Yangiliklar

18 yanvar 2018, 13:00

FVV: Qozog‘istonda yonib ketgan avtobus yo‘lovchilari — O‘zbekiston fuqarolari

Qozog‘istonda yonib ketgan avtobusda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 55 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan, FVV aloqa liniyasini tashkil etdi.

18 yanvar 2018, 12:54

Islom akademiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Adliya vazirligi O‘zbekiston Islom akademiyasini ro‘yxatga oldi.

18 yanvar 2018, 12:36

Prezident Islom Karimov tavalludining 80 yilligini munosib nishonlashga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

18 yanvar 2018, 12:16

Madina va Azizbek — 2017 yilda eng ommabop bolalar ismlari

2017 yilda tug‘ilgan go‘daklarga Madina va Azizbek ismlari eng ko‘p qo‘yildi. Mamlakatda 14382 ta juft, 138 ta uchlik va bir holatda to‘rtlik egizak tug‘ildi. Eng og‘ir chaqaloq vazni — 9,87 kg.

18 yanvar 2018, 11:19

Chet elliklar uchun Toshkent propiskasini olish arzonlashdi

Chet ellik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 600 mln so‘mga yangi qurilgan turar joylardan xarid qilib Toshkent va Toshkent viloyati propiskasiga ega bo‘lishi mumkin.

17 yanvar 2018, 20:56

IIV YPX xodimi va haydovchi o‘rtasidagi janjalga izoh berdi

IIV yo‘l-patrul xizmati xodimlari va mast holatdagi Nexia avtomobili haydovchisi o‘rtasidagi mojaro aks etgan videorolikka izoh berdi.

17 yanvar 2018, 20:41

Toshkent hokimiyati Seul meriyasi andozasi bo‘yicha «Raqamli idora» tizimini joriy etadi

Toshkent hokimiyati Seul tajribasidan foydalangan holda shaharni boshqarish bo‘yicha «Raqamli idora» tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.

17 yanvar 2018, 17:59

Jinoyatchilikka qarshi kurashda qatnashgan fuqarolar rag‘batlantiriladi

Jinoyatga tayyorgarlik to‘g‘risidagi ishonchli xabar uchun fuqaro pul mukofoti olishi mumkin.

17 yanvar 2018, 12:53

Toshkentda kvartiralar narxi 3 foizga ko‘tarildi

Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar dekabrda 3 foizga qimmatlashdi.

17 yanvar 2018, 10:07

Uzbekistan Airways Barselonaga reys ochadi

Milliy aviakompaniya 24 maydan Toshkent-Barselona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha doimiy reysni yo‘lga qo‘yadi.

17 yanvar 2018, 10:01

Harbiy poligon qurilishi bilan bog‘liq firibgarlikka barham berildi

Korxona direktori Samarqand viloyatida harbiy poligon qurilishi tenderida qatnashishga yordamlashaman deb 50 ming dollar talab qildi.

16 yanvar 2018, 23:25

Umid Ahmadjonov MOQ rahbari bo‘ldi

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi rahbari Umid Ahmadjonov bir vaqtning o‘zida mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasini ham boshqaradi.

16 yanvar 2018, 23:11

Oziq-ovqat mahsulotlari importi bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi

1 fevraldan oziq-ovqat mahsulotlari importi bo‘yicha yakka tartibdagi bojxona va soliq imtiyozlari hamda boshqa preferetsiyalar bekor qilinadi.

16 yanvar 2018, 22:35

Prezident Xitoy elchisini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan XXR elchisi Sun Litszeni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.

16 yanvar 2018, 22:17

2017 yil yakunlari bo‘yicha oltin-valyuta zaxirasi 26,6 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi bir yil ichida 1,4 mlrd dollarga oshib, 26,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

16 yanvar 2018, 21:57

Bahodir Po‘latov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi

Toshkent viloyatiga Bahodir Po‘latov, Qashqadaryo viloyatiga esa Botir Yusupov prokuror etib tayinlandi.

16 yanvar 2018, 21:30

Poytaxt aeroportidagi taksichilar faoliyati tartibga solinadi

Davlat turizm qo‘mitasi va Toshkent aeroporti havo bandargohidan chiqishdagi taksichilar faoliyatini tartibga solishga kelishib oldi.

16 yanvar 2018, 20:39

Shahar va xalqaro telefon aloqasi narxlari ko‘tariladi

1 fevraldan shahar va xalqaro telefon aloqasi narxlari ko‘tariladi.

16 yanvar 2018, 18:31

Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadlari Vatanga olib kelindi

Rossiyada is gazidan zaharlanib vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari jasadlari Vatanga olib kelindi.

16 yanvar 2018, 17:25

IIVda ilk bor guvohlik beruvchi va jabrlangan bolalar uchun maxsus xona tashkil etildi

Ichki ishlar vazirligida YUNISEF ko‘magida bolalarga do‘stona muhit yaratilgan tergov harakatlari xonasi ochildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting