Yangiliklar

19 aprel 2018, 17:48

Sudlanganlik ishga joylashishda rad etilishga sabab bo‘lmasligi kerak

Mehnat kodeksi sudlangan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etishni taqiqlovchi me’yor bilan to‘ldirildi.

19 aprel 2018, 17:26

Bir necha kishi bozordan xarid qilingan marinadlangan qo‘ziqorindan zaharlandi

Yetti kishining zaharlanishiga sabab bo‘lgan marinadlangan qo‘ziqorin sotuvchisi shartli muddatga hukm qilindi.

19 aprel 2018, 15:35

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ishga tushdi

Buxoro viloyatida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ishga tushirildi. Ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

19 aprel 2018, 13:58

Filippinning yangi elchisi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov qarorgohi Tehronda bo‘lgan Filippinning O‘zbekistondagi elchisi Vilfredo S.Santosni qabul qildi.

19 aprel 2018, 13:38

Qishloq va suv xo‘jaligi boshqaruv tizimi qayta tashkil etiladi

Prezident farmoni bilan qishloq va suv xo‘jaligi boshqaruv tizimida qator tuzilmalar tugatilib, yangi mahkamalar tashkil etiladi.

19 aprel 2018, 12:59

O‘zbekiston chegarachilari Tojikiston fuqarosini vataniga qaytarishdi

Bexosdan O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tgan Tojikiston fuqarosi vataniga qaytarildi.

19 aprel 2018, 08:19

Prezident Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xvani qabul qildi.

18 aprel 2018, 19:27

Mirzo Ulug‘bek tumaniga hokim tayinlandi

Shavkatbek Irgashev yana Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimini egalladi.

18 aprel 2018, 17:35

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi TIV rahbarlari uchrashdi

O‘zbekiston Koreya yarim orolida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik o‘rnatish uchun Koreya Respublikasi sa’y-harakatlarini qat’iyan qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

18 aprel 2018, 17:07

Shavkat Mirziyoyev Qandim GQIM ochilish marosimida ishtirok etadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19 aprel kunlari Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyuradi.

18 aprel 2018, 16:47

1 maydan issiq suv va isitish tariflari oshiriladi

1 maydan Toshkentda issiq suv va isitish tariflari oshiriladi.

18 aprel 2018, 14:20

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati o‘zgardi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi etib Jasur Akromov tayinlandi.

18 aprel 2018, 13:58

Bosh vazir sog‘liqni saqlash vaziriga: «Hokimlarni emas, o‘z xodimlaringizni himoya qiling»

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov majburiy mehnatga chek qo‘yish uchun choralar ko‘rishga va’da berdi. U avval ushbu masalaga e’tibor qaratmaganini tan oldi.

18 aprel 2018, 12:42

«Majburiy mehnat vatanparvarlik deb hisoblangan» — xalq ta’limi vaziri

Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov o‘qituvchilarning o‘z vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb etilishiga nuqta qo‘yishda unga qat’iyat yetishmaganini tan oldi.

18 aprel 2018, 11:52

Majburiy mehnat masalasi favqulodda holatga tenglashtiriladi — bosh vazir

Majburiy mehnat bo‘yicha har bir holat favqulodda vaziyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu topshirig‘i videoselektor yig‘ilishida bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan e’lon qilindi.

17 aprel 2018, 22:58

TIV rahbari Kolumbiyaning yangi elchisini qabul qildi

O‘zbekiston va Kolumbiya siyosiy maslahatlashuvlarni muntazam o‘tkazish va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

17 aprel 2018, 16:05

Ijtimoiy soha vakillarini obodonlashtirish ishlariga jalb qilish qat’iy taqiqlandi

Prezident ijtimoiy soha vakillarini obodonlashtirish ishlariga jalb etishni taqiqlash bo‘yicha huquqiy mexanizm ishlab chiqishni topshirdi. U Bosh prokuraturaga o‘qituvchi Diana Yenikeyevaning o‘limida aybdor shaxslarni javobgarlikka tortishga buyruq berdi.

17 aprel 2018, 14:55

21 yoshli qiz sud yordamida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi

Namangan viloyatida 1997 yilda tug‘ilgan ma’muriy sud yordamida tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi.

17 aprel 2018, 14:35

Toshkentda 1 maydan sovuq suv narxi qimmatlashadi

1 maydan Toshkent aholisi uchun sovuq suv tariflari oshiriladi.

17 aprel 2018, 13:42

O‘zbekiston va Eron bojxona imtiyozlarini joriy etishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Eron bir qator tovarlarga nisbatan imtiyozli bojxona rejimi to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashni rejalashtirmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting