Yangiliklar

1 sentabr 2017, 21:24

Moody’s: Banklar so‘m devalvatsiyasi bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yengib o‘ta oladi

O‘zbekiston bank sektori so‘m devalvatsiyasi bilan bog‘liq qiyinchiliklarni yengib o‘ta oladi, deyiladi Moody’s hisobotida.

1 sentabr 2017, 21:03

Boks bo‘yicha jahon chempionatining ilk finalchilari aniqlandi (+video)

O‘zbekistonlik bokschilari Hasanboy Do‘smatov va Iqboljon Xoldorov jahon chempionati finaliga chiqdi, Sanjar Tursunov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

1 sentabr 2017, 18:48

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi.

1 sentabr 2017, 17:42

Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etiladi

Prezident Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bo‘lib, Islom sivilizatsiyasi markazi loyihasi bilan tanishdi.

1 sentabr 2017, 17:10

KHAYda tajriba sifatida termoplast chiziqlar chizilmoqda

Kichik halqa yo‘lining kapital ta’mirlangan qismida termoplastdan foydalangan holda yo‘l chiziqlari chizilmoqda.

1 sentabr 2017, 16:27

Yoz davomida Toshkent viloyatida 40 kishi cho‘kib ketdi

Yoz mavsumida Toshkent viloyatida suv havzalari va daryolarida 40 nafardan ziyod kishi cho‘kib ketdi.

1 sentabr 2017, 16:07

«Xavfsiz shahar» loyihasi butun O‘zbekistonni qamrab oladi

Prezident 2023 yilga qadar butun O‘zbekistonni qamrab olishi lozim bo‘lgan «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi.

1 sentabr 2017, 14:22

«Xalqimiz barcha yutuqlarimiz ijodkori va yaratuvchisidir» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqidan iqtiboslar.

1 sentabr 2017, 13:33

Islom Karimov hayotining mazmuni erkin davlat barpo etish edi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyevning Birinchi Prezident Islom Karimov haykalining ochilishiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqidan iqtiboslar.

31 avgust 2017, 22:50

Majburiy ijro byurosi 6,3 trln so‘mlik qarzdorlikni undirdi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan iyun-avgust oylarida 6,3 trln so‘mlik qarzdorlik undirildi.

31 avgust 2017, 22:26

Ozarbayjon vakili «Sharq taronalari» festivali Gran-Prisini qo‘lga kiritdi

Samarqandda «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

31 avgust 2017, 19:59

Futbol: O‘zbekiston Xitoydan mag‘lubiyatga uchradi (+video)

O‘zbekiston futbolchilari jahon chempionati-2018 Osiyo saralash bosqichi doirasida Xitoy jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

31 avgust 2017, 18:53

Yuqorichirchiq tumanida mahalla raisi pora olayotganda ushlandi

Mahalla raisi ajrashish uchun sudga taqdim etishi kerak bo‘lgan ayrim hujjatlarni tayyorlab berish evaziga pora talab qildi.

31 avgust 2017, 18:36

«Paxtakor» FKning 80 foiz ulushi investorga sotiladi

SFI Management Group xorijiy korxonasi «Paxtakor» futbol klubining asosiy xo‘jayiniga aylanadi.

31 avgust 2017, 17:52

Prezident qatag‘on qurbonlariga ehtirom ko‘rsatdi

Prezident «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasida an’anaviy marosimda ishtirok etdi.

31 avgust 2017, 12:23

Mustaqillik kuni tantanasi Forumlar saroyida o‘tkaziladi

Mustaqillikning 26 yilligiga bag‘ishlangan marosim «O‘zbekiston» forumlar saroyida o‘tkaziladi.

31 avgust 2017, 12:12

Foto: Toshkentda Islom Karimov haykali ochildi

Islom Karimov haykali ochilishi marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Birinchi Prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova ishtirok etdi.

31 avgust 2017, 12:05

XTV «majburiy mehnatning har qanday ko‘rinishiga mutlaqo qarshi»

Xalq ta’limi vazirligi pedagoglarning o‘z kasbiga aloqasi bo‘lmagan turli ishlarga jalb qilinishiga yo‘l qo‘ymaydi, deyiladi XTV bayonotida.

31 avgust 2017, 11:56

280 ming sirdaryolik toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Sirdaryoning chorak aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan. JB tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan loyiha vaziyatni o‘zgartirishga yordam beradi.

31 avgust 2017, 10:14

«Angren» EIZda keramogranit va keramika toshtaxtalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

«Angren» EIZda keramogranit va keramik toshtaxta ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 21 mln dollardan ziyod bo‘lgan korxona ishga tushdi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting