Yangiliklar

25 yanvar 2018, 12:19

Achilbay Ramatov Futbol assotsiatsiyasi prezidentligiga saylandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti bo‘ldi.

25 yanvar 2018, 11:30

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasi Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, mamlakat rahbariyati va xalqiga Olimpiadani muvaffaqiyatli o‘tkazishni tiladi.

25 yanvar 2018, 11:23

Toshkentdagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi

Toshkentning Yunusobod tumanida mast BMW haydovchisi avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urildi, bir yo‘lovchi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.

24 yanvar 2018, 17:18

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari telefon orqali suhbat o‘tkazdi

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev telefon orqali suhbatda Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.

24 yanvar 2018, 16:38

GM Uzbekistan Livan va Iordaniyaga Chevrolet Spark yetkazib berishni boshladi

Yaqin Sharq bozorlariga Chevrolet Spark avtomobillarini yetkazib berish boshlandi.

24 yanvar 2018, 16:32

O‘zbekistonda ID-kartalar bosqichma-bosqich joriy etiladi

2018 yilgi Davlat dasturida xorijga chiqish jarayonlarini soddalashtirish va mamlakat ichida shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida ID-kartalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

24 yanvar 2018, 16:03

Poytaxtdagi bozorda zaharli o‘yinchoqlar aniqlandi

Poytaxtdagi «O‘rikzor» bozorida formaldegid konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan bolalar o‘yinchoqlari aniqlandi.

24 yanvar 2018, 15:47

Slovakiyaning yangi elchisi O‘zbekistonga yetib keldi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Slovakiyaning yangi elchisi Yan Borini qabul qildi.

24 yanvar 2018, 15:40

O‘zbekistonda anomal sovuq harorat tushishi kutilmoqda

27−29 yanar kunlari O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston shimoli orqali juda sovuq havo oqimining kirib kelishi kutilmoqda.

24 yanvar 2018, 12:09

Vazir tashrifi bolalar bog‘chasi xodimlarini esankiratib qo‘ydi

Poytaxtdagi bolalar bog‘chasi oshpazi maktabgacha ta’lim vazirining kutilmagan tashrifi vaqtida tayyor ovqatga xom go‘sht qo‘shib yubordi.

24 yanvar 2018, 11:00

Hukumat delegatsiyasi Kobulda muzokaralar o‘tkazdi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar olib borib, «Mozori Sharif-Xirot» temir yo‘l liniyasi qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha konsultatsiyalar o‘tkazdi.

24 yanvar 2018, 10:44 1

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» Rossiyaga qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Fevraldan Toshkentdan Moskva, Ufa va Volgogradga, Andijondan Moskvaga qo‘shimcha temir yo‘l reyslarini ochadi.

23 yanvar 2018, 20:43

Avtotransportda xorijga chiqayotgan fuqarolar xavfsizligi kuchaytiriladi

Chegaradosh davlatlar bilan xalqaro yo‘llarda muntazam avtobus qatnovlari tashkil etilib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash choralari kuchaytiriladi.

23 yanvar 2018, 20:24

O‘zbekiston futbolchilari Janubiy Koreya jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar termasi Janubiy Koreyani 4:1 hisobiga yutgan holda U-23 Osiyo chempionati finaliga chiqdi.

23 yanvar 2018, 17:44

Mart oxirigacha 150 ta bankomat o‘rnatiladi

Birinchi chorakda O‘zbekiston bo‘yicha 150 ta bankomat o‘rnatilib, ular soni 595 donaga yetkaziladi.

23 yanvar 2018, 16:45

RF bilan atom energetikasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

Prezident O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida Tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimni tasdiqladi.

23 yanvar 2018, 16:14

Qishki Olimpiadada ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi

Figurasi Misha Ge va tog‘ chang‘ichisi Komiljon To‘xtayev Pxyonchxandagi 2018 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.

23 yanvar 2018, 15:59

O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Xalqaro migratsiya tashkiloti hamkorlikni rivojlantirish va birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

23 yanvar 2018, 15:40

Ilk 110 afg‘onistonlik O‘zbekistondagi ta’lim markazi talabasi bo‘ldi

Surxondaryoda ochilgan afg‘on fuqarolari uchun ta’lim markazi dastlabki talabalarni qabul qildi.

23 yanvar 2018, 09:59

Tadbirkorlar faoliyatini tekshirishga moratoriy joriy etildi

O‘zbekistonda ikki yil muddatga tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga moratoriy joriy etildi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting