda bakalavr diplomining o‘rtacha bali hisobga olinishi mumkin.

24 aprel 2022, 10:47

OAV: Ukrainaning urushdan keyingi chegaralari Rossiya-Ukraina muzokaralarining asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda

Rossiya prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy 22 aprel kuni Ukraina tomoni bilan «bir nechta uzoq davom etgan muzokaralar» bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. Hozirda Ukrainaning neytrallik va yadrosizlik maqomi, xavfsizlik kafolatlari hamda «madaniyatlarga nisbatan o‘zaro hurmat» masalalari yuzasidan muhokamalar davom etmoqda. Ukrainaning urushdan keyingi chegaralari muzokaralarning asosiy masalasi bo‘lib qolmoqda.

23 aprel 2022, 17:33

Davlat ijtimoiy buyurtmasiga oid ma’lumotlar majburiy tartibda e’lon qilinadi

Hukumat qarori bilan 1 dekabrga qadar dasturlar ishlab chiqishda qatnashish va ularning ijrosini monitoring qilish maqsadida e-ngo.uz elektron portaliga joylashtiriladi. 1 yanvardan davlat organ va tashkilotlari ijtimoiy hamda iqtisodiy dasturlarning loyihalari, davlat ijtimoiy buyurtmasi natijalari, mablag‘larning sarflanish holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni majburiy tartibda portalga kiritib boradi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting