Yangiliklar

1 may 2018, 15:58

Urush qatnashchilari bepul oziq-ovqat va kiyim-kechaklar bilan ta’minlanadi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, konslagerlarning voyaga yetmagan asirlari, Leningrad blokadasi paytida ishlagan fuqarolar bepul oziq-ovqat va kiyim-kechaklar ilan ta’minlanadi.

1 may 2018, 14:49

Boshpanasizlarga tizimli yordam ko‘rsatiladi

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga ichki ishlar organlari reabilitatsiya markazlarida huquqiy va tibbiy yordam ko‘rsatiladi. U yerdan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar «Saxovat» uylariga yuboriladi.

1 may 2018, 14:30

«Birinchi marta tadbirkor hokim bo‘ldi» — prezident Toshkent hokimi haqida

«Ertangi kunni faqat tadbirkorlarga ishonaman. Shuning uchun qaror qildim: tadbirkor — Toshkent hokimi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

1 may 2018, 13:49

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda turk biznesi ishonchli himoya ostida ekanini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda turk tadbirkorlari investitsiyalari va huquqlari himoya ostida ekanini ma’lum qildi. «O‘rtamizda ishonchsizlik va sovuqchilik bor edi, lekin biz birlashib, ushbu muzni eritib yubordik», — dedi u.

1 may 2018, 10:51

Buxoro viloyatida avtobus ag‘darilib ketdi

Buxoro viloyatida 49 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi, 4 kishi shifoxonaga yotqizildi.

30 aprel 2018, 21:37

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Strategik sheriklik oliy kengashi tuziladi

O‘zbekiston va Turkiya ikki davlat rahbarlari raisligidagi Strategik sheriklik oliy kengashini tuzadi.

30 aprel 2018, 21:21

Xalqlar do‘stligi maydonidagi qurilishlar sababli noqulayliklar bo‘lishi ma’lum qilindi

Toshkent hokimiyati Xalqlar do‘stligi maydoni rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan vaqtinchalik noqulayliklar haqida ogohlantirdi.

30 aprel 2018, 20:26

O‘zbekiston sinxron suzuvchilari Jahon seriyasi bosqichida ikki medalga ega bo‘ldi

O‘zbekistonlik sportchi qizlar sinxron suzish bo‘yicha Tokioda o‘tkazilgan FINA Jahon seriyasi bosqichida sovrindorlar qatoridan o‘rin oldi.

30 aprel 2018, 19:07

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida 20 dan ortiq hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta’lim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi.

30 aprel 2018, 15:37

O‘zbekiston va Turkiya savdo aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazishni mo‘ljallamoqda

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida savdo aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazish uchun imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

30 aprel 2018, 13:56

MAK may oyida uchinchi Boeing 787−8 Dreamliner samolyotiga ega bo‘ladi

Milliy aviakompaniya parki may oyida uchinchi «Orzu layneri» bilan to‘ldiriladi.

30 aprel 2018, 11:41

Sergelidagi maktab yaqinida o‘quv granatasi topildi

Toshkentning Sergeli tumanidagi maktab yaqinida topilgan granata mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan o‘quv granatasi bo‘lib chiqdi.

30 aprel 2018, 11:32

MB qayta moliyalash stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini iqtisodiyotdagi mavjud va kutilayotgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yillik 14 foiz miqdorida qoldirdi.

30 aprel 2018, 11:00

Toshkentda motorollerlarda harakatlanuvchi patrullar paydo bo‘ldi

Toshkent patrul-post xizmatlari xodimlari shaharda motorollerlarda patrullik qilishni boshladi.

30 aprel 2018, 10:52

Shohjahon Ergashev vakant turgan WBA International chempionligini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev professional ringdagi 12-g‘alabasini qo‘lga kiritib, WBA International chempionligiga ega bo‘ldi.

29 aprel 2018, 21:17

Turkiya prezidenti Toshkentga keldi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

29 aprel 2018, 18:36

Toshkentdagi favvoralar ikki kun avval ishga tushirildi

Bu yil Toshkentdagi favvoralar 1 maydan avvalroq ish boshladi. Ular Turkiya prezidentining davlat tashrifi boshlanishi munosabati bilan ishga tushirildi.

29 aprel 2018, 18:28

Yangilandi: YHXB avtomobili ishtirokidagi YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentda YHXBga tegishli Lacetti va «VAZ-2107» to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi.

28 aprel 2018, 20:58

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida chegarachilarning xulq-atvor tartiblari yangilandi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara mahkamalari chegarachilarning chegaradagi xulq-atvor tartiblarining yangi tahririni tasdiqladi.

28 aprel 2018, 19:47

Qashqadaryoda «Barkamol avlod» markazi rahbari pora olayotganda ushlandi

Qarshi tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar markazi direktori to‘garak rahbari vazifasiga ishga qabul qilish uchun pora olayotganda ushlandi.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting