Yangiliklar

17 mart 2018, 10:25

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya harbiy ta’lim sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mudofaa mahkamalari harbiy kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi.

16 mart 2018, 19:47

Samarqandliklar Istanbulga arzonroqqa ucha oladi

Samarqand aeroportiga Turkish Airlines aviakompaniyasining birinchi tijoriy reysi Istanbuldan kelib qo‘ndi. Parvozlar haftasiga ikki martadan amalga oshiriladi.

16 mart 2018, 19:19

Chempionlar ligasi chorak final juftliklari aniqlandi

«Real Madrid» — «Yuventus», «Barselona» — «Roma» va UEFA Chempionlar ligasi chorak finalining boshqa juftliklari aniqlandi.

16 mart 2018, 18:29

O‘zbekiston termasiga vaqtincha to‘rt nafar murabbiy boshchilik qiladi

Futbol bo‘yicha Milliy terma jamoani o‘rtoqlik uchrashuviga to‘rt nafar mutaxassisdan iborat murabbiylar kengashi olib boradi.

16 mart 2018, 18:14

Yuridik kollejining sobiq direktori Temirova ustidan sud boshlandi

Toshkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirova Jinoyat kodeksining sakkiz moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.

16 mart 2018, 16:53

Poytaxtda ikki tup chinorni kesgan fuqarolar 38,4 mln so‘mlik zarar yetkazganlikda ayblandi

Toshkentda ikki tup chinor daraxtini kesib, o‘simliklar dunyosiga ko‘p miqdorda zarar yetkazganlik ayblanayotgan fuqarolar ustidan sud bo‘lib o‘tdi.

16 mart 2018, 11:37

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq rahbari ushlanganini rad etdi

IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining sobiq rahbari polkovnik Abdukarim Shodiyevning qo‘lga olingani haqidagi axborotlarni rad etdi.

16 mart 2018, 11:17

Bosh prokuratura AQSH Maxfiy xizmati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va AQSH Maxfiy xizmati transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.

16 mart 2018, 10:53

Qozog‘istonda O‘zbekiston yili ochildi

Ostonada Qozog‘istonda O‘zbekiston yili ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni ikki davlatning do‘stona munosabatlarini mustahkamlashdagi hissasi uchun I darajali «Do‘stiq» ordeni bilan mukofotladi.

15 mart 2018, 23:46

B. Abdullayev ishi: Qiynoqqa solingani tasdiqlanmadi, H. Nasriddinov aybini tan oldi

Ekspertiza Bobomurod Abdullayev qiynoqqa solingani haqidagi taxminlarni tasdiqlamadi. U o‘z aybini rad etmoqda. Hayotxon Nasriddinov aybini tan olmadi.

15 mart 2018, 20:12

To‘ylar bo‘yicha qanday cheklovlar o‘rnatiladi?

Senat to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini muhokama uchun e’lon qildi.

15 mart 2018, 19:47

O‘zbekiston va Qozog‘iston 2020 yilgacha savdo aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston delegatsiyalari 2020 yilgacha savdo aylanmasi hajmini 5 mlrd dollargacha yetkazish va apreldan «Samarqand-Ostona» temir yo‘l qatnovini ishga tushirishga kelishdi.

15 mart 2018, 18:35

MO davlatlari rahbarlarining navbatdagi maslahat uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvini har yili Navro‘z arafasida o‘tkazishni taklif qildi. Kelgusi uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

15 mart 2018, 17:37

Elektr energiyasi tariflari 12 foizga oshiriladi

1 apreldan «O‘zbekenergo» elektr energiyasi tariflarini qariyb 12 foizga oshiradi.

15 mart 2018, 15:32

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda juda katta ishlarni amalga oshirayotgani butun mintaqaga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, dedi Nursulton Nazarboyev.

15 mart 2018, 15:26

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb 4 mlrd dollarni tashkil etdi

Yanvar-fevral oylarida eksport tuzilmasida xizmatlar, import tuzilmasida esa mashinalar va uskunalar ulushi ko‘proqni tashkil etdi, tashqi savdo aylanmasi qariyb 4 mlrd dollarga yetdi.

15 mart 2018, 14:31

O‘zbekiston MDHdagi eng baxtli davlat deb topildi

O‘zbekiston Jahon baxtiyorlik hisobotida 44-o‘rinni egallab, MDHdagi eng baxtli mamlakat deb topildi.

15 mart 2018, 13:08

Toshkentda kvartiralar narxi 3 foizga ko‘tarildi

Toshkent ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar fevralda 3 foizga qimmatlashdi.

15 mart 2018, 12:54

«„Stukachlik“ haqida qoidabuzarliklarni yaxshi ko‘radiganlar gapiradi» — IIBB boshlig‘i

Fuqarolik faolligini oshirish huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga katta yordam beradi, deb hisoblaydi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Toshkent IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev.

15 mart 2018, 11:40

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ostonaga keldi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvi va Qozog‘istonda O‘zbekiston yilining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Ostonaga keldi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting