Yangiliklar

14 iyun 2018, 17:37

Mirzo Ulug‘bek markaziy bog‘i 15 iyun kuni ochiladi (+foto)

Poytaxtdagi qayta jihozlangan Mirzo Ulug‘bek markaziy (sobiq Telman) bog‘i 15 iyun kuni ochiladi. U yerdagi mavjud daraxtlar saqlanib qolindi va Yevropadan keltirilgan attraksionlar o‘rnatildi.

14 iyun 2018, 16:58

Prezident Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston prezidentini Moskva aeroportida futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionatining ramzi — bo‘ri «Zabivaka» qarshi oldi.

14 iyun 2018, 16:39

Asossiz javobgarlikka tortilgan buxorolik ikki bank xodimi oqlandi

Ayblanuvchilar tomonidan keltirilgan shikoyatda o‘z vazifalarini qonunga asosan bajarganliklarini bildirishgan.

14 iyun 2018, 13:25 1

Chirchiqni rivojlantirishga 700,7 mlrd so‘m ajratiladi

2018−2019 yillarda Chirchiq shahrini rivojlantirish dasturi doirasida 186 ta ko‘p kvartirali uy quriladi, 1300 dan oshiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

14 iyun 2018, 13:22

Bugun futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi

14 iyun kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionidagi Saudiya Arabistoni va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga start beriladi.

14 iyun 2018, 12:53

Yashash minimumi to‘g‘risidagi hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi

Yashash minimumi va iste’mol savatchasini hisob-kitob qilish tartiblari to‘g‘risidagi hujjat loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

14 iyun 2018, 12:46

Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqdi

Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili «hamkasblari bilan kelishmovchilik tufayli» iste’foga chiqdi. Tbilisida 31 maydan beri hukumat iste’fosi talab qilingan norozilik aksiyalari o‘tkazib kelinmoqda.

14 iyun 2018, 11:40

Shavkat Mirziyoyev Moskvaga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha JCH ochilish marosimida ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketdi.

14 iyun 2018, 10:56

Iqtisodiy sudlar ko‘rib chiqqan ishlar soni o‘tgan yilga qaraganda 75 mingtaga ko‘p bo‘ldi

Yanvar-may oylarida O‘zbekiston iqtisodiy sudlari tomonidan 241 mingdan ziyod ish hal etildi.

13 iyun 2018, 21:59

O‘zMU va YUNISEF ijtimoiy soha xodimlarini tayyorlash tizimini takomillashtiradi

O‘zbekiston milliy universiteti va YUNISEF ijtimoiy soha xodimlarini tayyorlash bo‘yicha dasturni ishga tushirdi.

13 iyun 2018, 21:25

Qamchiq dovonida yuk mashinasi jarlikka qulab tushdi, haydovchi vafot etdi

Qamchiq dovonida jarlikka qulab tushgan yuk mashinasi yonib ketdi, haydovchi vafot etdi.

13 iyun 2018, 19:38

Sayyohlar qimmatbaho metallardan tayyorlangan quyma va tangalarni xarid qilishlari mumkin

Shopping-turizmni rivojlantirish maqsadida NKMK bazasida oltin va kumush quymalar sotilishi yo‘lga qo‘yiladi.

13 iyun 2018, 19:34

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha JCH ochilish marosimida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyadagi futbol bo‘yicha jahon chempionati ochilish marosimida ishtirok etadi.

13 iyun 2018, 16:53

2018 yilda O‘zbekistonda 776 ta xorijiy korxona ish boshladi

2018 yilda O‘zbekistonda 25,2 mingta yangi korxona va tashkilot tashkil etildi, ularning 776 tasi chet el rezidentlari kapitali ishtirokida ochildi.

13 iyun 2018, 16:40

Vladimir Putin: «Sport siyosatga aloqador emas»

Putinning ta’kidlashicha, mamlakatga keladigan har bir mehmon o‘zini qulay va yaxshi his qilishi uchun harakat qilinadi.

13 iyun 2018, 16:14

Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona safari yakunlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev vodiyga qilgan safarini yakunlab, poytaxt Toshkentga qaytib keldi.

13 iyun 2018, 15:53

13 iyun kuni kechqurun Toshkentdagi qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkent IIBB Minor masjidi atrofidagi ko‘chalar avtotransport harakati uchun vaqtincha yopilishi haqida xabar qildi.

13 iyun 2018, 14:18

Yoshini kichraytirgani uchun futboldan umrbod chetlatilgan besh futbolchi kechirilishi mumkin

Yoshini kichraytirgan besh nafar futbolchiga Ramazon oyi munosabati bilan qayta imkon beriladi. 2019 yildan futbol klublari tariyalanuvchilarining elektron bazasi shakllantiriladi.

13 iyun 2018, 13:56

Prezident Qahramon Quronboyevning so‘zlarini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev Qahramon Quronboyevning to‘y kortejini to‘xtatganiga tanqidiy munosabat bildirdi.

13 iyun 2018, 12:51

Farg‘ona viloyatida tadbirkorlik dasturiga 100 million dollar ajratiladi

Farg‘ona viloyatida «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga tatbiq qilish uchun eng kamida 100 million dollar ajratilishi rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro`yxatdan o`tish

Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting